Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Download 0.9 Mb.
|
djalolov ilxom YAKUNIY
Investitsiyalarning roli. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish tarkibiy siljishlarni amalga oshirish, oxir-oqibatda esa yangi innovatsiyalashgan ishlab chiqarishni barpo etishda investitsiyalarning roli beqiyos. O‘zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2021-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga 245 trln. so‘mlik investitsiya o‘zlashtirildi. O‘sish sur’atlari 5 foizdan yuqori bo‘ldi. Investitsiyalarning 40 foizga yaqinini korxonalar va aholi vositalari, qolgan 60 foizdan ziyodrog‘ini esa jalb qilingan mablag‘lar tashkil etdi.
Umumiy investitsiyalarning 12,3 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasidan iborat. Kafolatlanmagan va boshqa chet el investitsiya va kreditlari 23 foizdan oshdi. Barcha investitsiyalarning 9 foizini aholi daromadlari tashkil etmoqdaki, bu qariyb Respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘larga teng. Chet el investitsiyalari gaz-kimyo, uglevodorod, elektr energiyasi majmualarini rivojlantirish va magistral gaz-transport tizimlarini modernizatsiya qilish ishlariga sarflanmoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalarning 51,3 foizi mashina, asbob-uskuna va inventarlarni sotib olishga sarflanayotgan bo‘lsa, qolgan 43,2 foizi qurilish-montaj ishlari, 5,5 foizi boshqa tegishli maqsadlarga qaratilgan. Mashina va asbob-uskunalar ulushining balandligi hozirgi sharoitda mamlakatimizda keng miqyosda modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, ya’ni texnologik yangilash yangi zamonaviy iqtisodiyotni barpo etish maqsadlaridan kelib chiqmoqda. Bunday iqtisodiy siyosat yaqin kelajakda o‘zining samarasini berishi shubhasiz. Barcha investitsiyalarning yarmidan ko‘prog‘i yangi qurilish, 26,4 foizi kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga ketmoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalarni iqtisodiy soha turlari bo‘yicha taqsimlaganda asosiy – chorak qismidan ko‘prog‘i qayta ishlash sanoatiga sarflanyapti. Undan keyingi o‘rinlarda esa tog‘-sanoat majmuasi, turar joylar qurilishi, elektr va gaz ta’minoti turibdi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish industriyasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, savdo, aloqa va axborot hamda boshqa sohalardagi qurilish ishlari ham e’tibordan chetda qolmayapti. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling