Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-Bob. O`zbekistonda non narxining erkinlashtirilishi


Download 123.08 Kb.
bet9/11
Sana07.05.2023
Hajmi123.08 Kb.
#1437988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

3-Bob. O`zbekistonda non narxining erkinlashtirilishi.


Non — rizq-ro`zimiz. Xalqimiz dasturxonidagi asosiy ne'mat non va non mahsulotlari hisoblanadi. Uzoq yillardan buyon mamlakatimizda g`alla mustaqilligiga erishish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlari ko`zlangan qator chora-tadbirlar qo`llanib kelinmoqda. Ayni paytda sobiq ittifoq davlatlari ichida nonga eng arzon narx aynan O`zbekistonda bo`lib turibdi. Lekin bundan g`alla yetishtirayotgan fermer xo`jaliklari hamda un ishlab chiqaruvchi va non yopuvchi korxonalar ham manfaatdormi? Aslo yo`q! Ular ulkan ziyon bilan ishlashmoqda.
2017-yilda fermerlardan g`allaning tonnasi 550 ming so`mga xarid qilingan, holbuki bozorda g`allaning bir tonnasi 1 mln 600 – 1 mln 800 ming so`mga sotilgan. 2014-yildan buyon qolipli nonga bo`lgan narxning bir maromda saqlab kelinayotgani oqibatida «O`zdonmahsulot» AK tasarrufidagi korxonalarning zarari 489 milliard so`mni tashkil etgan. Hisob-kitoblarga ko`ra, unga belgilangan ulgurji narx (1120 so`m/kg) va qolipli nonga chakana narx (650 so`m/dona) saqlanib qolinadigan bo`lsa «O`zdonmahsulot» AK korxonalarining zarari 2018-yil yakunlariga ko`ra 868 milliard so`mni tashkil etadi. Boz ustiga soha korxonalarining 2018-yil 1-iyun holatiga nisbatan qarzlari 2,7 trillion so`mdan oshib ketgan.
Davlatning narxlarni past darajada ushlab turishga bo`lgan sa'y-harakatlariga qaramasdan haqiqiy bozor narxlari tasdiqlangan narxlardan balandroq bo`lib turibdi. Masalan, respublika bozorlarida 1-navli mahalliy unning kilosi 1400-1600 so`mga sotilmoqda. Qozog`istonda ishlab chiqarilgan unning kilosi 2400-2600 so`m. Bu holda unning tasdiqlangan bahosi 1120 so`m/kg. Do`konlarda davlat tomonidan tasdiqlangan narxdagi un deyarli sotilmayapti. Qolipli nonning 1 donasi uchun narx 650 so`m qilib belgilangan bo`lsada, ko`plab hududlarda 700 so`mdan (Buxoro, Qarshi, Navoiy, Samarqand) 1000 so`mgacha (Jizzax, Namangan, Termiz, Farg`ona) sotilmoqda. Kun.uz 2017-yil dekabr oyida qolipli non Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani markazidagi dehqon bozorida 1250 so`mdan sotilayotgani mavzusini muhokama qilgan edi. Shunday qilib, un va qolipli non uchun baho aksariyat hollarda bozor narxlarida shakllanmoqda, belgilangan va bozor narxi o`rtasidagi farq esa ayrim «ishbilarmonlar»ning cho`ntagini qappaytirmoqda.
2017-yil yakunlariga ko`ra un va non-bo`lka mahsulotlari (makaron, pechenye, shirinliklar va h.k.) ning iste'moli hajmi aholi jon boshiga 178 kg yoki 5,8 million tonnani tashkil etgan. Ushbu hajmning faqat 1,4 million tonnasi yoki 25 foizi «O`zdonmahsulot» AK korxonalari tomonidan belgilangan narxlarda ishlab chiqarilgan. Qolgan qismi (1,9 million tonnasi yoxud 32 foizi) xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan bozor narxlarida ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan. Yana 2,5 million tonnasi yoki 43 foizi import qilingan.
Shuni qayd etish kerakki, ochiq bozor iqtisodiyoti (un va nonga bo`lgan iste'mol talabining bir qismi mahsulotni import qilish evaziga qoplanadi, qolipli non ishlab chiqarish xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi, bozorda un va nonning narxi talab va taklif asosida o`rnatiladi) sharoitida narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi samarasiz hisoblanadi. Bu davlat mablag`larining o`zlashtirilishiga olib keladi va korrupsiya uchun sharoit hozirlaydi.

Download 123.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling