Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi


Integratsiya – yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’lanadi


Download 0.56 Mb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1496911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
kurs ishi globalllashuv

Integratsiya – yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’lanadi. Ulardan birinchisi, mintaqa, ikkinchisi, xalqaro miqyosdagi integratsiyadir. Integratsiyaning ana shu ko’rinishlari o’zaro to’ldiruvchanlik xususiyatiga ega. Mintaqaviy va xalqaro integratsiyadan maqsad iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mamlakatlarning manfaatlarini yanada kengroq ro’yobga chiqarishdan iboratdir.
Mamlakatlarning geografik joylashgan o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va shu kabi boshqa omillar integratsiyaning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. SHu jihatdan integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, mintaqaviy integratsiyani ustun takomillashtirib boradilar. Bunga Yevropa Ittifoqi, SHimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi(MDH) va boshqalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Mamlakatlarning mintaqa miqyosida integratsiyalashuvi orqali xalqaro integratsiya rivojlanib borishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilib boriladi. CHunki, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo mintaqaviy integratsiyaning rivoji uchun asos bo’lgani singari, mintaqaviy integratsiya ham xalqaro integratsiya rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Mintaqaviy doirada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, o’zaro tashqi savdoni cheklashga qaratilgan kvota kabi to’siqlarni bartaraf qiladilar. SHundan so’ng, yagona bojxona tizimi shakllanadi, mintaqaviy integratsiyaga a’zo mamlakatlar uchun bir xil boj stavkalari joriy etilib, uning to’la amal qilishiga erishiladi. Bu jarayon mamlakatlardagi ishlab chiqarishning rivojlanishini yanada rag’batlantirish uchun, soliq tizimidagi imtiyoz va turli cheklovlarni bekor qilish maqsadida, integratsion hududga kiruvchi davlatlarda soliq stavkalaring yaqinlashtirilishini ham taqozo etadi.
Bojxona bojlari va soliq stavkalarining yaqinlashtirilishi yoki tenglashtirilishi hududiy doirada ishlab chiqarishni rag’batlantirib, miqyos samarasiga olib keladi. Integratsion hududga kiruvchi mamlakatlarning birortasidagi iste’mol hajmining ko’payishi, ishsizlikni ortishi, daromadlar
miqdorining o’zgarishi kabi tendentsiyalar qolgan mamlakatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu, o’z navbatida, integratsion birlashma doirasida institutsional mexanizmning shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi. Yevropa Ittifoqining siyosiy-tashkiliy tuzilmalari iqtisodiy-tashkiliy tizimi (yagona pul birligi, yagona budjet, iqtisodiy qo’mitalar) faoliyati bunga yaqqol misol bo’ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling