Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Sanoatni rivojlantirish yo‘llari


Download 0.9 Mb.
bet6/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1774474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
djalolov ilxom YAKUNIY

Sanoatni rivojlantirish yo‘llari. Sanoat milliy ishlab chiqarishning “suyak va muskul”ini tashkil etadi va shu sababli iqtisodiy rivojlanishning borishini ko‘p jihatdan belgilaydi. Sanoat barcha sohalar, jumladan, o‘zini o‘zi ham ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. Shu ma’noda, u o‘zini o‘zi yaratadigan va tiklaydigan yagona noyob soha. 2021 yilda mamlakatimizda 451,6 trln. so‘mlik (YAIMga nisbatan 61,5%) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Yillik o‘sish sur’atlari 8,7 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarish tarkibida asosiy o‘rinni qayta ishlash sanoat korxonalari egallab kelmoqda – 83%.
Qayta ishlash sanoat tarkibi

Sanoat tarkibi

Ulushi foizda

Metallurgiya 

25,7

Nometall mineral mahsulot

5,4

Oziq-ovqat mahsulotlari

13,4

Ichimlik mahsulotlari

2,7

To‘qimachilik mahsulotlari

13,7

Kiyim-kechak mahsulotlari

3,5

Kimyo mahsulotlari

7,4

Neftni qayta ishlash mahsulotlari

3

Rezina va plastmassa mahsulotlari

2

Elektr asbob-uskunalari

2,8

Metall buyumlar

2,7

Avtotransport mahsulotlari

8,5

Bundan tashqari, yengil, yuk avtomobillari, qishloq xo‘jalik mashinalari, neft, ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa ko‘plab sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
Ammo oldimizda turgan, davlatimiz rahbari qo‘yayotgan sanoat sohasidagi muhim vazifalardan biri ishlab chiqarishning yangi texnologik darajasiga o‘tishdir. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarish tarkibi maqsadga muvofiq takomillashgan deb bo‘lmaydi. Chunki qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarilayotgan tovarlarning atigi 2,7 foizi yuqori texnologiyali, 20,1 foizi o‘rta-yuqori texnologiyali, 39,4 foizi o‘rta-past texnologiyali, 37,7 foizi esa past texnologiyali ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu innovatsion iqtisodiyotga o‘tish talablariga to‘la mos kelmaydi. Biz industrial iqtisodiyotdan ilmtalab, resurs tejaydigan iqtisodiyot turiga o‘tishga zo‘r berishimiz kerak. Bu davr, raqobat, jahon iqtisodiyoti rivojlanishi talabidir.
Sanoat qiyofasi bugun tez o‘zgarib bormoqda. O‘nlab erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalari, startaplar ish boshladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling