Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari mundarija: kirish I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


Globallashtirish va regionalizatsiya


Download 430.83 Kb.
bet6/13
Sana11.11.2023
Hajmi430.83 Kb.
#1766050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

Globallashtirish va regionalizatsiya, hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining о‘zaro munosabati har doim ham bir xil ma’noga ega bо‘lavermaydi. Sir emaski, globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri kо‘p miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarning shakllantirilishi bо‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya (hududiy iqtisodiy integratsiya) va globallashtirishning о‘zaro faoliyati haqidagi sodda tasavvurlar biri ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar ham uchraydiki, bunda “xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina о‘z ichiga oladi”.


II BOB. JAHON IQTISODIYOTINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI
2.1. Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bоlishi..
Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari globallashtirish jarayonlarining aniq omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi va evolyusiyasiga ta’sir kоrsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:

- mamlakatlararo о‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning qat’iy kuchayishi;


- tayyor mahsulotlarni mamlakatlararo almashtirish ulushi oshayotgan, agrar xom ashyo tovarlarini almashtirish esa xalqaro savdoni yanada kо‘paytirayotgan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining yangi sifatining shakllanishi;
- xalqaro moliyaviy bozor milliy segmentlararo aloqalarning va yanada integratsiyalashgan global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;
- xо‘jalik hayotining xususiy va umumiy subyektlariga ega bо‘lgan turli mamlakatlardagi hududiy tarmoq xо‘jalik subyektlari о‘rtasida doimiy aloqalarning qо‘llab-quvvatlanishi uchun sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanilayotganligi;
- kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bо‘lgan, butun dunyoda ishlab chiqarish va boshqa bо‘lim hamda bо‘limlarni joylashtirish, shu tufayli mahalliy raqobat afzalliklardan foydalanish samaradorligiga erishish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasini globallashtirishning kengayishi;
- rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlarni xalqaro savdoga jalb qilinishining, xalqaro kreditlashtirish va investorlashtirishning, xalqaro mehnat migratsiyasining о‘sib borishi;
- jahon iqtisodiyoti subyektlari tuzilmasining asosiy murakkabligi - jahon arenasida milliy davlatlar va о‘z faoliyati doirasida milliy afzallikka ega bо‘lgan kompaniyalar bilan bir qatorda TMKlar va TMB(bank)lar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, integrallashgan uyushmalar, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, yirik shaharlar va hatto alohida individlar (olimlar, madaniyat xodimlari, Dj.Sorosga о‘xshagan ishbilarmonlar va boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.

Download 430.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling