Jahon Iqtisodiyoti va Diplomayiya Universiteti Xalqaro huquq fakuleti, 4-bosqich Abduqodirov Abdurauf Baxodir o`g`li
Download 23.46 Kb.
|
bola tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi qarash
1.Yuqori yosh chegarasi
Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya, Bola huqulari va baxt-saodati to`g`risidagi Arab Xartiyasi, Bola huquqlarining amalga oshirilishi to`g`risidagi Yeropa Konvensiyasi, Bolalarning xalqaro qaytarish bo`yicha Amerika Davlatlari Konvensiyasi kabi bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlar tahlili bola deb hisoblash uchun boshlang`ich nuqta hamda yuqori yosh chegarasi borasida muayyan to`xtamga kelinmaganini ko`rsatadi. Biroq, bola deb hisobga olish uchun boshlang`ich nuqtani oydinlashtirishga nisbatan bola deb hisoblashning yuqori yosh chegarasini aniqlashda ma`lum harakatlar ko`zga tashlanadi. Ko`pchilik xalqaro hujatlarga havola qilgan holda bola deb inobatga olish uchun yuqori yosh chegarasini 18 yosh deb hisoblaydi. Lekin, bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarni ko`zdan kechirishimiz natijasida farqli qarashlarni ko`rish mumkin. Bola deb inobatga olish uchun yuqori yosh chegarasi haqidagi dastlabki qarash 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyaning 1-moddasida berilgan bo`lib, unda bola tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “18 yoshga to`lmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qo`llaniladigon qonun bo`yicha u ertaroq balogatga yetmagan bo`lsa, bola hisoblanadi“ 1 18 yoshga to`lmagan har bir inson zotini bola deb inobatga olish haqidagi qarashlar shuningdek, turli mintaqaviy hujjatlarda o`z aksini topgan. Jumladan “ushbu xariya maqsadlarida 18 yoshdan past bo`lgan har bir inson zoti bola deb hisoblanadi”2 deya 1991-yil 11-iyulda qabul qilingan Bola huquqlari va baxt-saodati to`g`risidagi Arab Xartiyasining 2-moddasida va 1996-yilda qabul qilingan Bola huquqlarining amalga oshirilishi to`g`risidagi Yevropa Konvensiyasining 1-moddasida “ushbu modda 18 yoshga to`lmagan barcha bolalarga Konvensiyaning qo`llanish sohasini belgilaydi”3 deya ta`kidlangan. Biroq, barcha xalqaro hujjatlar ham 18 yoshga to`lmagan har bir bolani bola deb hisoblamaydi. Ayrim xalqaro hujjatlar bola deb hisoblashning yuqori yosh chegarasi 18 yosh emas, balki undan pastroq etib belgilangan. Bu bola deb hisoblash uchun yuqori yosh haqidagi ikkinchi qarashdir. Miso uchun, Bolalarning xalqaro qaytarish bo`yicha Amerika Davlatlari Konvensiyasining 2-moddasiga ko`ra “konvensiya maqsadlarida 16 yoshdan past bo`lgan har bir shaxs bola deb hisoblanadi”4. Bolalarga homiylik qilish va ularga homiylik qilishni tiklash borasida qarorni tan olish va ularni bajarish to`g`risidagi 1980 yilgi Yevropa Konvensiyasida ham “16 yoshdan past bo`lgan va doimiy yashash joyidagi qonunchlik bo`yicha, fuqaroligi mansub bo`lgan qonunchilikga ko`ra, ichki davlat qonunchiligiga muvofiq o`zining yashash joyi haqida qaror qabul qilish huquqiga ega bo`lmagan har qanday millatga mansub shaxs bolani anglatadi”5. Boshqa bir xalqaro hujjatlarda esa umuman o`zgacha qarash mavjud. Uchinchi qarash, yuqoridagi ikki qarashdan farqli o`laroq, bola deb hisoblash uchun muayyan yosh chegarasini umuman o`rnatmagan. Voyaga yetmaganlarni asrab olish bilan bog`liq qonunlar kolliziyasi to`grisida Amerika Davlatlari Konvensiyasi, BMT ning yuvenial yustitsiya haqida so`z ketgan xalqaro hujjatlarida va Islom Konferensiyasi Tashkilotining Islomda bola huquqlari to`g`risida kelishuvi kabilarda bola deb inobatga olishning muayyan yosh chegararsini o`rnatmagan xalqaro shartnomalarga misol bo`la oladi. Misol tariqasida Islomda bola huquqlari to`g`risida kelishuvining 1-moddasini keltirish mumkin, unga ko`ra “Qonunga muvofiq voyaga yetmagan har bir inson zoti bola deb tushunilishi”6 belgilangan. Download 23.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling