Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Download 0.9 Mb.
|
djalolov ilxom YAKUNIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo-sotiqning o‘sishi.
Dunyoga chiqish uchun. O‘zbekistonning geografik joylashuvi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham kuchli, ham zaif jihatlarni oldindan belgilab qo‘ygan. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar bilan chegaradosh ekanligi uning mintaqa bozorlaridagi ahamiyatini oshiradi. Hudud bo‘ylab o‘tgan Buyuk ipak yo‘li yurtimizga katta manfaat keltirgan. Ikkinchi tomondan, mamlakatimiz Yevropa va Osiyo bozorlariga bir necha davlatlar orqaligina chiqish imkoniyatiga ega. Arzon dengiz yo‘liga chiqish qiyin. Shuning uchun ham hukumatimiz temir yo‘l va avtomobil xalqaro koridorlarini tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xalqaro mintaqaviy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Natijada ichki va tashqi yo‘lovchi va yuk tashish aylanmalari yildan-yilga oshib boryapti. 2021-yilda barcha transport turlari orqali 1,5 mlrd. tonnadan ziyod yuk tashilgan. Uning 91 foizi avtomobil transporti orqali tashilgan bo‘lsa, qolgan qismi temir yo‘l, havo yo‘li va quvur transportiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘sish sur’atlari 10 foizdan yuqori. Shu yili barcha transport vositalari orqali 5,8 mlrd. yo‘lovchi tashuvi yo‘lga qo‘yildi. Bu ko‘rsatkich undan oldingi yilga nisbatan 8,7 foizga yuqori bo‘lsa-da, 2019-yilga nisbatan ancha past. Buning sababi ma’lum – pandemiya. Barcha yo‘lovchilarning 97 foizi avtomobil transportiga, qolganlari esa temir yo‘l, havo va shahar elektr transportiga to‘g‘ri keladi. Eksport va import operatsiyalarini amalga oshirishda transport, aloqa va boshqa kommunikasiya vositalari muhim rol o‘ynaydi. Aloqa xizmatlari tarkibida mobil aloqa 48,5 foizni tashkil etgan. Aholining mobil aloqa vositalari bilan ta’minlanishi 73 foizdan oshdi. Mamlakatimiz jahon axborot tizimiga faol integratsiyalashib bormoqda.
Savdo-sotiqning o‘sishi. O‘zbekistonda savdo-sotiqning qadimiy an’analari mavjud. Ammo bu yerda Buyuk ipak yo‘lining ta’sirida faqat tashqi savdogina rivojlanib qolmagan. Ichki savdoni rivojlantirmay, o‘sha vaqtda hunarmandchilik, to‘qimachilikni rivojlantirish, so‘ngra esa zavod va fabrikalar barpo etishning iloji yo‘q edi. Mamlakatimizda iste’mol bozori ham tez sur’atlarda rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. O‘tgan yili chakana savdo aylanmasi 250 trln. so‘mga yaqinlashdi. Yillik o‘sish sur’atlari 12 foizni tashkil etdi. Chakana savdo aylanmasining 73,8 foizi kichik korxona va mikrofirmalarga, 17,9 foizi yirik korxonalarga, 8,2 foizi esa uyushmagan savdoga, chakana savdoning 25 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan davrda ko‘tara savdo hajmi 158 trln. so‘mga, o‘sish sur’atlari esa 17,5 foizga yetdi. Ko‘tara savdoda ham davlat sektori ulushi muttasil kamayib boryapti, bu ham ijobiy tendensiyalardan, ya’ni bozor iqtisodiyoti talablaridan hisoblanadi. O‘tgan yili mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 42 mlrd. AQSH dollaridan oshdi, bu undan oldingi yilga nisbatan 16 foizga ko‘p demak. Tashqi savdoning 16,6 mlrd. dollari (39,5%)ni eksport, 25,5 mlrd. dollari (60,5%)ni import tashkil etdi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 59,9, xizmatlar 15,3 va oltin 24,7 foizni tashkil etmoqda. Import tarkibida esa 93,2 foiz tovar, 6,8 foizi xizmatlardir. Bu yerda yoqimsiz holat tashqi savdo aylanmasida 8,9 mlrd. dollarga teng passiv savdo balansi shakllangani va eksport tarkibida xomashyo yo‘nalishiga hali batamom barham berilmaganligidir. Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida chet eldan tayyor mahsulot, yangi texnika va texnologiya import qilishga majburmiz. Bugungi kunda O‘zbekiston jahonning 182 mamlakati bilan savdo munosabatlariga kirishgan. Ular orasida yirikroq mavqega Rossiya Federatsiyasi, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston va Turkmaniston ega. Keyingi yillarda MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli rivojlandi va mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasida 37,7 foizni tashkil etmoqda. Albatta, bundan keyin ham tashqi savdo tarkibi va geografiyasi takomillashib boradi. 2021 yil O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ijobiy yil bo‘ldi. O`zbekiston hukumati tomonidan 2020 yilda qo`ldan boy berilgan imkoniyatlar o`rni nafaqat to`ldirildi, balki rekord darajadagi o‘sish sur’atlariga erishildi. Mamlakatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar davom ettirilib, o‘tgan davrlardagi o‘zgarishlar samarasi iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Pandemiya bilan bog‘liq davom etayotgan xavf-xatarlarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda barqarorlikni namoyon etdi va jadal rivojlanishga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021 yil yakunlari uchun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko`ra1, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati 2021 yilda 7.4% ni tashkil etdi. O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi yildan-yilga pasayishda davom etmoqda. O‘tgan yil davomida iste’mol narxlari indeksi 2020 yil yakunidagi 11.0% ga nisbatan 10.0% ga oshdi. 2021 yilda tashqi savdo aylanmasi inqirozdan oldingi dinamikasiga qaytdi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 16% ga o‘sib, $42.1 mlrd ga yetdi va 2019 yildagi ko‘rsatkichdan ($41.8 mlrd) oshib ketdi. Eksport 10% ga o‘sib, $16.6 mlrd ni, import esa 20% ga o‘sib, $25.5 mlrd ni va savdo balansi salbiy bo'lib, $8.9 mlrd ni tashkil etdi. Yevropa Tiklanish va Tarraqiyot Bankining Mintaqaviy Iqtisodiy Istiqbollar haqidagi so‘nggi hisobotida2 e’lon qilingan prognozga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2022 yilda 6.0% o‘sishi kutilmoqda. Covid-19 atrofidagi ijobiy vaziyat, chet eldan pul jo`natmalari hisobiga iste'molning ortishi, shuningdek, infratuzilmaga xorijiy investitsiyalar ko'payishi YaIMni ortishiga asosiy sabablar qilib ko`rsatilgan. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 2022 va 2023-24 yillarga mo‘ljallangan pul-kredit siyosatiga ko‘ra3, inflyatsiya darajasi 2022-yilda 8-9% tashkil etishi, 2023-24-yillarda esa 5% ga tushishi kutilmoqda. 2022 yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi hisobotga muvofiq4, tashqi savdo uchun yaratilgan qulay shartsharoitlar va eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar tufayli 2022 yilda respublikada tashqi savdo aylanmasi 13.4% oʻsib $46.3 mlrd ni tashkil etishi kutilmoqda. Xususan, eksport va import hajmi mos ravishda $20.2 mlrd ni (+19.0%) va $26.1 mlrd ni (+9.5%), hamda savdo balansi taqchilligi esa $5.9 mlrd ni tashkil etishi kutilmoqda. O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshlagan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo‘lgan istiqbollar keng sharhlanadi. UzAnalytics mazkur hisobotning O‘zbekiston iqtisodiyoti istiqbollari, xavflar va ish o‘rinlarini yaratishga bag‘ishlangan boblarining muhim jihatlari va asosiy xulosalarini e'tiboringizga havola etadi. Ijobiy iqtisodiy istiqbollar.O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy savdosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi. Jahon banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish va pul o‘tkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oshirdi. Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida ko‘tarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar ko‘payishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishning ancha zaifligi, tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi,inflatsiyaning o‘sishi. Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o‘rtacha bo‘ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokini kuchaytirishning ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bo‘lishi mahsulotlar sifatini oshirishi, tannarxini pasaytirishi, ishlab chiqaruvchilarni yangi texnologiyalarni joriy etishga majbur qilishi va bozor islohotlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizdan tashqi savdoga yuklarni chiqarishda, tayyor mahsulotlarni eksport qilish salmog‘ini oshirishda ham integratsiyalashuvning ahamiyati katta ekanligi Murojaatnomada qayd etildi. Tahlillar mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlari barqaror o‘sish xususiyatiga ega ekanligini va mazkur munosabatlarning salmog‘i integratsion jarayonlarning chuqurlashuvi bilan yanada kuchayishini ko‘rsatmoqda keyingi ikki yilning o‘zida mamlakatimizning ittifoqqa a’zo davlatlar bilan savdo aylanmasi 52 foizga ortgan tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Ittifoq mamlakatlari hududidagi tranzit yo‘laklari orqali o‘tmoqda integratsiyani kuchaytirish orqali notarif to‘siqlarni bartaraf etilishi – mamlakatimiz YaIMning 1,5 foizi miqdorida makroiqtisodiy samara keltiradi. Mamlakatimizning Ittifoq umumiy elektroenergetik tizimiga ulanishi oqibatida o‘zaro elektroenergiya savdosi 2,5 barobarga, energiya ishlab chiqarish quvvati 7foizga ortib, energotizim va energota’minotning barqarorligi oshadi. Ittifoq doirasida joriy etilayotgan kosmos, meditsina, ekologiya, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi 130 dan ortiq loyihalarda mamlakatimizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokiga imkoniyat yaratiladi. Mamlakatimizga yil davomida kelayotgan xorijiy sayyohlarning 70 foizini (3,7 mln. kishi) YeOIIga a’zo davlatlarning fuqarolari tashkil etmoqda va integratsiyalashuvning chuqurlashishi ortidan mazkur ko‘rsatkichni barobarlarga oshirish imkoniyati tug‘iladi. Hozirda YeOIIga a’zo davlatlarda 25 mingdan ortiq mamlakatimiz talabalari ta’lim olayotgan bo‘lsa, integratsiyalashuvning kuchayishi ortidan ta’lim hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi natijasida, ular sonini bir necha barobarga orttirish, shuningdek ilm-fan va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikdagi qator ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar va innovatsion ishlanmalar yaratish mumkin bo‘ladi. Qayd etilgan holatlar mamlakatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokini kuchaytirish masalasini atroflicha keng muhokama qilishni, mutaxassislardan esa – tahliliy va kompleks baholash natijalari asosida aniq asoslangan xulosa va takliflar taqdim etishlarini talab etmoqda. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling