Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi globalllashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning
- Mikro darajada
- Iqtisodiy integratsiya asosiga
Iqtisodiy integratsiya – xo’jalik faoliyatining internatsionallashuvida oliy bosqich bo’lib, o’ziga xos huquqiy tizimlari bilan ajralib turuvchi, ham davlatlararo, ham milliy negizga tayangan bamaslahat siyosat asosida faoliyat ko’rsatuvchi bir butun yagona xo’jalikdir. Bunga esa turli milliy iqtisodiyotlarning birlashuvi jarayonida erishiladi (misol – Yevropa Ittifoqi).
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati milliy xo’jaliklar o’rtasida o’zaro chuqur va barqaror aloqalarni rivojlantirish, mehnat taqsimotini yo’lga qo’yish, ularning turli darajadagi, turli shakllardagi qayta ishlab chiqarish tizimari o’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatlarning xo’jalik hamda siyosat sohalarida birlashuvi jarayonidan iboratdir. Mikro darajada qo’shni mamlakatlardagi ba’zi xo’jalik sub’ektlari (korxonalar, firmalar)ning kapitali bir-biri bilan iqtisodiy bitimlar tuzish usullarini shakllantirish, chet elda o’z bo’linmalarini ochish yo’li bilan o’zaro hamkorlik qilish, demakdir. Davlatlararo (makro) darajada esa integratsiya davlatlarning iqtisodiy birlashmalarini shakllantirish hamda milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish asosida ro’y beradi. Natijada milliy iqtisodlar bir-birlariga “kirib bormoqdalar”. Xo’jalik asosining internatsionallashuvi yaqqol ko’zga tashlanmoqda – fan-texnika, ishlab chiqarish, investitsiya, moliya-tijorat faoliyatining ko’p va turli bosqichlari bir- biriga chatishib ketmoqda. Mamlakatlar va xalqlarning iqtisodiy o’zaro bog’liqligi aniq haqiqatga aylanmoqda. Iqtisodiy integratsiya asosiga xo’jalik hayotining o’sib borayotgan internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, milliy iqtisodning ochiqligi darajasining ortib borishi kabi omillar ham kiradi. Iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida integratsiyada qatnashayotgan mamlakatlar bozorining rivojlanish darajasini solishtirish, ularning geografik yaqinligi, ular oldida turgan muammolarning umumiyligi, bozor islohotlarini tezlashtirishga intilish, integratsion jarayonlardan chetda qolmaslik kabi xususiyatlarni qayd yetib o’tish kerak. Integratsiyaning eng muhim umumiy iqtisodiy tavsifi quyidagilardan iborat: Iqtisodiy jarayonlarni davlatlararo miqyosda yo’lga qo’yish. Bir-biridan u yoki bu darajada mustaqil hisoblangan milliy xalq xo’jalik majmualari o’rniga umumiy mutanosiblikka, umumiy qayta ishlab chiqarish tizimiga yega bo’lgan biron mintaqaviy internatsional majmuani asta-sekin shakllantirish. Mintaqa doirasida mahsulotlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslarning davlatlararo harakati uchun hududiy sharoitlarni kengaytirish hamda bunday harakatga monelik qiluvchi ko’pdan-ko’p ma’muriy va iqtisodiy g’ovlarni bartaraf yetish. Integratsion birlashmalarda qatnashuvchi davlatlarning ichki iqtisodiy shart-sharoitlarini bir-biriga yaqinlashtirish, ularning iqtisodiy rivojlantirish darajalarini tenglashtirish. Odatda, u yoki bu jo’g’rofiy mintaqa, unda joylashgan qo’shni mamlakatlar shunday integratsion birlashmalarning asosiy o’zagini tashkil etadi. Hozirda qariyb 100ga yaqin mintaqaviy tashkilotlar va 70mingdan oshiq millatlararo korporatsiyalar mavjud. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling