Jahon iqtisodiyotini globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakillari. Reja; Kirish


Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari


Download 124.96 Kb.
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi124.96 Kb.
#1205707
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ik 419. Aminjonov Og\'abek tayyor

3.Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari.
Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi va bunda tashqi savdoning roli g‘oyat muhimdir. Davlatlar о‘rtasidagi xalqaro xо‘jalik aloqalarining meyoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir.
Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
“Integratsiya” (integratio) sо‘zi lotin tilidan olingan bо‘lib, ma’lum bir qismlarning umumlashishi, yagona bir shaklga kelishi va birlashishini anglatadi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlari ikki tomonlama, bir nechta mamlakatlar va hududlararo bо‘lishi mumkin. Hozirgi zamonda integratsion birlashmalarning asosiy masalalaridan biri ularning hududiy darajada rivojlanishini ta’minlash hisoblanadi. Bu masalada odatda davlatlararo boshqaruv tizimi joriy etilib, yakka umumiy mintaqaviy xо‘jalik majmui tashkil etiladi. Hozirgi bosqichda xalqaro aloqalar tizimining barcha jabhalarida izchil о‘zgarishlar sodir bо‘lmoqda. Uning aksariyati globallashuv jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Mintaqalar doirasida ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining о‘zaro yaqinlashib, bir-birini tо‘ldirishi hamda baynalminallashuv jarayonida yagona bir ishlab chiqarish va boshqarish tizimida faoliyat yuritishi mintaqaviy integratsiya deb ataladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya mehnat taqsimoti asosida ma’lum bir davlatlar xо‘jaliklarining birlashishi hamda о‘zaro aloqalarining samarali rivojlanishi oqibatida milliy iqtisodiyotlarga turli shakl va darajada ta’sir о‘tkazishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya xо‘jalik munosabatlari baynalminallashuvining yangi va shu bilan birga murakkab bosqichi bо‘lib, jahon iqtisodiyotining yuqori, samarali va kelajakka yо‘naltirilgan rivojlanish nuqtasi hisoblanadi. Bunda faqatgina milliy xо‘jaliklar birlashibgina qolmasdan, balki iqtisodiy muammolarning yechimi hamkorlikda hal etilishi ta’minlanadi. Shu о‘rinda aytish joizki, iqtisodiy integratsiya mamlakatlarni birgalikda faoliyat yuritishga yetaklovchi jarayon sifatida quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
■ turli mamlakatlarning milliy xо‘jaliklari о‘rtasidagi hamkorlik hamda ularning tо‘liq yoki qisman umumiylashuvi;
■ mamlakatlar о‘rtasida tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakatidagi tо‘siqlarning qisman yoki tо‘liq bartaraf etilishi;
■ yagona bozor yaratish maqsadida ma’lum bir davlatlar bozorlarining bosqichma-bosqich birlashuvi;
■ turli mamlakatlarga taalluqli bо‘lgan xо‘jalik subyektlari о‘rtasidagi farqlarning birin-ketin bartaraf etilishi;
■ har bir hamkor davlatda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el subyektlarining kamsitilishiga yо‘l qо‘ymaslik.
Globallashuv bu faqatgina inson va tovarlar harakatining kuchayishigina emas, balki kо‘p jihatdan bilimlar va ma’lumotlar almashuviga asoslanadi. Globallashuvga atroflicha ta’rif berilganda, aholining erkin migratsiyasi, tovar va xizmatlar, texnologiya va ma’lumotlarning milliy chegaralardan tо‘siqsiz erkin о‘tishi, xorijiy investitsiyalar hajmining kengayishi, hududiy va ixtisoslashgan bozorlarning о‘zaro integratsiyalashuvi, ekologik, demografik muammolarning umumbashariy masalaga aylanganligi tushuniladi.
Aksariyat ekspertlar fikriga kо‘ra, hech bir jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va boshqa soha yoki harakatlarni globallashuvdan tashqarida, atroflicha kо‘rib chiqib bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jamiyat hayoti hamda faoliyatidagi turli soha va jabhalarni bir-biriga ta’sir etishi hamda bog‘liq bо‘lib qolishining kuchayayotganini anglatadi.
Globallashuv jahon xо‘jaligida barcha hudud va sohalarni о‘z ichiga qamrab olib, milliy xо‘jaliklar rivojlanishidagi tashqi va ichki omillar muvozanatini birinchisining foydasiga hal etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish omillariga, asosan texnologiya va kapitalga doimiy talab mavjudligidan kelib chiqqan holda, hech qanday mamlakat о‘z milliy iqtisodining hajmi (yirik, о‘rta, kichik) va rivojlanganlik darajasidan (rivojlangan, rivojlanayotgan yoki о‘tish davridagi) qat’iy nazar о‘zini-о‘zi tо‘liq yoki yetarlicha ta’minlay oladi, deb ta’kidlab bо‘lmaydi. Jahon xо‘jaligi tizimidagi asosiy ishtirokchilarning hatti-harakati va olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini hisobga olmasdan, hech bir mamlakat о‘zining iqtisodiy rivojlanish strategiyasini maqsadli shakllantirib, samarali amalga oshira olmaydi. Globallashuv tushunchasi kо‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda uchraydi. Lekin hech birida ushbu terminga aniq va tо‘liq ta’rif berilmagan. Maxsus adabiyotlarda mualliflar ushbu tushunchani turlicha talqin qiladilar. Masalan, AQShdagi Kaliforniya universiteti sotsiologi, professor M.Kastels globallashuvni «yangi kapitalistik iqtisodiyot» deb ta’riflab, uning quyidagi asosiy kо‘rinishlariga e’tibor qaratgan: informatsiya (ma’lumot), bilim va informatsion texnologiya ishlab chiqarish darajasi hamda raqobat о‘sishining asosiy manbai sifatida.
Ayrim tadqiqotchilar globallashuvni oddiy jarayon kо‘rinishida, tor ma’noda tasavvur qilishmoqda: dunyo bо‘yicha iste’molchilar hohishlari yaqinlashganligi va taklif etilayotgan mahsulot turlarini umumiylashganligi sababli jahon mahsulotlari milliy mahsulotlarni bozordan siqib chiqarmoqda.
Mazkur kurs doirasida biz, jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olmoqda, ya’ni:
- tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual (aqliy) mulk obyektlarining milliy, xalqaro va jahon savdosi;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar kо‘lamining kengayishi (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlariga kredit va zayomlar, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari);
- ishlab-chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va informatsion hamkorlikning chuqurlashuvi;
- о‘zaro tovar almashuvidan ishlab chiqarish baynalminallashuviga о‘tilishi ya’ni bir nechta mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari ma’lum bir tayyor mahsulot yaratishda turli shakl va bosqichda ishtirok etishlari va pirovard natijada ishlab chiqarish baynalminallashuvining institusional shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi;
- kapital baynalminallashuvi, ya’ni mamlakatlar о‘rtasida xalqaro kapital harakatining jadallashuvi (bevosita xorijiy investitsiyalarning tashqi savdo va ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan oshib borayotganligi), fond bozori rivojlanish darajasining о‘sishi;
- xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiya doirasida texnologik bilimlar, ilmiy-texnika va ishlab chiqarish vositalari almashuvining kuchayishi;
- xalqaro hamkorlikni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi global moddiy, informatsiyaviy, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish;
- xalqaro savdo tizimidagi an’anaviy odatlarni sifat va kо‘lam jihatdan о‘zgartirish va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida tovar almashuvining baynalminallashish darajasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikning eng asosiy yо‘nalishi sifatida moddiy ishlab chiqarishga nisbatan tez sur’atlar bilan о‘sib borayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish;
- ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining atrof muhitga ta’sirining kuchayishi va mazkur yо‘nalishda xalqaro hamkorlikning kengayishi;
- va nihoyat, ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi kо‘lamining haddan ziyod kengayishi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan oqib kelayotgan ishchilar rivojlangan mamlakatlarda past yoki umuman malaka talab etmaydigan ishlarga jalb etilmoqdalar. Shu bilan birga yuqori malaka talab etmaydigan, kam ish haqi tо‘lanadigan ish о‘rinlarini tо‘ldirish uchun xorijiy ish kuchidan foydalanayotgan mamlakatlar immigratsiya miqdorini kerakli darajada ushlab turishga harakat qilmoqdalar.
Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi immigratsiya jarayonlariga yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Masalan biron-bir Yevropa, Shimoliy Amerika yoki Yaponiya kompaniyasi osonlik bilan dunyoning istalgan mamlakatidagi kompyuter mutaxassisiga ma’lum bir dastur yaratish yuzasidan о‘z joyidan turib topshiriq bera olishi mumkin.
Globallashuv va integratsiyalashuv - bu murakkab jarayon bо‘lib, quyidagi darajalarda kuzatilmoqda:
- mintaqalar, mamlakatlar (makrodarajada);
- tovar, kapital, mehnat va valyuta bozorlari (mezodarajada);
- ma’lum kompaniya va korporatsiyalar (mikrodarajada).
Mamlakatlar va mintaqaviy integratsion birlashmalar savdoni erkinlashtirish, investitsion va migratsion cheklovlarni olib tashlash hamda erkin savdo yoki umumiy bozor hududini barpo etish hisobiga о‘z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishlari globallashuvning makroiqtisodiy darajasida kо‘zga tashlanmoqda.
Kompaniyalar о‘z faoliyatini kengaytirgan holda ichki bozordan tashqariga yо‘nalganligi orqali globallashuv mikroiqtisodiy darajada namoyon bо‘lmoqda. Aksariyat yirik transmilliy korporatsiyalar hozirgi davrda global sharoitda faoliyat yuritmoqdalar. Ular har qanday chegara va milliylikdan qat’iy nazar, har doim iste’molchilarning talabini qondirishga intiladilar. Shu tufayli ular iste’molchilar talabi yuqori bо‘lgan barcha bozorlarni egallab olmoqdalar.
Globallashuv sharoitida kompaniyalar xalqaro darajadagi iste’molchilar, texnologiyalar, xarajatlar, strategik raqobatlar haqida bosh qotiradilar. Ular о‘zlarining maqsad va rejalari doirasida ishlab chiqarish va sotuv bо‘linmalarini turli mamlakatlarga joylashtirib, global sharoitda vaziyatni о‘zlari uchun yengillashtirmoqchi bо‘ladilar. Transmilliy kompaniyalar va firmalarni tashkil etish va rivojlantirish esa turli tо‘siqlarni yengib о‘tishga imkoniyat yaratadi (ya’ni, transfer narxlar, qayta ishlab chiqarishga qulay sharoit, milliy bozor muhitini yaxshi о‘rganish, qо‘shimcha daromad va boshqalar hisobiga).
Hozirgi davrning dolzarb masalasi erkin va samarali tadbirkorlik faoliyatini olib borish, global tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchi bozori ishtirokchisiga aylanish, mamlakatlarni yagona jahon iqtisodiy xо‘jaligi majmuiga birlashtirish uchun umumbashariy iqtisodiy, huquqiy, informatsion va madaniy muhitni yaratishdan iborat.
Bu vaziyatda, globallashuv jarayonining asosiy subyektlari sifatida transmilliy korporatsiyalar ichki xо‘jalik faoliyatiga nisbatan о‘zlarining tashqi iqtisodiy faoliyatlariga alohida e’tibor qaratib va globallashuvning moddiy asosi va harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormoqdalar.
Bugungi kunda turli mamlakatlarda xо‘jalik muhitining xilma-xilligi globallashuv jarayonlarining yanada avj olishiga tо‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir.
Kapital aylanmasining intensivlashuvi va savdo tizimining umumiylashuvi yagona iqtisodiy xо‘jalik muhitini vujudga keltiradi. Xalqaro iqtisodiy tizimini tashkil etuvchi 200 dan ortiq mamlakatlar milliy xо‘jaliklarining har biri о‘ziga xos xususiyatiga egaligi tufayli jahon yalpi ichki mahsuloti rivojlanish kо‘rsatkichlari barqaror emas.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda texnologiyalarining 4-5-avlodi qо‘llanilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 2-3-avlodi, qoloq yoki о‘tish davridagi mamlakatlarda esa sanoatlashuv davrining boshidagi texnologiyalardan foydanilmoqda. Asosan rivojlangan mamlakatlar yuqori texnologiyalarga egaligi sababli ilmtalab tovar va xizmatlarni past va о‘rta darajada rivojlangan mamlakatlarga eksport qilib katta foyda olmoqdalar.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir. «Neysbit paradoksi» muallifi fikriga kо‘ra, ushbu jarayon bir tomondan siyosiy mustaqillik va о‘zini о‘zi boshqarish, ikkinchi tomondan iqtisodiy uyushma va birlashmalar tashkil etilishiga olib kelmoqda («Chem vishe uroven globalizatsii ekonomiki, tem silneye yeye melchayshiye uchastniki». Paradoks Neysbita).
Xulosa о‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jamiyat qanchalik boy va baquvvat bо‘lsa, shunchalik uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi yuqori bо‘ladi, qanchalik resurslar oqilona va maqsadli ishlatilsa, shunchalik integratsion aloqalarning imkoniyatlaridan foydalanish va global bozor sharoitiga moslashuv darajasi yuqori bо‘ladi.
Bizga malumki, Bojxona Ittifoqi (BI) dastavval mamlakatlar unga azo davlatlar o’rtasidagi savdodagi barcha cheklanishlarni olib tashlash uchun birgalikda kushilishlari bilan ayni paytning o’zida Ittifoqqa kirib kelayotgan holda yuzaga keladi. Albatta, BIning shakllanishi umumjahon erkin savdo tamoyilini zid deyish mumkin, chunki u amaliyotda azo bo’lmagan davlatlarga nisbatan kamsitish tabiatiga ega. SHunday bo’lsa ham, u BI azolari o’rtasidagi savdo to’siqlarini kamaytiradi va odatda bloklararo savdoni rag’batlantiradi. SHu bois BI o’z azolari iqtisodiy integratsiyasiga ko’mak hisoblanadi, biroq malum darajada turli xil shartnoma va kelishuvlar asosida muvofiqlashtirishlarsiz savdoning global darajada erkinlashishi zararli bo’lishi mumkin. Keng manoda BI iqtisodiy suverenitetning ko’proq boy berilishini o’z ichiga oladi. Bu erkin savdo hududi holatidagi kabi tadbirdir, yani mamlakatlar barcha ichki tarif va boshqa to’siqlardan voz kechishni kelishadilar. Biroq bunga qo’shimcha ravishda dunyoning qolgan qismiga nisbatan umumiy va muvofiqlashgan savdo siyosatini qo’llash ham kelishib olinadi. Evropa Hamjamiyatida u barcha azo bo’lmagan davlatlardan kirib kelayotgan importlarga umumiy tashqi tarif shaklini oladi.
BIni va uning eX miqyosidagi savdoga tahsirini tahlil qilish uchun, avvalambor, BIni tashkil qilishning samaralarini baholash bilan bir qatorda, uning nazariy tomonini ochib berish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Savdoni yaratish BIning shakllanishi natijasi o’laroq tariflar va boshqa savdodagi to’siqlarning o’zgartirilishi bilan yuz beradi. Bu o’z navbatida, istemolchilarning ichki sharoitlarda kamroq samara bilan ishlab chiqilgan va qimmat mahsulotlar o’rniga ittifoqning boshqa azolari tomonidan taminlanadigan nisbatan samaraliroq va arzonroq ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishiga imkon yaratadi. Buni quyidagi oddiy raqamli misol bilan izoxlash mumkin. 3-jadvalda uch mamlakatdagi Fransiya, Germaniya va AQSH televizorlarning taxminiy ishlab chiqarish harajatlari va Fransiyadagi televizorlarga tariflarning turli darajalarini tasiri ko’rsatilgan.
Fransiya va Germaniya AQSHni tashqarida qoldirgan holda o’zaro BI tashkil etadi. qurishimiz mumkinki, absolyut sharoitlarda AQSH eng samarali va arzon televizor ishlab chiqaruvchi mamlakat hisoblanadi, undan keyin Germaniya va so’ngra Fransiya keladi. Jahon savdo munosabatlari vaziyati bo’lgan taqdirda AQSH televizorlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va har ikki davlat Germaniya hamda Fransiyaga eksport qilgan bo’lar edi.
Tariflar esa bularning barchasini o’zgartiradi, agar biz birinchi navbatda A va V qatorlarda aks ettirilgan holatga qaraydigan bo’lsak, shuni ko’rishimiz mumkinki, ittifoq tashkil qilinmasdan avval Fransiyaga kirib kelayotgan barcha import mahsulotlariga 100% tarifning mavjud bo’lishi Fransiya istemolchilariga maxalliy ishlab chiqarilgan televizorlarning eng arzon bo’lishini taminlar edi. Agar narxni istemolni belgilab beruvchi yagona omil deb faraz qilsak, ular faqat Fransiyada ishlangan mahsulotni sotib oladilar va tabiiyki, xech qanday import bo’lmaydi. Ittifoq tuzilgandan so’ng AQSHga nisbatan 100% tarifni saqlab mahsulot sifatida kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlarida eng arzon bo’ladi va Fransiyaning ratsional istemolchilari ularni Fransiya televizorlari o’rniga sotib oladilar. Ushbu holat savdoni yaratuvchi – BIni tashkil etishning ijobiy savdo va farovonlik samarasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish samarasidan tashkil topadi, yani televizorlar miqdorining ishlab chiqarishi Fransiyada Germaniyadagidan samaraliroq manbalarga o’tadi va shu tariqa resurslarni tejashga olib keladi. Ushbu xalqaro ixtisoslashuvning ratsional tajribasi tomon o’zgarish iqtisodiy farovonlikni oshiradi, chunki endilikda ayrim televizorlar arzonroq va samaraliroq ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, Fransiya istemolchilarning harid qilish quvvatining oshishiga ham olib keladi, chunki ular televizorlarni arzonroq sotib olishlari mumkin (400 frank o’rniga 250 frankka).
Ikkinchi tomondan esa savdoni qaytarish BIni tashkil etish bilan tariflarning o’zgarishi narxlarda o’z aksini topadi va shu tariqa istemolchilarni boshqa azo bo’lmagan davlatlar tomonidan samaraliroq va arzonroq mahsulotlar o’rniga hamkor davlatlarda kamroq samara bilan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib olishga undaydi. Buni ham rakamli asosda tuzilgan jadvaldagi misolga murojat etish orqali tushuntirish mumkin.
Agar biz jadvalning A va S qatorlarida yoritilgan holatni tahlil qiladigan bo’lsak, ittifoq to’zilishidan oldin Fransiyadagi istemolchilarning AQSHdan import qilingan televizorlarni sotib olishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin, chunki ular 50 foizlik tarifga qaramay bozorda eng arzon hisoblanardi. Extimol, maxalliy ishlab chiqaruvchilar tarifning bunday darajasida import bilan raqobatlasha olmasdi. Ittifoq tashkil etilgandan keyin AQSH mahsulotiga nisbatan 50% tarifni saqlab qolgan holda Germaniya televizorlari Fransiyaga xech qanday boj to’lovlarisiz kirib keladi. Natijada Germaniya televizorlari Fransiya bozorlaridagi eng arzon mahsulotga aylanadi va Fransiya istemolchilari ularni AQSH televizorlari o’rniga sotib oladilar. SHu tariqa import samaraliroq manbadan kamroq samarali tomonga kuchiriladi desak mubolaga bo’lmaydi. Ushbu holat savdoni qaytarishdir – BIning salbiy savdo va farovonlik effekti hisoblanadi.
Keng ko’lamli xo’jaliklar. BI shakllanishi natijasida ichki ixtisoslashuvning oshganligi ittifoqdagi firma va sanoatlarning samarador bo’lishiga olib keladi. CHunki BI to’zilishi bilan firmalarning yirikroq bozorlarda xizmat ko’rsata boshlashi natijasida o’z ishlab chiqarishlarini kengaytirish hamda ko’lam jihatdan o’sishga (ishlab chiqarish birliklarining yiriklashuvi) bo’lgan moyilligi kuzatiladi, ko’pgina hollarda bu kabi natija bir birlik ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi va shu tariqa past narxlardan bahramand bo’luvchi istemolchilarning farovonligini oshishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon quyidagilarning oqibatida yuz beradi:
1.Ichki xo’jaliklar firmalarning yiriklashuvi orqali ustunliklarga ega bo’ladilar. Yirik ishlab chiqarish korxonalarining mashina uskunalaridan yanada samaraliroq foydalanishi va mehnat taqsimoti kamrovining oshishi bunga misol bula oladi.
2.Umumiy sanoat tarmoqlarining o’sishi natijasida yuzaga keluvchi tashqi xo’jaliklar, masalan, sanoat tarmoqlari mutaxassis va komponentlarning samarali ishlab chiqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatilishi mumkin. Amaliyotda keng ko’lamli xo’jaliklarning ta’sirini hisoblab chiqildi, yani Hamjamiyat doirasidagi keng ko’lamli xo’jaliklarning to’liq ekspluatatsiyasidan ko’riladigan potensial farovonlik 61 mlrd. EKYu yoki Hamjamiyat YaIMning 2,1 foiziga teng bo’lishi ko’zda tutilgan.
Evropa iqtisodiy integratsiya jarayonini o’rganib, uni tahlil qilganda umumiy bozor evropa Hamjamiyatining yadrosi ekanligini yaqqol ko’rish mumkin. CHunki Hamjamiyatni tashkil etuvchi SHartnomaning markaziy, qolaversa asosiy maqsadi – azo davlatlar iqtisodiyotlarining o’z qismlari yig’indisiga nisbatan yuksakroq bo’lgan xo’jalik doirasidagi integratsiyasidir. Maqsad ko’proq tovarlar va xizmatlar arzon narxlarda ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan yuksakroq iqtisodiy samaradorlik uchun sharoitlarni yuzaga keltirish. Bu esa amaliyotda rentabellik va raqobatning oshishi natijasida erishilishi mumkin. SHunday ekan eX SHartnomalari “erkin raqobatga ega ochiq bozor iqtisodiyoti” degan tushunchani Hamjamiyat siyosatlari uchun asos sifatida bir necha bor takrorlaydi.
Hamjamiyat umumiy bozorining huquqiy poydevori bo’lib eX SHartnomasida o’z aksini topgan “to’rt erkinlik”-tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakati hisoblanadi. Ushbu erkinliklarni amalga oshirish va bozor kuchlarining erkin ishlashini taminlash maqsadida Hamjamiyat qoidalar to’plamini ishlab chiqdi. U o’z ichiga mahsulot va xizmatlari uchun spetsifikatsiyalar, davlat haridi buyicha qoidalar va bilvosita soliklarning eng kam darajalarini qamrab oladi.
Umumiy bozorni yaratish evropa Hamjamiyatining ustuvor yo’nalish va maqsadi hisoblanadi va u yuksalishga erishishda asosiy kalit sifatida talqin qilinadi. Dastlabki 1957 yildagi eIX SHartnomasida 12-15 yil oraliqni o’z ichiga oluvchi o’tish davri ta’kidlanadi va umumiy bozor aynan ana shu davr ichida progressiv ravishda o’rnatilishi ko’rsatiladi.
SHunday bo’lsa ham, 1980 yillardagi iqtisodiy holatning yaxshilanishi iqtisodiy integratsiya jarayonini qaytadan jonlantirdi. 1985 yili Jak Delor prezidentligi ostidagi yangi Komissiya ishga tushdi va Yagona Bozorga erishish uchun zarur bo’lgan dasturni ishlab chiqishga kirishdi. Buning natijasida bozorning unifikatsiyasi 1992 yilda oxiriga etishi va bunga erishish uchun talab qilinadigan 282 siyosiy choralarni aniklab bergan holda Rasmiy dastur ishlab chiqildi. Bu Rim SHartnomasi imzolangandan o’ttiz yil keyin yuz berdi. CHunki yagona bozorning yaratilishi uchun ikki asosiy element zarurdir. Bular
(a) tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari bilan savdo qilishdagi to’siqlarning olib tashlanishi;
(b) raqobatning umumiy qoidalari tizimi. Biroq birinchi navbatda Yagona evropa Akti qabul qilinmasdan oldin yagona bozor sari amalga oshirilgan siljish va rivojlanishlarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi tizimidagi savdo cheklashlari turli xil qoidalar va tartibotlarda yarim yashirin holdagi choralar turkumi sifatida xarakterlanadi. Ushbu turkum o’z ichiga texnik va savdo standartlari, bojxona rasmiyatchiliklari, xarid qilish talablari, sotish va reklamadagi cheklanishlar, moliyaviy nazoratlar va subsidiyalarni oladi. Bularning barchasi importga karshi chora sifatida yoki eksportlarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish uchun qo’llaniladi. Malumki, savdo cheklanishlari, xaridorlarga boshqa davlatlardagi taklif etuvchilardan erkin holda sotib olish imkonini yaratish uchun, malum darajada talabni tashkil etuvchi tomondagi choralar orqali yumshatilishi mumkin. Evropa Hamjamiyatida esa ushbu erkinlik o’zaro tan olish tamoyili bilan taminlangan (bu tamoyil mazkur bulimda o’rganiladi) va unga kura, Hamjamiyat mamlakatlarining birida qonuniy ravishda savdo qilinayotgan tovar va xizmatlar Hamjamiyatning boshqa istagan joyida sotilishi mumkin.
SHunday bo’lishiga qaramay, milliy hokimiyatlarning boshqa azo davlatlardan kirib kelayotgan importlarga qarshi cheklanishlarni qo’yilishining oldini olish uchun taklifni yuzaga keltiruvchi tomondan ham qandaydir bir harakat talab qilinadi. Amaliyotda importga karshi chora-tadbirlar bilan kurashish juda murakkab kechadi, chunki ular odatdagi (texnik va xavfsizlik standartlari, sifat nazoratlari, sog’lik va atrof-muhitni saqlash bo’yicha standartlar va istemolchilarni himoyalash standartlari) kabi texnik qiyinchiliklar ortida yashiringanligi sababli savdoda diskriminatsiya to’g’ridan-to’g’ri yuz bermaydi. Bu choralarni talab qiluvchi hukumat esa, ular aholining farovonligi va yashash sifatini himoya qilish uchun zarurligini ta’kidlaydi. Bunday vaziyatlarda Hamjamiyat savdoni cheklash elementlarini olib tashlash bilan birga, qonuniy himoyaning saqlab kolinishini taminlash orqali amal qilishga majbur edi. Ushbu ko’rsatkich va maqsad uyg’unlashtirish tamoyilini qo’llash usuli bilan erishiladi.
1992 yillarning oxiriga kelib eI yagona bozori uchun xuquqiy tarkibning asosiy qismi ishlab chiqilgan edi. Raqobatbardoshlikning oshishi va iqtisodiy o’sish sharoitlari bo’yicha taxminlarning ro’yobga chiqishi keyingi yillar mobaynida aynan shu qonun va qoidalarga nisbatan itoatkorlik va hurmatning qanchalik darajada bo’lishiga bog’liq. Bu erdagi mantikiy davomiylikni quyidagicha talqin etish mumkin, ya’ni yagona bozorning rivojlanishi iqtisodiy o’sishning jadallashishiga va buning natijasi o’laroq hamjamiyat aholisi farovonligining oshishiga olib keladi.
SHunday bo’lsa ham, eXda faqatgina azo davlatlar o’rtasida tovarlar va xizmatlarni sotishda erkinlik bo’lsagina yagona bozor bo’lishi mumkin.
Hamjamiyat yagona bozoriga tartibotlarni olib tashlash orqali emas, balki ularning noto’g’ri ishlatilishining oldini olish orqali erishiladi. Bu erda asosiy muammo mavjud, u ham bo’lsa azo davlatlarning qonuniy maqsadlar sari harakatlarning Hamjamiyat doirasidagi savdoga to’sqinlik va noto’g’ri mano bermaydigan yo’l bilan amalga oshirilishini taminlash. Echim esa ko’p hollarda azo davlatlardan bir-birlarining tartibotlarini tan olishni talab etishdir, yani masalan, bir mamlakatdagi barcha xavfsizlik standartlariga javob beradi deb qabul qilingan tovar boshqa azo davlatlarda talab qilinuvchi standartlarga ham mos deb tan olinadi. Ushbu qoida o’zaro tan olish tamoyili va shuningdek, kelib chiqish mamlakati tamoyili deb ham yuritiladi, chunki azo davlatlar mahsulot ishlab chiqilgan mamlakatdagi mahsulot standartlarining amal qilishini ham tan olishlari kerak. Bu kabi o’zaro tan olish albatta o’zaro ishonchga bo’lgan zaruriyatni taqozo etadi va zarur bo’lgan vaziyatlarda bu Hamjamiyat standartlarining qabul qilinishi orqali mustahkamlanishi mumkin.
O’zaro tan olish doktrinasiga asos bo’lib eXning 30 Moddasi hisoblanadi. Unga ko’ra, importlarga qo’yiladigan barcha cheklanishlar va boshqa shunga teng kuchli tahsirga ega bo’lgan hamma choralar man qilinishi kerak.
SHunga mos ravishda, bir azo davlatda qonuniy holda sotilgan mahsulot xuddi shuningdek, Hamjamiyat bo’ylab sotilishi mumkinligi borasida umumiy taxmin mavjud edi. Bu esa o’z navbatida, masalan, Germaniya o’z hududida Fransuz likyorining faqatgina uning tarkibidagi alkogol quvvati Nemis likyorlariga nisbatan o’rnatilgan minimumdan past bo’lganligi uchun sotilishini taqiqlay olmasligini o’zida aks ettirgan Adliya Sudining “Cassis de Dijon” ishi buyicha qarori (120-78 Ish) orqali tasdiqlandi.
Amaliyotda eIX SHartnomasidan keyingi o’n yilliklar mobaynida yagona bozorning amalga oshirilishi, azo davlatlar o’rtasidagi harakat erkinligi cheklanishlarga qarshi kurashishdagi ijobiy choralarga bog’liqligi yorkin sezila boshladi. Bunday vaziyatlarda shu narsa ayonki, “hayotiy muhim” manfaatlar bo’yicha masalalarda birgina o’zaro tan olishning o’zi etarli emas: yani azo davlatlar ma’naviy xavfsizlik, sog’lik va atrof-muhitni himoyalash kabi bir qator asoslarga tayanib savdo cheklanishlarini (EXning 36 Moddasi asosida) oqlab chiqishlari mumkin. Undan tashqari, milliy-mamuriy rasmiyatchiliklar, texnik spetsifikatsiyalar, sotib olish cheklanishlari bilan bir qatorda, bir-biridan farq qiluvchi soliq rejimlarining tahsirlari keng tarqalishi okibatida yagona bozor sari rivojlanishi birmuncha sust kechdi.
1987 yilda kuchga kirgan Yagona evropa Akti yagona bozorning rivojlanishida yuksak siljish va eX SHartnomasiga bir qator tegishli o’zgartirishlar qilinishiga sabab bo’ldi. Hamjamiyat qonunchilik jarayonlari kengashda avvalgi ovoz berishning o’rniga ko’pchilik ovoz yo’li bilan aniklash usulining kiritilishi natijasida jadallashdi. qayta ko’rib chiqilgan eX SHartnomasi (yuqorida takidlangan ovoz berish usuli bilan) Kooperatsiya jarayonining ichki bozorni tashkil etilishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan qonunchilikni tadbiq qilinishini taminladi. Buning birdan-bir sababi shuki, ko’pchilik azo davlatlar o’rtasida va evropa Parlamenti tomonidan sezilarli qo’llashga ega bo’lgan qonuniy takliflarga bir yoki ikki mamlakatlarning to’sqinlik qilishlarini oldini olishdir. Biroq bu usulning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy oqibati shundan iboratki, Hamjamiyat umumiy manfaatiga tegishli va zarur hisoblangan qonunlar va tartibotlarni qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. Uning salbiy tomoni esa ayrim aholi soni kichik bo’lgan azo davlatlarning u yoki bu Hamjamiyat mikyosidagi qarorlar yuzasidan bildiradigan fikrlarini inobatga olmasligini aytish mumkin.
Umumiy evropa bozorini tashkil etish tajribasidan mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan to’siqlarning uchta turini belgilash mumkin, yani fizik, texnik va fiskal to’siqlar. Bu sanab o’tilgan to’siqlarning olib tashlanishi yagona bozorga erishishdagi asosiy shart sifatida qaraladi.
Yagona bozorning yaratilishi iqtisodiyotda taklif tomonining samaradorligini oshiruvchi manba sifatida qaraladi. Taklif tomonidagi yaxshilanish azo davlatlardagi pul birliklarining haqiqiy sotib olish quvvati va shu tariqa investitsiyalarning hajmini oshirish orqali yalpi talabning oshishiga va eXni jahonning qolgan qismiga nisbatan raqobatbardoshligini yaxshilashga olib keladi.
SHu bois eng asosiy va belgilovchi maqsad - bu ishlab chiqarish rentabelligini oshirishdir: to’siqlardan holi bo’lgan katta bozorning mavjud bo’lishi yangi texnologiyalarning rivojlanishi va tadbiq etilishi va ularning Hamjamiyat mikyosida keng tarqalishini rag’batlantiradi; standartlar va tartibotlarning uyg’unlashuvi, shuningdek, yangi mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni ham kamaytiradi.

Download 124.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling