Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet48/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Aholisining qariyb 40% i kanadalik inglizlar, 30% i kanadalik fransuzlardan iborat. Qolgan qismi nemislar, italyanlar, ukrainlar, gollandlar, ruslar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Mamlakat shimolida hamda ovchilik va baliqchilik rivojlangan markaziy va g‘arbiy hududlarida mahalliy hindular, eskimoslar, atapaskalar va boshqalar tarqoq holda yashaydi.
Aholi soni tabiiy o‘sish va migratsiya saldosi hisobiga ko‘paymoqda. 0‘rtacha yillik o‘sish sur’ati keyingi o‘n yilliklarda 1 % dan oshmayapti. Shaharlarda jami aholining 80,7% i istiqomat qiladi. Yirik shaharlari qatoriga Monreal, Toronto, Vankuver, Kvebek va boshqalar kiradi.
Mamlakat aholisi 38,5 mln. kishiga yaqinni tashkil etadi. Immigratsiya-Kanada aholisining asosiy geografik qiyofasini belgilovchi bosh omildir. Mamlakat aholisi ko’p millatli. Hozirgi zamon emigrantlarining 19 % evropaliklarga to’g’ri keladi (shundan 2,4 %-Buyuk Britaniyadan), lotin amerikaliklar, 7 % ni afrikaliklar tashkil qiladi. Kanadada ayni paytda ikki millat va 80 dan ziyod elatlar yashayapti.
Kanada–yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakat, 78 % aholi shaharlarda yashaydi. Kanada rivojlangan mamlakatlar orasida ishsizlikning yuqori darajadaligi bilan ajralib turadi (8-10 % iqtisodiy faol aholi). Turmush darajasi bo’yicha Kanada aholisi jahonda uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatda kompyuterlash keng tarqalgan.
Kanada iqtisodiyoti yuksak taraqqiy etgan mamlakatdir. Kanada dunyo mamlakatlari ichida nikel, rux, kumush rudalari, kaliy tuzlari, asbest qazib olish hamda qog‘oz ishlab chiqarishda birinchi; oltin, platina, molibden rudasi, oltingugurt, uran qazib olish va selluloza ishlab chiqarishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlami egallaydi.
Kanada boshqalar singari bozor iqtisodiyoti yuksak rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Endilikda industrial taraqqiyoti bosqichi sari qadam tashlamoqda. Ichki milliy mahsulot hajmi bo’yicha jahondagi birinchi o’nlik davlatlar qatoriga kiradi (836 mlrd. dollar). Sanoat mahsulotlari qiymati va tashqi savdo oboroti bo’yicha bu yuqori ko’rsatkichdir. Ammo Kanada aholi jon boshiga IMM hajmi bo’yicha AQShdan ancha orqada (34 ming dollarga qarshi 27 ming dollar). Bu mamlakat qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari bo’yicha bir qator bosh ishlab chiqaruvchi mamlakatlar guruhida mustahkam o’rinni egallaydi. Uning uchun ishlab chiqarishning yuqori markazlashtirilgani, mehnatni geografik taqsimlash taraqqiy etgani, yuqori energetika ta’minlangani xarakterlidir. Kanadaning an’anaviy xususiyati-ko’proq xom ashyoga rol berilganidir. Bunda tog’-kon sanoati, energetika va qishloq xo’jaligi, o’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoati jahon bozoriga tovar etkazib beruvchilar sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarishda qayta ishlash, sanoati ulushi (1/5) boshqa rivojlangan davlatlardagidan past. Tashqi savdo AQSh ga nisbatan iqtisodiyotda katta rol uynaydi. Kanadaning jahon bozorida mustaqilligi ortib borayapti: xom ashyo sohasi mahsulotni 1/4 dan 2/3 qismgacha eksport qilayapti.
Xorijiy kapital qo’yilmalarining yarimi AQSh ga qolganlari Osiyo va Lotin Amerikasi, Evropa ittifoqiga chiqarilayapti.
Sanoati. Kanada iqtisodiyotining bu sohasi yuqori texnik darajasi va murakkab tarkibi bilan ajralib turadi. Mamlakatda energetika va tog’-kon sanoati, rangli metallurgiya, bir qator energiya talab sohalar, eksportida xom ashyoni qayta ishlash sanoati sohalari orasida, mashinasozlikdan tashqari, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz, shuningdek oziq-ovqat sanoati roli ayniqsa katta. Keyingi yillarda fantalab sohalar (elektronika va elektro-texnika, farmatsevtika va boshqalar) ahamiyati oshdi.
Kanada elektr energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha (567 mlrd. kvt.s.) jahonda oltinchi o’rinda turadi. Energiyaning deyarli 3G’5 qismini GES lar ishlab chiqaradi. Yoqilg’i-energetika balansida 3G’4 qism suyuq va gazsimon yoqilg’iga to’g’ri keladi.
Tog’-kon sanoati-mamlakat iqtisodiyotining bazaviy sohalaridan biri bo’lib eksportda muhim (20% qiymatgacha) rol o’ynaydi. Tog’-kon mahsulotlari etakchi turlari qiymati bo’yicha: neft, tabiiy gaz, oltin, ko’mir, mis, rux, nikel, temir rudasi, uran, kaliy tuzi muhim o’rin tutadi. Ikkinchi o’rinda kaliy tuzi va nikeli ruda, uchinchi gaz qazib olish, mis rudasi va platina turadi. Kanada oltin, kumush, mis, ko’rg’oshin, rux, molibden, kobalt va temir rudasi bo’yicha bosh ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiradi. Kanada neft qazib olish hajmi bo’yicha dunyodagi birinchi o’nlik mamlakatlar safida turibdi.
Qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish va kapitalni yuqori kontsentratsiyalangani bilan ajralib turadi. Qayta ishlash sanoati strukturasida mashinasozlik sohasi (transport mashinasozliligi, o’rmon va tog’-kon sanoati uchun elektr kuchlanish uskunalari) bosh rol o’ynaydi. Qayta ishlash sanoatida band kishilar soni va mahsulotning 1G’3 mashinasozlikka to’g’ri keladi.
O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoati boy o’rmon resurslaridan foydalaniladi. Kanada jahonda yog’och chiqarish bo’yicha to’rtinchi, taxta ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi va qog’oz ishlab chiqarish bo’yicha to’rtinchi o’rinda turadi.
Kanada sanoatida tog‘-kon tarmog‘i bilan bir qatorda elektroenergetika, o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va selluloza-qog‘oz, transport va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, rangli va qora metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat (un tortish, go‘sht, baliq-konserva va b.) va yengil (to‘qimachilik, teri-poyabzal va tikuvchilik) sanoat tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. Mamlakatda qudratli agrosanoat kompleksi shakllangan, oziq-ovqat sanoati unda bosh rol o’ynaydi. Mamlakat sanoati qayta ishlaydigan jami mahsulotning 13 % uning ulushiga to’g’ri keladi. Kanada qishloq xo’jaligi yuksak darajada mexanizatsiyalashgan, ixtisoslashgan, yuqori mehnat unumdorligi, ishlab chiqarishni bir maqsadga qaratilgani bilan xarakterlanadi. Bu asosiy tur oziq-ovqat bilan ichki talabni to’liq ta’minlaydi va mahsulotning deyarli yarimi jahon bozoriga olib chiqiladi.
Keyingi yillarda mamlakatda fermer xo’jaliklari soni qisqarishi ro’y berayapti. 30% xo’jaliklar yiriklarga (tovar mahsulotlari kattaligi bo’yicha), 15 %-o’rtacha, 55 % mayda xo’jaliklarga taaluqli. Fermerlarning katta qismi-chorvachiliklar (go’sht, sut beradigan yirik shoxli mollar), g’allachilikka ixtisoslashgan korxonalaridir.
Mamlakatda qishloq xo’jaligi ekinlari maydoni 73 mln. gektarni tashkil etadi. Aholi jon boshiga ekin maydoni bo’yicha Kanada Avstraliyagagina bo’sh keladi, Rossiya va AQShda esa yarimiga ustun turadi. Ekin maydonining asosiy qismi (3/5)ni haydaladigan erlar tashkil etadi.
Kanadada g’allachilik xo’jaligi (javdar, makkajo’xori va soya) taraqqiy etgan. G’alla etishtirish bo’yicha Kanada (yiliga 50-55 mln. tonna) jahonda ettinchi o’rinni egallaydi. U g’alla etishtiruvchi etakchi guruhlarga kiradi. Eksport bo’yicha uchinchi o’rinda turadi. Kanada fermalarida dunyodagi moyli zig’irning 1G’3 va rapsning 1G’5 etishtiriladi. Umuman mamlakat qishloq xo’jaligi yuksak eksportligi bilan ajralib turadi. Bu ayniqsa eng avvalo dehqonchilikka (g’alla va moyli ekinlar) tegishli. Mamlakat qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish kiyinchiligi-qayta ishlashdagi surunkali krizis-agrar sohada davlatni tartibga solish roli juda muhim ekanligini ko’rsatdi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling