Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi globalllashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- _____” ___________ 2021yil “Ro’yxatga olindi ” “Korporativ boshqaruv” fakulteti ____________________
- KURS ISHI BAJARDI
- Toshkent-2021 Mundarija Kirish……………………………………………………….….3
- Xulosa……………………………………………………..30-32 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….32-33 Kirish Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi “Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi ____________________ “_____” ___________ 2021yil “Ro’yxatga olindi” “Korporativ boshqaruv” fakulteti ____________________ “_____” ___________ 2021yil “MILLIY VA JAHON IQTISODIYOTI” fanidan “Globallashuv jarayonida iqtisodiy rivojlanish omillari”mavzusidagi KURS ISHI BAJARDI: 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo’nalishining 3-kurs, MO-54-guruhi talabasi Akromov Alisher Xakimjon o’g’li ILMIY RAHBAR: “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi ………Sobitova SH. Toshkent-2021 Mundarija Kirish……………………………………………………….….3 1. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv–rivojlanishning yangi bosqichidir. 2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari, omillari, shakllari va mexanizmi. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari.3. Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar Xulosa……………………………………………………..30-32 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….32-33 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining[1] milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling