Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Ukraina davlatining iqtisodiy geografik tavsifi


Download 1.43 Mb.
bet34/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ukraina davlatining iqtisodiy geografik tavsifi. Ukraina MDH ning janubi-g’arbida, Sharqiy Evropa tekisligining janubida joylashgan. Maydoni 603,7 ming km2 bo’lib (yangi ma’lumot bo’yicha 603 549 km2), maydoniga ko’ra MDH da 3-o’rinda turadi. Iqtisodiy geografik o’rni qulayligi Qora va Azov dengizlari bo’yida joylashganligi, Rossiya bilan chegaradoshligi va tranzit yo’llar tugunida joylashganligidir. Hudud shimoldan janubga 740 km ga, G’arbdan sharqga 1316 km cho’zilgan. Hududning 71 % tekislik, 26 % balandlik, 3 % tog’lik (Janubiy g’arbda Karpat tog’i). Iqlimi-yillik maksimum 39,9, yillik minimum -32,2, yog’in-sochin-621 mm. Pul birligi grivna.
Ukraina shimoldan Belorus, shimoli-sharqda va sharqda Rossiya, janubdan Qora va Azov dengizlari, janubi-g’arbdan Moldaviya, Ruminiya, g’arbdan esa Vengriya, Slovakiya, Polsha bilan chegaradosh. Mazkur davlatlar bilan bo’lgan chegarani temir va avto yo’llar, neft va gaz quvurlari, elektr o’zatish liniyalari kesib o’tgan. 2014 yildan boshlab Qrim yarim oroli (Rossiya boshqaruvida) va qisman Donetsk (Donetsk xalq respublikasi boshqaruvida) va Lugansk (Lugans xalq respublikasi boshqaruvida) viloyatlari hududi Ukraina boshqaruvida emas,
Ukrainaning tabiiy resurslari ilgaridan o’rganilgan. Asosiy qazilma boyliklari-qo’ng’ir ko’mir, toshko’mir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets, simob, rux, qo’rg’oshin, titan, magniy, alyuminiy, tsirkoniy. Mamlakat hududining 56 % ini haydaladigan erlar, 12 % ini o’tloq va yaylovlar tashkil etadi. Asosiy boyliklaridan biri Temir rudasi bo’lib, uning yirik konlari Krivoy–Rog, Kerch konlaridir. Molibdenning yirik konlari Nikopolda joylashgan. Mamlakat iqtisodiyotida Donbass (10 ta yirik koni bor) kokslanuvchi va energetika ko’mir havzasining ahamiyati katta. Bundan tashqari Lvov-Volinsk toshko’mir havzasining ahamiyati katta. Tabiiy gazning yirik konlari Dashava va Shebelinka konlaridir. Neft konlari mamlakat ehtiyojini qoplamaydi.
Ukraina sanoati xom-ashyosiga boy. Osh tuzi, kaliy tuzi (Karpat tog’ etaklarida), tabiiy oltingugurt (Rozdol, Lvov oblastida) ohaktosh, kaolin konlari bor. Suv resurslarining etishmasligi mamlakat iqtisodining rivojlanishiga katta qiyinchilik tug’diradi. Daryolari ko’p (Dnepr, Shimoliy Donets, Prut, Janubiy Bug, Dunay), lekin suvi kam, gidroenergiya resurslari kam. Ayniqsa janubi-sharqda suv juda kam. Mamlakatning g’arbiy qismida esa suv toshqinlari bo’lib turadi.
Aholisi 51,2 mln (1990), 50,5 mln (1998 y), 42 353 130 (2017y) kishi bo’lib, zichlik 77,3 kishiga to’g’ri keladi. Aholisining soni bo’yicha MDH da 2-o’rinda turadi. YaIM 87 mlrd dollar, jon boshiga 2052 dollarga to’g’ri keladi. Aholisining 64 %i shaharlarda yashaydi. Aholisining 77,8 %ini ukrainlar tashkil etadi, ruslar (17,3 %), shuningdek, moldavanlar, beloruslar, polyaklar tashkil etadi.
Ukraina industrial-agrar davlat hisoblanadi. 2011 yil ma’lumotiga ko’ra YaIM da sanoat 34,4 %, xizmat ko’rsatish-56,2 %, qishloq xo’jaligi-9,4 % ni tashkil qilgan. Ishsizlik 7 %, ishlayotganlarni 18,5 % sanoatda, 15,8 % qishloq xo’jaligida, 65,7 % xizmat ko’rsatishda band. Ukrainada qadimdan qand-shakar, ko’mir va metallurgiya sanoati rivojlangan. XGMTda Ukraina hududida 3 ta iqtisodiy rayon tarkib topgan:
1.Donetsk-Dnepr bo’yi-bu rayonda ko’mir, metallurgiya, ximiya va mashinasozlik eng ko’p rivojlangan. Bu rayon asosan Donbass hisobiga rivojlangan. Yirik metallurgiya markazlari: Makaevka, Donbass, Azov bo’yida joylashgan. Asosiy mahsulotlar: prokat, ekskavatorlar, ko’mir qaziydigan kombaynlar va shaxta uskunalari, teplovozlar, avtomobillar (Kremenchug-“Kraz”, Zaparoje “Zaparojes”), vagonlar, domna va po’lat eritadigan pechlar va uskunalar. Ximiya sanoatida-soda, o’g’it ishlab chiqariladi. Ayollar mehnatidan to’g’ri foydalanish maqsadida og’ir sanoat markazlarida to’qimachilik rivojlangan. Qishloq xo’jaligida don, kungaboqar, qand lavlagi va kanop etishtiriladi.
2.Janubi-G’arbiy rayon-agrar-industrial, mashinasozlik, tog’-kon, neft-ximiya va asosiy qishloq xo’jaligi rayonidadir. Bu rayon asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Asosiy ekinlar: qand-lavlagi, bahori bug’doy. Shakar-qand ishlab chiqarish MDH ahamiyatiga ega. Mashinasozlik sanoati asosan shakar-qand sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, Lvovda LAZ ishlab chiqariladi.
3.Janubiy rayonda mashinasozlik, agror-industrial va baliqni qayta ishlash sanoatlari, kemasozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va kurort xo’jaligi rivojlangan. Janubiy rayonda kinoapparaturalar (Xersones), traktor pluglari, o’zum etishtirish, konservalar ishlab chiqariladi. Iqlimiy sharoitlari bu rayonda ko’zgi bug’doy, arpa, kungaboqar, hatto sholi etishtirish imkonini beradi. Qoradengiz sohillarida turizm rivojlangan.
Ukrainada gidroenergiya resurslari faqat Dnepr daryosida mavjud, ya’ni GES lar asosan shu daryoda qurilgan. Elektr energiyasining asosiy qismini IES lar beradi. IES lar asosan ko’mirga, qisman torfga (shimolda) ishlaydi. Ukrainada 4 ta AES lar qurilgan (79 mlrd kVtG’s-2017y).
Tashqi savdo aylanmasi 2011 yil bo’yicha 140,3 mlrd dollar, shundan 77,0 mlrd dollari importga, 63,3 mlrd dollari eksportga to’g’ri keladi. Eksport mahsulotlari: elektrojihozlar, fanera, o’rmon mahsulotlari, to’qimachilik, import mahsulotlari:mashina va jihozlar, elektr o’tkazgichlar, ximiya mahsulotlari, neftqayta ishlash.
Transportning barcha turlari yaxshi rivojlangan. Ukraina yo’llarining jami uzunligi 164 732 km, 2009 yil ma’lumotiga ko’ra YaIM da transport va aloqaning hissasi 11,3 %, ishlovchilar soni 7 %. Temir yo’l uzunligi 22 300 km, 9752 km elektrlashtirilgan. Daryo suv yo’li 1672 km. Neft va gaz quvurlari uzunligi 20070 va 4540 km, jumladan 4170 km li quvur tozalangan mahsulotlar uchun mavjud. Kiev, Xarkov, Dnepr shaharlarida metropoliten faoliyat yuritmoqda.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling