Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


O‘zbekistonning Respublikasining iqtisodiy o‘sishi va iqtisodiy taraqqiyoti


Download 0.9 Mb.
bet5/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1774474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
djalolov ilxom YAKUNIY

2.1 O‘zbekistonning Respublikasining iqtisodiy o‘sishi va iqtisodiy taraqqiyoti
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va uning o‘sish sur’atlarini belgilaydigan ko‘rsatkichlar ko‘p. Ammo ular orasida asosiy mezon bu – yalpi ichki mahsulot (YAIM). O‘tgan yili mamlakatimizda YAIMning yillik o‘sish sur’ati 7,4 foizni tashkil etib, joriy narxlarda 734,6 trln. so‘mga yetdi. Bu pandemiya oqibatlari hali barham topmagan, ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyoti repsessiyani boshidan kechirayotgan sharoitda dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Bu vaqtda sanoat ishlab chiqarish 8,7 foiz, asosiy kapitalga investitsiyalar 5,2 foiz, qurilish ishlari 6,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 12 foiz, tashqi savdo aylanmasi 16 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM 5,3 foizga o‘sib, 21 mln. so‘mdan oshdi. 2021-yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot (yalpi qo‘shilgan qiymat) tarkibi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Yalpi qo‘shilgan qiymat – 100 foiz, shu jumladan 

– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 26,9%

– sanoat (qurilish bilan) – 34,5%

– хizmatlar – 38,6%

YAIMning o‘sish sur’atlari barcha hududlarda kuzatilmoqda. Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (foizda):

Тoshkent shahri – 16,6

Тоshkent viloyati – 11,2

Navoiy viloyati – 8,1

Samarqand viloyati – 7,3

Farg‘ona viloyati – 6,4

Qashqadaryo viloyati – 6

Аndijon viloyati – 6

Buxoro viloyati – 5,3

Namangan viloyati – 4,7

Surxondaryo viloyati – 4,1

Хоrazm viloyati – 3,7

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3,6

Jizzax viloyati – 3,2

Sirdaryo viloyati – 2,1

Shuni ham ta’kidlash joizki, yalpi ichki mahsulotning jismoniy o‘sishi pirovard maqsad bo‘lmasligi kerak. Iqtisodiy o‘sish, bu bir turdagi mahsulot va xizmatlarning yildan-yilga barqaror o‘sib borishidir. Bu yaxshi. Iqtisodiyotning diversifikatsiyalashuvi, ular tarkibida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yuqori texnologiyali innovasion tovar va xizmatlar ulushining ortib borishi esa iqtisodiy rivojlanishdir. Agar yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati aholi real daromadlari, xalq turmush farovonligi ko‘rsatkichlari barobarida kechsa, yanada yaxshi. Ana shunda sifat jihatdan o‘sishga erishgan bo‘lamiz. Bizga bozor tan oladigan, xalqning kundalik turmush talablariga javob beradigan ishlab chiqarish muhim. Bunga birdaniga erishib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib, keyingi yillarda milliy iqtisodiyotimizning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling