Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Aholisi. AQSh aholisi 316 mln. kishidan ziyod bo’lib, er yuzi aholisining 1,7 % ni tashkil etadi. Aholining 86 % ni oklar, 11 % - qora tanlilar, 0,6 % hindilar, eskimoslar va aleutlar, 2,4 % ni boshqa etnik guruhlar tashkil qiladi. Rasmiy til-ingliz tili, uni 80 % dan ziyod amerikaliklar ona tili deb bilishadi. Diniy e’tiqodi bo’yicha ko’pchilik AQSh aholisini protestantlar (57 % ga yaqin) va katoliklar (28 % ga yakin) tashkil etadi. AQSh da xotin-qizlar 51,4 %ni, erkaklar esa 48,6%ni tashkil qiladi.
Aholining sinfiy tarkibi taraqqiy etgan mamlakatlar uchun xos. Uncha katta bo’lmagan burjuaziya (taxminan 250 milliarderlar va millionerlar oilasi, bir qancha yirik va o’rta burjuaziya qatlamlari) millionlab ishchilar, xizmatchilar va mayda fermerlar mehnatidan foydalanadilar. Amerikaliklarning o’ndan to’qqiz (9G’10) qismi yollanib ishlaydi, ularning 1G’3 qismi ishchilar. Qishlok xo’jaligida band kishilar soni sanoatdagilarga qaraganda 7 marta kam. Aholi soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so‘ng 3-o‘rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o‘ynagan. AQSH aholisining soni 2013-yilning iyul oyiga nisbatan olingan ma’lumotga ko‘ra 314,7 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 0,9% ga teng bo‘lmoqda. Aholi soni tabiiy ko‘payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o‘smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug‘ilmoqda, 9 kishi o‘lmoqda. Tabiiy ko‘payish koeffitsiyenti 7 promillega teng. 0‘rtacha umr davri erkaklar uchun 78 yoshni, ayollarda 83 yoshni tashkil etadi. AQSH aholisining o‘rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o‘rtacha 1 km2 may donga 33 kishi). Aholi notekis taqsimlangan. Aholisining soniga ko‘ra yirik shtatlar quyidagilar: Kalifomiya (36 mln. kishi), Nyu-York (22 mln. kishi), Texas (20 mln. kishi), Florida (16 mln. kishi). Umuman, mamlakatning iqtisodiy rivojlangan, yuqori darajada sanoatlashgan hududlarida aholining deyarli 2G’3 qismi istiqomat qiladi (Bosvash, Chpits, Sansan). AQSH jahonning yirik urbanizatsiyalashgan hududlaridan biridir (shaharlarda yashovchilar ulushi 82,6%). Millioner shaharlar qatoriga Nyu-York, Chikago, Los-Anjeles, Xyuston, Filadelfiya, Dctroyt, Dallas, Sietl, Boston, San-Fransisko va boshqalar kiradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling