Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi globalllashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baynalminallashuv
- Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagilardan iborat
1. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv–rivojlanishning yangi bosqichidir.
XX asr ohiridagi Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendentsiyalaridan biri – bu globallashuv bo’layapti. Ilgari milliy xo’jaliklar o’rtasidagi munosabatlar ko’proq mintaqaviy tashkilotlar yoki davlatlararo ikkiyoqlama shartomalar asosida rivojlantirilgan bo’lsa, iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi natijasida bu jarayon yanada chuqurlashib, mamlakatlar iqtisodiyotining o’zaro bog’liqlik darajasi ortdi. Globallashuv avvalo, rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarda namoyon bo’lib, u keyinchalik o’z ichiga rivojlanayotgan davlatlar milliy xo’jaligini ham qamrab oldi. Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global – jahonga oid umumjahon, degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotidagi zamonaviy jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. Globallashuv dunyoning turli davlatlari taraqqiyotida o’zining ijobiy va ba’zan salbiy ta’sirini ham ko’rsatmoqda. Globallashuv tushunchasi davlatlar o’rtasida tovarlar va ishlab chiqarish omillari hisoblangan mehnat, kapital, moddiy, innovatsion resurslar va tadbirkorlik qobiliyatlarining erkin harakati ta’minlanishi bilan izohlanadi. Globallashuvning mohiyati jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi bilan yanada kengaydi. Baynalminallashuv milliy xo’jaliklar faoliyatining, xususan, biror mamlakatdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish yoki iqtisodiy o’sish jarayonlarining bir nechta mamlakat rezidentlari ishtirokida, ko’pmillatli asosda amalga oshirilishini bildiradi. Boshqacha aytganda, transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy xo’jaliklarning taraqqiy etishida salmoqli ta’sirga ega bo’ladi. Globallashuv jahon iqtisodiyoti rivojlanishining tarixiy jihatdan tadrijiy natijasidir. Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagilardan iborat: - yangi xorijiy valyuta va kapitallar bozorining shakllanib,rivojlanishi; bu bozorlar uzluksiz faoliyatda bo’lib, bir vaqtning o’zida dunyoning turli moliyaviy markazlari o’rtasida yirik moliyaviy va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud; yangi vositalar va dastaklar orqali operatsiyalarning tezligini va ishonchliligini ta’minlash imkoniyatining mavjudligi; Internet tarmog’i, uyali telefon aloqasi, axborot tizimi va boshqalar; yangi institutsional tizimning shakllanganligi; Jahon Savdo tashkiloti, transmilliy korporatsiyalar, nodavlat tashkilotlari va h.z. yangi qoidalarning ishlab chiqilganligi; ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo, xizmatlar va intellektual salohiyatdan foydalanish bo’yicha shartnomalarning tuzilishi va bu shartnomalar milliy davlatlar tomonidan amal qilinishi majburiyligi yoki milliy qonunchilikning ularga muvofiqlashtirilishi. Globallashuvni ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan, jahon iqtisodiyotida keyingi 25-30 yillarda chuqurlashgan hamda bir vaqtntng o’zida bir nechta yoki o’nlab davlatlarni qamrab olgan muammolar mavjud. Ular xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda, ijtimoiy hayotda paydo bo’lgan,inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarda shakllangan global muammolar hisoblanadi. Jahonda termoyadro urushi xavfi, terrorchilik va ekstremizmning avj olishi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning ortib borishi, dunyoning ba’zi mintaqalarida aholi o’sish sur’atlarining yuqoriligi va milliy davlatlarning bu jarayonni yetarli darajada tartibga solish imkoniyatining cheklanganligi, atrof-muhitning ifloslanishi, inson hayoti uchun yeng zarur resurslar - oziq-ovqat, energiya manbalari, xom ashyolarning ba’zi mintaqalarda tanqisligi ana shunday muammolardan hisoblanadi. Globallashuv muayyan mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o’tishi bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy- iqtisodiy voqeliknning xalqaro doirada integratsiyalashishi hamdir. Globallashuv xo’jalik yurituvchi birliklarning xalqaro miqyosda kengayishi va jahon iqtisodiyotida salmoqli mavqeni egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi, yangi texnologiya va kapitalning xalqaro miqyosda erkin harakatlanishi, investitsiyalar, moliya-xo’jalik, milliy qadriyatlar, madaniyat va san’at kabi yo’nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tashkilotlar, millat va elatlar faoliyatining milliy doirasidan chiqib, erkinlashtirilishi, inson kapitali,xususan intellektual kapitalning dunyoning taraqqiy yetgan markazlariga ko’chib o’tishi jarayonlarini ham bildiradi. Ilg’or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot almashuvining qulaylashishi, sovuq urushning va siyosiy qutblashuvning barham topishi, transport xizmatining keng miqyosda taraqqiy etishi va mamlakatlar o’rtasida yuk tashish va yo’lovchi qatnovining ortishi kabilar ham jarayonini tezlashtirgan omillardan hisoblanadi. Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab olib, pirovardda alohida mamlakatlarni jahon hamjamiyatining turli mintaqalari bilan yaqindan bog’lanishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, yangi bozorlarning(kapital, valyuta va sug’urta bozori) ilg’or yangi vositalar-turli axborot tizimlari, internet, uyali aloqa orqali yanada uzviy integratsiyalashishini ham ta’minladi. Globallashuv dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va yo’nalishlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu ishchi kuchidan foydalanish, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, inson omiliga kapital sarflash sohalarini keng qamrab oladi, natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, mehnat unumdorligi o’sadi, raqobatning keskinlashish tendentsiyalari kuchayadi. Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo’nalishlarda, xususan, xalqaro savdo, investitsiyalar moliyaviy va texnologik globallashuvda yaqqol namoyon bo’ladi. Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday mamlakatning globallashuv jarayonida faol ishtirok etishi va undan yuqori darajada manfaat ko’rishining asosiy shartlaridan biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demokratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim ijobiy natijalaridan hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishi va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol bo’lishini taqozo yetadi. CHunki, yangi shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotning tashqi omillari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, iqtisodiy o’sishning dinamiklagini ta’minlashni, xalqaro bozor resurslarini (moliyaviy, texnologik, boshqaruv kabilar) oqilona jalb yetishni shart qilib qo’ymoqda. Globallashuv milliy xo’jaligini qisqa davrlarda shakllantirgan va rivojlantirayotgan O’zbekistonning istiqboldagi taraqqiyoti oldiga dolzarb va keng qamrovli vazifalarni qo’yadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda jahon iqtisodiyotining kapital va ilg’or texnologiyalar sohasidagi salohiyatidan unumli foydalanish hamda sifatli, raqobatbardosh tovar va xizmatlarni dunyo bozoriga taklif qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari, omillari, shakllari va mexanizmi. O’zbekiston va Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlari.Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling