Jahon mamlakatlari iqtisodiy
AQSh davlatining iqtisodiy geografik tavsifi
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-расм. AQSHNING MA’MURIY-HUDUDIY BO‘LINISHI
- 1776 yil 4 iyul
AQSh davlatining iqtisodiy geografik tavsifi. AQSH yer maydoni (9 373 000 km.kv.) butun G‘arbiy Yevropa mamlakatlarinikidan katta bo‘lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan. Hozirgi kunda AQSH-Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari - Prezident. Qonun chiqaruvchi organ - Kongress.
Haqiqatdan ham, Amerika Ķo’shma Shtatlari territoriyasining kattaligi jihatidan (9,3 mln. km2) RF, Braziliya va Kanadadan keyin jahonda to’rtinchi o’rinda turadi. AQSh tarkibiga uch qism kiradi. Birinchisi – asosiy territoriya, unda 48 ta shtatlar joylashgan, butun mamlakatning 4G’5 qism maydonini egallaydi. U to’rtburchak massiv shakliga ega bo’lib, sharqdan g’arbga qarab salkam 4,7 va shimoldan janubga qarab 3 ming kilometrga cho’zilib ketgan. Qolganlari undan uzokda joylashgan Alyaska yarim oroli (Chor Rossiyasi tomonidan 1869 yilda sotib yuborilgan) va Tinch okeanidagi Gavay orollari shtatlaridir. Mamlakatning iqtisodiy-geografik joylashishi juda qulay. Bu ko’p jihatdan sharqqa Atlantika okeani, g’arbda Tinch okeani bilan tutashligiga bog’liq. Dengiz chegaralari 12 ming kilometrga cho’zilgan. Bu azaldan okean orti mamlakatlari bilan savdo aloqalarida engillik tug’dirib keladi va ayni paytda mamlakat xavfsizligini kafolatlaydi. 2-расм. AQSHNING MA’MURIY-HUDUDIY BO‘LINISHI
Vermont Nyu-Gempshir Massachusets Rod-Aylend KonneKtiKut Nyu-Jersi Delaver (D Dover) Pensilvaniya Merilend (A Annapolis) К Kolumbiya federal okrugi Iqtisodiyoti kamroq rivojlangan mamlakatlar Kanada va Meksika bilan qo’shniligi ham AQSh iqtisodiy geografik joylashishida qo’lay imkoniyat yaratadi. Buning evaziga AQSh ularning tabiiy resurslari va ishchi kuchlaridan foydalanib katta daromad oladi. Lotin Amerikasi boshqa mamlakatlarining ham AQShga yakin joylashgani mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga imkon beradi. AQSh davlat tuzumiga ko’ra-Federativ respublika bo’lib, 50 ta shtatlardan iborat. Amerikaliklar o’z davlati tarixini 1776 yil 4 iyul – shimoliy Amerikaning 13 shtati Buyuk Britaniyadan mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilgan kundan boshlab hisoblashadi. 1787 yilda Filadelfiyada chaqirilgan Konvent tomonidan qabul qilingan Konstituttsiyada AQSh federativ davlat sifatida qonuniy mustahkamlab qo’yilgan. AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington bo’lgan. 1803 yilda AQSh Frantsiyadan Luizianani sotib oldi, 1819 yilda Ispaniyani Floridadan voz kechishga majbur qildi. 1840-1850 yillarda Meksikadan bir qism terretoriyani ajratib oldi. 1950 yildan AQSh tarkibiga 49-shtat sifatida Alyaska, 50-sifatida Gavay orollari kirdi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling