Ro’yxatga olindi” “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi


Download 0.56 Mb.
bet6/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1496911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi globalllashuv

Xalqaro mehnat taqsimoti hozirgi davrda tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashishni emas, balki tarmoqichi ishlab chiqarishga ixtisoslashishni taqozo etayapti. Avtomobillar, kompyuterlar va boshqa maishiy texnikalarni ishlab chiqarishda bir necha mamlakatlar o’zaro kooperatsiya aloqalarini birgalikda tashkil etmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jadallashishiga axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi ham katta ijobiy turtki bo’lmoqda.
Natijada, yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va yangiliklar dunyoning istalgan mintaqasiga yoki davlatiga qisqa muddatlarda yetib bormoqda va keng tadbiq etilmoqda, bu kapital va ishchi kuchining mobilligi darajasini ham oshirmoqda.
O’tgan asrning oxirgi o’n yilliklarida xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojida moliya kapitalining roli ortdi. Jahon moliya bozori markazlarining mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ularning yirik xususiy va davlat investitsion loyihalarini amalga oshirishga qulay moliyaviy shart- sharoitlar yaratishi bilan bog’liqdir. Turli moliyaviy dastaklarning ortib borishi xalqaro moliyaviy tizimning takomillashishiga va milliy chegaralardan tashqarida moliyaviy munosabatlarning rivojlanishiga olib keldi.
Xalqaro valyuta bozorining institutsional tarkibiy qismi bo’lgan banklar, valyuta birjalari, brokerlik idoralari, boshqa moliyaviy muassasalar dunyoning istalgan nuqtasida faoliyat yuritish ega bo’lyaptiki, bu xalqaro iqtisodiy integratsiyaning yanada rivojlanishiga shart-sharoit yaratayapti. London, Nьyu- York, Tokio, Frankfurt-na-Mayn, Singapur kabi jahon valyuta bozori markazlari nafaqat o’zlari joylashgan mintaqalarda, balki boshqa mintaqalarda ham integratsion aloqalarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishi bir qator obьektiv omillarning ta’siri bilan izohlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

    • xalqaro mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperatsiyaning chuqurlashishi;

    • ilmiy-texnika taraqqiyotining jadallashishi, axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi;

    • mintaqaviy integratsion aloqalarning mustahkamlanishi va kengayishi;

    • xo’jalik faoliyatining baynalminallashuvi;

    • transmilliy kompaniyalar va moliya-sanoat guruhlarining tashkil topishi.

Xalqaro mehnat taqsimoti alohida olingan mamlakatning mahsulot va xizmatlar turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashishini bildiradi. Mamlakatlararo ixtisoslashuv va kooperatsiya bo’lganligi sababli milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi sodir bo’lmoqda. Bu, o’z navbatida, transmilliy koorporatsiyalar, moliya-sanoat guruhlari va boshqa tashkiliy-hududiy tizimlar shakllanishiga olib kelayapti.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy bosqichida komьpyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish evaziga ishlab chiqarishning baynalminallashuvi yangi sifat bosqichiga o’tdi. Mamlakatlar o’rtasidagi ilmiy va ilg’or texnologik mahsulotlarning ayirboshlanishi jadallashdi. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish bo’yicha mintaqaviy va xalqaro miqyosda yangi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot labaratoriyalari va markazlari, moliya-sanot guruhlari shakllandi va rivojlandi.
Globallashuv jarayonida ilgari shakllangan integratsion birlashmalar faoliyati takomillashgan bo’lib, undan tashqari yangi tuzilmalar paydo bo’ldi. Agar Yevropa Ittifoqi, NAFTA, OPEK, MDH, BRIK, BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kengaygan yoki chuqurlashgan bo’lsa, Jahon banki, Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kabi xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning funktsiyalari kengaydi, ularning milliy iqtisodiyotlar rivojlanishidagi roli oshdi.
Globallashuv jarayonining keyigi bosqichida jahon bozori va uning segmentlarining ahamiyati ortmoqda. Bular jahon tovar va xizmatlar bozori, kapital, qimmatli qog’ozlar, mehnat, axborot va texnologiyalar, ilmiy ishlanmalar(patent va litsenziyalar), valyuta va pul-kredit bozorlaridir. Qayd etilgan bozorlar o’zaro bog’langan va mintaqaviy hamda kontinental doirada murakkab amal qilish tizimini tashkil etadi. Natijada ishlab chiqarish va iqtisodiy sohadagi mehnat taqsimoti ana shu bozorlarning amal qilish xususiyatlari va yo’nalishlari ta’sirida chuqurlashdi.
Globallashuv jarayonidagi jadal rivojlanish tendetsiyasiga ega yo’nalishlardan biri bu – transmilliy kompaniyalar faoliyatining kengayishi va milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotidagi ta’siri kuchayganligidir. Transmilliylanish – bu xususiy firmalar doirasida amalga oshayotgan davlatlararo integratsiyalashish hisoblanadi.
BMT yondoshuviga ko’ra, transmilliy kompaniyalar maqomi quyidagi kompaniyalarga beriladi:

mamlakatda o’z sho’’ba korxonasiga ega kompaniyalar;

    • o’zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, boshqarib turgan kompaniyalar.

Transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy iqtisodiyotlarni geografik joylashuviga ko’ra emas, balki takror ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro mosligi va uyg’unligidan kelib chiqib bir-biriga bog’laydi. Hozirgi kunda dunyoda 40 mingdan oshiq transmilliy kompaniyalar (TMK) faoliyat ko’rsatadi, shundan 500tasi jahon xo’jaligida, xususan, milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotida salmoqli mavqeni egallaydi.
Mazkur 500 TMK dunyo ishlab chiqarishiing qariyb 50 foizi va savdosining taxminan 60 foizini nazorat qiladi. Jumladan, bu TMKlar dunyo bug’doy, kofe, makkajo’xori, tamaki, yog’och materiallari, temir rudasi savdosining 90 foizini, mis va boksid savdosining 85foizi, tabiiy kauchuk va neft xom ashyosi savdosining 75 foizini nazorat qilmoqda.
Transmilliy kompaniyalarda yirik kapitalning jamlanishi bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan birga texnik va texnologik taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirishga imkon berayapti. SHu sababli yangi texnika va zamonaviy texnologiyalar patenti va litsenziyalari hajmining qariyb 80 foizi ular hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda har bir tarmoqda 2-3 TMK jahon bozorida hukmron mavqeni egallaydi. Masalan, yiliga 16 ming dona yo’lovchi samolyoti sotiladigan va umumiy hajmi deyarli 1 trln. AQSH dollariga teng dunyo bozorida amerikaning “Boing” va Yevropaning “Eyrbus indastri” kompaniyalari hukmron mavqega egalar.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki,integratsion jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishi nisbatan uzoq davrni qamrab oladi. Bu jarayonlarning amal qilish mexanizmi esa, mantiqiy ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi. Integratsion munosabatlarning amal qilishi asosan quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

    • tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;

    • ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;

    • xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;

    • mintaqaviy integratsion birlashmalarning shakllanishi va rivojlanishi.

Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlamkatlarning tashqi savdosini qamrab oluvchi jamlama tushuncha bo’lib, xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasi hisoblanadi. Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat korxonalari, transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, alohida jismoniy shaxslar faoliyatda bo’lishi mumkin.
Mamlakatlar o’zaro integratsion aloqalarining asosini tovar va xizmatlar savdosi tashkil etadi. SHu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish, o’zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik vositalarga barham berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish kabilar orqali integratsion munosabatlarini tartibga solish va rag’batlantirishga harakat qiladilar.
Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirishdagi xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning asosida alohida tovarlar guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq va tarmoqichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki bu mamlakat yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish va xarajatlarini imkon qadar kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish yo’nalishiga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy shakllari tovar ishlab chiqarish va sotishdagi kooperatsiya, korxonalarga birgalikda egalik qilish(qo’shma korxona), qurilish sohasidagi kontsortsiumlar tashkil etish kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik integratsion aloqalarda o’zining barqarorligi va doimiyligi bilan, loyihalarni keng qamrab olishi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli shartnomalar asosida bunday hamkorlikni nafaqat rivojlangan davlatlar o’rtasida, balki taraqqiyot darajasida tafovut katta bo’lgan sanoatlashgan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ham rivojlantirib borish imkoniyati keng hisoblanadi.
Xalqaro integratsiyada ilmiy-texnika hamkorligining ahamiyati so’nggi o’n yilliklarda ortib bormoqda. CHunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti milliy xo’jaliklarning jadal rivojlanishiga, ijtimoiy-maishiy muammolarni nisbatan tez hal qilishga imkoniyat yaratmoqda.

Ilmiy-texnika hamkorligi ilmiy-tadiqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, texnik va muhandis xodimlar guruhini shakllantirish va qo’shma loyihalarda qatnashish, ilmiy-tadqiqot markazlari, lobaratoriyalari, byurolari tashkil etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabilar namoyon bo’lmoqda.


Ayni vaqtda, dunyo mamlakatlarining ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion salohiyati jahonning muayyan markazlarida to’planib qolishi tendentsiyasi kuchaymoqda.
Bu markazlar asosan, AQSH, Yevropa va Janubiy-SHarqiy Osiyo (Yaponiya, Janubiy Koreya kabilar) hisoblanadi. Rivojlanishning hozirgi bosqichida ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va takomillashtirish oldiga yuqori innovatsion salohiyatni, yuqori ilmiy malakali xodimlarni, chuqur fundamental va ilmiy tadqiqotlar majmuasini shakllantirish talabini qo’ymoqda. Bu, o’z navbatida, mamlakatlarning axborot ta’minoti va almashinuvida, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishda hamkorlikda ishlashlarini taqozo etayapti.
Mamlakatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosini kengaytirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini ta’minlash, ilmiy-texnika hamkorligini chuqurlashtirish ularning hududiy jihatdan yaqin bo’lishini ob’ektiv zaruratga aylantirgan. SHu sababli, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, ba’zi mamlakatlar hududiy integratsion aloqalarni shakllantirgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling