Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi globalllashuv
Jahondagi ba’zi integratsion birlashmalarning tarkibi va shakllari
Integratsiyalashuv shakli Integratsion birlashmaning nomi Integratsion birlashmaning tashkil Integratsion birlashmaga O’zbekiston a’zo bo’lib kirgan integratsion birlashmalarning ham shakllangan va rivojlanayotgan mexanizmi mavjud. YevrAzES, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining huquqiy asoslari yaratilgan bo’lib, ular amal qilishining iqtisodiy mexanizmlari ham rivojlanmoqda. Biroq, aytish kerakki, bu integratsion tuzilmalar bosqichma-bosqich rivojlanib borishi, milliy xo’jaliklarning tub iqtisodiy manfaatlariga to’la javob berishi va milliy davlatchilik asoslariga zid bo’lmasligi maqsadga muvofiq. Aks holda, ular muvaffaqiyatli amal qilmaydi, davlatlar o’rtasidagi integratsion munosabatlar takomillashmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining chuqurlashuvi mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, bir hududda joylashgan mamlakatlar o’rtasida integratsion aloqalarning faollashuviga olib kelmoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo mamlakatlarning globallashuv sharoitlariga moslashishi, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan foydalanish samarali tarzda kechmoqda. SHu sababli O’zbekiston Respublikasi turli xalqaro va hududiy integratsion tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish orqali mamlakatimizda mavjud tabiiy-iqtisodiy, mehnat va moliyaviy resurslardan, xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, jahon xo’jalik tizimida o’ziga xos o’rin egallashga harakat qilmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va hududiy integratsiya tashkilotlariga a’zo bo’lib kirdi. Bu esa respubdikamiz uchun dolzarb hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston uchun Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida mustahkam hamkorlik munosabatlari shakllangan. Mamlakatlar iqtisodiyoti asosiy va yetakchi tarmoqlarining o’xshashligi, ularning yaxlit hududiy birlikka ega ekanligi, suv va energetika manbalarining yagonaligi va ulardan birgalikda foydalanish zaruriyati, yagona transport va kommunikatsiya tizimining mavjudligi, ekologik muammolarning o’xshashligi mintaqa respublikalari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning doimiy bo’lishini ta’minlaydi. Mintaqa xalqlarning diniy, madaniy, til, urf-odat, an’ana va ma’naviy birligi esa hamkorlik aloqalarining yanada chuqurroq va har tomonlama bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunga kelib mustaqillikni mustahkamlash, iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy qilish va jahon iqtisodiyoti tizimida o’z o’rnini egallash g’oyalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma’naviy va intellektual salohiyatlarini birlashtirishni taqozo qilmoqda. Mintaqa davlatlari orasida o’zaro manfaatdorlik va ixtiyoriylikka asoslangan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish barcha respublikalarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari tomonidan mintaqa mamlakatlari o’rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan qator chora – tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Respublikalari o’rtasida 1994 yil aprelda yagona iqtisodiy hududni barpo etish to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi mintaqada o’zaro hamkorlik aloqalari va integratsion jarayonlarni rivojlantirish bo’yicha qo’yilgan jiddiy amaliy qadam bo’ldi. Bu shartnomani imzolashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining mintaqa bo’ylab erkin harakatini ta’minlash, kelishilgan soliq, byudjet, narx, bojxona va valyuta siyosatini yuritishdan iborat edi. Mintaqa davlatlari rahbarlari 1996 yil 5 aprelda yoqilg’i energetika va suv resurslaridan foydalanish, Markaziy Osiyo mintaqasida gaz quvurlarini qurish va ishga tushirish to’g’risidagi bitimga imzo chekdilar. Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston 1998 yil 17 martda Sirdaryo havzasining suv–energetika resurslaridan foydalanish to’g’risidagi uzoq muddatli shartnomani imzoladilar. Bir yildan so’ng bu shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi va 1998 yil 26 martda mazkur respublika va Yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shartnomaning to’laqonli a’zosiga aylandi. Mazkur yilning o’zida ushbu “to’rtlik” davlatlari Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga asos soldilar. Bu tashkilot doirasidagi vazifalarni hal etish uchun Davlatlararo Kengash, Bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari, mudofaa vazirlari Kengashi, tashkilotning ishchi organi–Ijroiya qo’mita kabi instituttsional tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari a’zo davlatlarining ulushlari hisobiga Markaziy Osiyo banki barpo etildi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlari 1999 yilning iyunь oyida Bishkekda Bojxona ittifoqini tuzishga erishish to’g’risidagi fikrni ilgari surdilar. Bir yildan so’ng yesa Dushanbeda “Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligining 2005 yilgacha mo’ljallangan integratsion rivojlanish Strategiyasi”ni tasdiqladilar. Ushbu hujjatda hamdo’stlikka a’zo mamlakatlar iqtisodiyotlari integratsiyasi har bir mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik ehtiyojlaridan kelib chiqadigan ob’ektiv jarayon ekanligi ta’kidlandi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligiga a’zo davlatlar rahbarlari 2001 yil dekabrda Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida mintaqaviy integratsiya shakllari va mehanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligini “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti” (MOHT) ga aylantirish to’g’risida qaror qabul qildilar. Almati shahrida 2002 yil 28 fevralda bo’lib o’tgan uchrashuvda esa Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekiston rahbarlari “Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti”ni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. MOHT rahbarlarining uchrashuvlarida mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashtirish, ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarda mavjud eng dolzarb muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalaridagi ijobiy holat shundan iboratki, respublikamiz ushbu mamlakatlar bilan tashqi savdoda ijobiy salьdoga ega. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalaridagi o’zgarishlar natijasida mintaqa mamlakatlari bilan o’zaro savdo aloqalarining jami savdo aloqalaridagi salmog’ida tegishli o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga bog’liqligini yanada kuchaytirish lozim, chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish O’zbekiston uchun qator afzalliklarga ega. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling