XULOSA………………………………………………………………….
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….………………..
|
|
KIRISH
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma‘nolarda ta‘rif berish mumkin. Keng ma‘noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig‗indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma‘noda - bu milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarini qamrab oluvchi tizimdir.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o’zaro keng qamrovli jahon xo’jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet davlatlar bilan o’zaro ikkitomonlama va ko’ptomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida” mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Jahon moliya bozorlarining globallashuvi faoliyatining o‘ziga hos hususiyatlari, ularning jahon tizimida tutgan o‘rni va roli ko‘plab mamlakatimiz va xorijiy iqtisodchi - olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Jahonda erkin iqtisodiy hududlarining rivojlanishini o‘ziga hos xususiyatlari, uning mohiyatini o‘rganish XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, jahon ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarida yoritila boshlandi, xususiyatlari va turlari kabi masalalar xorijlik iqtisodchi-olimlar I.Pidorycheva, Avdokushin E.F., Din Judjun, M.M. Kovalyov, V.V. Novik, V.N.Usov, Y.M. Berger, Danko T.P. va boshqalar tomonidan chuqur o‘rganilgan. O‘zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarining nazariy uslubiy masalalari, turlari va ularning tasniflanishi, shuningdek jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni kabi masalalar bo‘yicha o‘zbek iqtisodchi olimlar Tursunov B.M., Maxmudov E.R., Melibayeva G.A., Isajanov A.A., To‘xliyev N.G., Sadibekova B.D., Alijanova O.T., Vaxobov A.V. larning ilmiy tadqiqotlarida muayyan darajada yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |