Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet45/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Oziq-ovqat sanoati asosan qishloq xo’jaligi rayonlari va yirik shaharlarda (ayniqsa Shimol va G’arbda) joylashgan bo’lib, qudratli kombinatsiyani hosil qiladi.
Agrosanoat kompleksi. Mamlakat katta er resurslari va er, yaylov va dalalar AQSh asosiy territoriyasining salkam 1/2 qismini tashkil etadi. Agrosanoat kompleksi AQSh iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi. AQSh da o’simlikchilik turlaridan birinchi navbatda g’alla ekinlari hisoblanadi, bu barcha maydonlarning 2G’3 qismini egallaydi. Asosiy oziq-ovqat ekini-bug’doy, ozuqa ekinlari (makkajo’xori) ko’proq etishtiriladi. Moyli ekinlar orasida soya muhim o’rin egallaydi. Keyingi yillarda bu ekin hosildorligi keskin oshdi. U ovqatga (soya moyi sifatida) ishlatiladi. Mollar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. Tolali ekinlar orasida paxta etakchi o’rinda turadi, XXI asrda u bosh eksport mahsulotiga aylanadi. Shakarli ekinlar orasida qand lavlagi va shakar qamish deyarli birining o’rinni egallaydi. Meva va sabzovatning roli juda ulkan.
Chorvachilik. AQShda chorvachilik ham sut, ham go’sht yo’nalishida rivojlanmoqda. Shuningdek cho’chqachilik va parrandachilik sanoat asosida taraqqiy etmoqda. Jo’ja go’shti (broylerlar) ishlab chiqarish AQSh qishloq xo’jaligining industrlashtirilgan sohalaridan hisoblanadi va qishloq joylarida joylashtirilgan. Har yili 4 mlrd. dona gacha broyler ishlab chiqariladi. AQSh agrsanoat kompleksi aholini to’liq oziq-ovqat bilan ta’minlash imkoniga ega. Biroq monopoliya egalik qiladigan fermerlik mahsulotlari narxi balanadligi uchun amerikaliklarning ko’pchilik qismini xarid quvvati o’tmaydi.
AQSh xalqaro turizm taraqqiyoti bo’yicha Evropadan ancha orqada. Lekin shunga qaramay, mamlakatga har yili 30-40 mln. sayyoh kelib ketadi. Ichki turizm juda yaxshi rivojlangan, o’z ichiga avtoservisni qamrab olgan «mehmondorchilik industriya»si kuchli rivojlangan. Florida, Kaliforniya, Gavayi, G’arb shtatlari, ayniqsa qoyali tog’lar atrofi qirg’oq bo’yi turizmining bosh rayonlari hisoblanadi.
Transport kompleksi. AQSh jahonda keng rivojlangan transport tarmoqlariga ega. Bu mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynaydi.
AQSh transport majmuasiga umumiy foydalaniladigan trasport-temiryo’l, avtomobil, dengiz, ichki suv, havo va boshqa vositalar kiradi. Yuk va yo’lovchi tashish ishlarini shaxsiy, maxsus umumiy foydalaniladigan sanoat avtomobillar, personal samolyotlar va boshqalar bajaradi.
AQSh ichki yuk tashish 1G’3 qismi temiryo’llar ulushiga to’g’ri keladi. Qisqa masofalarga qishloq xo’jaligi, sanoat yuklarini shuningdek yo’lovchilarni tashishda avtomobillardan ko’proq foydalaniladi. Engil avtomobillarning asosiy qismi shaxsiy foydalaniladigan avtomobillardir. Ayrim avtomobil yo’llari xususiy mulk, unda yurish uchun pul tulanadi.
Ķuvurlar transporti yaxshi rivojlangan. Neft-gaz mahsulotlari o’tkaziladigan quvurlarning umumiy uzunligi 600 ming kilometrni tashkil etadi
Daryo transporti asosan Missisipi daryosida saqlanib qolgan. Daryo flotining 1G’3 qismiga yaqinini tankerlar va quyiladigan birjalar tashkil etadi. AQSh transport okean savdosi ko’payishi bilan eski dengiz transporti ahamiyati ham oshib borayapti. Qo’shma Shtatlar xo’jaligining muhim an’anaviy bo’g’ini – ichki savdodir. Uning ichki milliy mahsulotdagi ulushi kattaligi mamlakat iqtisodiyotida etakchi o’ringa chiqaradi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling