Jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri –uning qamrovi kengayib borayotganligidandir. Bu jarayon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat savdo sotiq sohasida, balki boshqa ko’lamlarda ham erkinlashib borayotganligi, ularning milliy iqtisodlari tobora ko’proq o’z qobig’ini yorib, bir –biri bilan bog’lanib ketayotganligi bilan ajralib turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi ikki g’oyat muhim holat natijasi hisoblanadi:
Bir tomondan, amaliyotda tobora ko’proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg’u berishi;
Ikkinchi tomondan, xalqaro xo’jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo’lida uchraydigan transport, kommunikatsiya sohalarida g’ov – to’siqlarni darhol bartaraf etuvchi texnologik innovatsiyalar.
1980 –yillarning o’rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va halqaro moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan davrga qadam qo’ydi.
1980–yildan 1996–yilgacha bo’lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o’rtacha 6,5 % ga ortdi va 10 yil ichida 1,9 barobar ko’paydi.
Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 martta kupaydi.
1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning jaxon yalpi mahsulotidagi salmog’i oldingi 10 yillikdagigi nisbatan 3 martta va 1996-2010 yillarda esa qariyb 8 martta ko’proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir–biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi.
Xuddi ana shu davrda bevosita chet el investitsiyalarining o’sishida jiddiy o’zgarish yuz berdi, ularning jahon yalpi mahsulotidagi salmog’i ikki barobar ko’paydi.
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning oliy shakli bo’lmish jahon iqtisodiyotining globallashuvidan iborat umumiy jarayon dunyoning ko’pgina mintaqalarida integratsiya holatlarining rivojlanishi hamda integratsion birlashmalarning yuzaga kelishida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |