Jahon Iqtisodiyoti va Diplomayiya Universiteti Xalqaro huquq fakuleti, 4-bosqich Abduqodirov Abdurauf Baxodir o`g`li
Download 23.46 Kb.
|
bola tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi yondashuv
- Ikkinchi yondashuv
2. Boshlang`ich yosh chegarasi
Bola deb inobatga olish uchun yuqori yosh chegarasi borasida aniq to`xtam mavjud bo`lmagani kabi bola deb qachondan hisoblanishi borasida ham yakdil yondashuv mavjud emas. Xalqaro huquqiy hujjatlarning tahlili bola deb qachondan hisoblanishligi borasida ikki xil yondashuvni ko`rsatadi. Birinchi yondashuv 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi Xalqaro Paktning 10-modda 2-qismida berilgan: “bola tug`ilishidan oldin va undan abor davrda onalarga alohida e`abor berish lozim” .7 Bundan kelib chiqadiki, bola ona homiladorlik paytida, ya`ni embrion holatida bo`lganda ham bola deb hisoblanadi. Demak, Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyaning 1-moddasida bola tushunchasiga berilgan ta`rif homilaga nisbatan ham qo`llaniladi. Ona qornidagi homilani bola deb hisoblash uchun Fuqarolik va Siyosiy huquqlar to`grisidagi Xalqaro Paktning 6-modda 5-bandiga ham havola etish mumkin, unga ko`ra o`n sakkiz yoshdan kichik shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun o`lim hukmi chiqarilmaydi va homilador ayollarga nisbatan bu hukm ijro etilmaydi. Paktda belgilangan qoidada homilador ayollarga nisbatan o`lim hukmi chiqarilishi haqida emas, balkim ijro etilmasligi haqida so`z ketmoqda. Demak, Pakt aslida homilaning hayotini, uning yashash huquqini himoya qiladi. Modomiki, Pakt homilaning yashash huquqini himoya qilar ekan, bu o`z-o`zidan homilaning bola deb hisoblash uchun asosdir. Ikkinchi yondashuvga ko`ra homila bola deb hisoblanmaydi, homila bolaga tegishli huquqlar, jumladan yashash huquqi mavjud emas. Misol uchun, “Insonning huquqlari va majburiyatlari to`g`risidagi Amerika Konvensiyasi loyihasi mualliflari Konvensiyaning har bir inson zoti yashash, erkinlik va daxlsizlik huquqiga ega deya ta`kidlangan 1-moddani har bir inson yashash huquqiga ega, bu huquq homilador bo`lingan paytdan boshlanadi degan tarzda takomillashtirishni rad etishdi”8. Ularning fikricha, “bunday takomillashuv Amerika Davlatlari Tashkilotining abort bo`yicha qonunchiligi mavjud bo`lgan a`zo davlatlar orasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin”9. Demakki, Konvensiya loyihasi mualliflari fikricha homila yashash huquqiga ega emas, ya`ni homila bola deb inobatga olinmyadi. Ko`rinib turibdiki, bola huquqlariga oid hujjatlarda homilani bola deb hisoblash masalasida yakdil fikr mavjud emas, biroq bu homila huquqiy himoya qilinmaydi degani emas. Zero, davlatlar homilador ayollarning reproduktiv salomatligini himoya qilish orqali bir vaqtning o`zida homilanini ham muhofaza qilishga harakat qiladi. Xulosa Bola tushunchasini aniqlash juda katta ahamiyatga ega, chunki uni aniqlamasdan turib bolaga nisbatan qanday huquqlar qo`llash va bu borada davlatlar qanday majburiyatga egaligi to`g`risida gapirish mumkin emas. Garchi Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyada 18 yoshga to`lmagan har bir inson zoti bola deb hisoblanishidan qat`i nazar, ayrim mintqaviy xalqaro hujjatlar bola deb 16 yoshga to`lmagan har bir inson zotini tushunadi. U holda, bu xalqaro hujjatlarning o`zaro munosabati borasida muammo vujudga keladi. Shuningdek, bola tushunchasini aniqlash bolaga tegishli huquqlar orasida eng muhimi bo`lgan – yashash huquqiga daxldordir. Chunki, ona qornidagi homilani bola deb hisoblanadimi yoki yo`qmi, bundan qat` nazar homilaning ham ma`lum huquqlari bor. Ammo bir tomondan bu ayollarning abort qilish huquqiga ham taaluqli. Yuqoridagi ikki fikrga asosan bola tushunchasi qayd etilgan xalqaro hujjatlar o`rtasidagi ziddiyatlar barham berish, “bola”, “o`smir”, “voyaga yetmagan” tushunchalarini oydinlashtirish va Bola huquqlariga tegishli qoidalarning butun dunyoda bir xil darajada qo`llanilishiga erishish lozim. Zero, bugun bir yarayotgan jamiyatning asosini mana shu bolalar, ularning farovon kelajagidan iboratdir. 1 Inson huquqlari bo`yicha xalqaro shartnomalar/Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya.-T:Adolat-2004. 221-b 2 www.acerwc.org-african charter on the rights and welfare of the child 4 www.oas.org-inter american convention on international return of children 5 http://conventions.coe.int- European Convention on Recognition and Enforcement of Decisions concerning Custody of Children and on Restoration of Custody of Children 7 Inson huquqlari bo`yicha xalqaro shartnomalar/Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risidagi Xalqaro Pakt.-T:Adolat-2004.-62b 8 www.reproductiverights.org-whose righ tto life 9 Baby Boy v. United States, Resoution 23/81, Case 2141, Inter-Am.Comm`n H.R.Resol Download 23.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling