Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari mundarija: kirish I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


Download 430.83 Kb.
bet9/13
Sana11.11.2023
Hajmi430.83 Kb.
#1766050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

Qisqacha xulosalar:
Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yо‘nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi.
Fanning obyekti sifatida, jahon iqtisodiyoti, hududlar iqtisodiyoti, qit’alar, materiklar iqtisodiyoti, mamlakatlar guruhi iqtisodiyoti, ularda resurslar, tovar va hizmatlar, xarajatlar va daromadlarning harakati, global iqtisodiy aloqalar va ularni tartibga solinishini olish mumkin.
Fanning subyekti – global iqtisodiyotda ishtirok etuvchi iqtisodiy birliklar (dunyo miqyosida uy xо‘jaliklari, korxona va tashkilotlar, TMKlar, xalqaro va hududlararo tashkilotlar, mamlakatlar) hisoblanadi.
Fanning maqsadi – talabalarda global iqtisodiy rivojlanish bо‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, global iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, global darajada amal qiluvchi iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanini talabalarga о‘qitishning asosiy vazifalari, talabalarni hozirgi kundagi zamonaviy konsepsiya va g‘oyalarning mazmun-mohiyati, asosiy yо‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi.
Globallashtirishning yana bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyot – texnologik innovatsiyalar bо‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi.
Hech bir, hatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanmagan, mutloq yetarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha).

Download 430.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling