Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi globalllashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq yo‘nalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Ya'ni global iqtisodga integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina o‘sish tramplini bo‘lishi mumkin, fundamenti noto‘g‘ri prinsiplarga qurilgan iqtisod uchun integratsiyalashuv iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘la olmaydi. O‘zbekistonning global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy model bilan bog‘liq. O‘zbekiston iqtisodiyotining kelajagi doimo o‘zgarishlarga tobe xomashyo mahsulotlari eksportchisi bo‘lib qolish yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning qon tomiri bo‘lgan global ta'minot zanjiriga qo‘shilishiga bog‘liq.
Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi. Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e'tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi. Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga ta'sirini kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bog‘liq. Buning sababi gipergloballashuvning asosiy qismlari bo‘lmish xalqaro savdo va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida g‘oliblar bilan birga mag‘lub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish o‘rinlari yo‘qolishi sababli qashshoqlashishda ko‘rinadi. Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni ijtimoiy himoyalashga tayyor bo‘lishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish ko‘pchilik davlatlarga qimmatga tushganidan hukumat o‘rnak olishi va tartibga solinmagan kapital oqimlari harakatidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qo‘yishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Asosiy adabiyotlar 1. Мировая экономика и международные экономические отношения : учебник / под ред. В.К. Поспелова. – М.: ИНФРА-М, 2017. — 370 с. 2. Глобалистика. Международный междисциплинарный энциклопедический словарь. Гл. ред. д.т.н., проф. И.И. Мазур, д.ф.н., проф. А.И. Чумаков. – М.- Спб. – ИЦ - «Елима», ИД «Питер», 2006. 3. Elgar Edward. Handbook on the Globalization of the World Economy. Amnon Levy-Livermore. 1998. – 748 p. 4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O’zbekiston, 2014. -46 b. 5. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016- yil yakunlari va 2017- yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. //Xalq so’zi gazetasi. 2017- yil 16- yanvar, №11. 6. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: O’zbekiston, 2016.-56 b. 7. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali 132 marosimdagi ma‘ruza. 2016 yil 7 dekabr/Sh.M.Mirziyoev-Toshkent: ―O’zbekiston‖, 2017. 48 b. 8. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga ko’ramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016- yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qorakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. /Sh.M. Mirziyoyev.- Toshkent: ―O’zbekiston‖, 2017. 488 6. 9. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O’zbekiston, 2014. -46 b. 10. Mahmudov E.R. Zamonaviy iqtisodiy tizimlar. Darslik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. 2011. 11. Isadjanov A.A. «Jahon iqtisodiyotining globallashuvi» fanidan talabalarning mustaqil ishi bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent. JIDU. 2013. 12. Уткин А.И. Глобализация: процесс и осмысление. М.: «Логос». 2011. 13. Экономическая и национальная безопасность. Учебник. Под ред. проф. Е.А. Олейникова.изд. М.: «Экзамен». 2005. 14. www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi hukumat portali. 15. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi. 16. www.economist.com 17. www.worldeconomics.com 18. www.tradingeconomics.com 19. http://grad-schools.usnews.rankingsandreviews.com / best-graduateschools / top-humanities-schools/economics-rankings 20. www.stplan.ru - Iqtisodiyot va menejment 21. www.catback.ru - Iqtisodiy maqolalar va o'quv materiallari 22.www. Ziyo.net Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling