Yonilg’i-energetika majmuasi. Energiya xo’jaligida etakchi rol neft va tabiiy gazga tegishli. Mamlakatda qazib olinayotgan neft va tabiiy gazning yarimidan ko’pini Texas shtati va unga tutash janubiy hududlar bermoqda. G’arbda Koliforniya va Alyaskada neft ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilayapti. Neft va tabiiy gaz qazib olinayotgan rayonlardan qayta ishlash markaziga keltiriladi, uning bir qismi Shimolda joylashgan. Ilmiy-texnik progress natijasida kommunal xo’jaligi, temir yo’llarda va flotda ko’mir iste’moli barham topdi. Endilikda undan asosan elektrostantsiyalarda foydalanayapti. Ko’mir 15 dan ziyod shtatalarda qazib olinmokda. Mamlakatning katta ko’mir konlari Kentukki, G’arbiy Virjiniya, Pensilvaniya kabi hududlarida mamlakatda eng yirik Appalachi ko’mir havzasi joylashgan konlardir. Keyingi paytlarda g’arbdagi Vayoming shtati ochiq holda ko’mir qazib olish va tarkibida oltingugurt kamligi bilan katta ahamiyat kasb etayapti.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish tez sur’atlar bilan o’sayapti. Hozirgi vaqtda AQSh bu sohada etakchi hisoblanadi. Asosiy elektro energiya ulushini yoqilg’i energetika stantsiya (TES)lar beradi. Ammo g’arbda quvvati 1-2 mln. kvt.ga ega bo’lgan GESlar iste’mol qilinayotgan energiyaning yarimidan ko’pini etkazib beradi. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda atom elektr stantsiya (AES)larning ahamiyati oshib borayapti.
Qora metallurgiya. Sanoatning bu tarmog‘ini «muammo» ga boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQSH da qora metall eritish qisqarmoqda (XX asming 90-yillari boshida, taxminan, 100 mln.t, hozirda 75-80 mln.t). Bu sohada ishlovchilar soni ham kamayib ketmoqda. Qora metallami eritish jarayonini mamlakatda bir necha yirik kompaniyalar nazorat qiladi. Shulaming eng mashhuri - «Yunayted Steyts Stil» korporatsiyasidir. Qora va rangli metallurgiya. Qora metallurgiya avvalgidek mamlakat shimolida Illinoys, Indiana, Ogayo, Pensilvaniya, Merilend shtatlarida kontsentrlashtirilgan. Yuqori ko’l yakinida joylashgan kon AQShda kazib olinayotgan temir rudasining salkam 4G’5 qismini berayapti. Yaqin-yaqingacha qora metallning 2G’3 qismini Pitessburg, Klivlend, Chikago va boshqa ko’l bo’yi rayonlari berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |