Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Sanoati. Energetika sanoati-


Download 1.43 Mb.
bet53/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Sanoati. Energetika sanoati-asosini neft va tabiiy gaz tashkil etadi. Meksika neft zaxiralari bo’yicha Lotin Amerikasida birinchi va dunyoda oltinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatdagi qazib chiqarilayotgan neftning yarmidan ortig’i Kampeche qo’ltig’i shelfidan qazib olinmoqda. Neft sanoatini to’la chet el sarmoyasi asosida hususiy sektor nazorat qiladi. Neft Meksika eksportining 1G’3 qismini tashkil etadi. Qazib chiqarilayotgan neftning asosiy qismi AQShga eksport qilinadi.
Mamlakatning Meksika qo’ltig’i qirg’oqbo’yidagi neft konlari yaqinida va bir qancha shaharlarda (Minatitlan, Salamanka, Tula, Askapolsako, Solina-Krus, Reynosa, Posa-Rika, Syudad-Madero, Kadereyta) neftni qayta ishlash sanoati rivojlanmoqda.
Mamlakatda neft bilan birgalikda tabiiy gaz ham qazib olinadi. Meksika gaz qazib chiqarish bo’yicha Lotin Amerikasi regionida faqat Argentinadan keyinda, suyiltirilgan gaz ishlab chiqarish va uni eksport qilishda birinchi o’rinda turadi.
Meksikada ko’mir Koauila shtatidan qazib olinadi, biroq ko’mirning sifati yuqori emas, shuning uchun mamlakat qora metallurgiya sanoati uchun chetdan import qiladi.
Mamlakatda elektro-energiyaning katta qismi Issiqlik elektr stansiyalarda ishlab chiqariladi. Gidroelektr stansiyalarda (GES) jami elektr energiyasining 20 foizi ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatning mahalliy uran rudasi bazasida Verakrus shahrida AES ishlab turibdi.
Qora va rangli metallurgiya sanoati- xilma-xil xom ashyo bazasiga ega. Mamlakat po’lat qo’yish bo’yicha (9 mln tonnadan ortiq) rivojlanayotgan mamlakatlar orasida Braziliya va Hindistondan keyin 3-chi o’rinni egallaydi. Yirik metallurgik majmualar Monklavada (Koauila shtatida) Losaro-Kardenas, Las-Truchas (Michoakan shtatida) ishlab turibdi.
Mamlakatning Chiuaua, Santa-Barbara, Idalgo-del-Parral shaharlarida rangli metallurgiyaning qo’rg’oshin va rux ishlab chiqarish, Kananea, San-Luis-Patosi, Buaymas shaharlarida mis ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi.
Mashinasozlik sanoati- asosan neft sanoati uchun asbob uskunalar, temir yo’l vagonlari, avtomobillar va elektrodvigatellar, stanoklar ishlab chiqaradi.
Mamlakatda «Jeneral motors de Mexiko» kompaniyasi Mexiko, Toluke va Santilo shaharlarida avtomobillarni yig’ish, dvigatellar ishlab chiqarish, Syudad Xuarese shahrida ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar joylashgan «Krayler de Mexiko» kompaniyasining federal okrugidagi yuk avtomobillarni yig’ish, Santilo va Monterreyedagi dvigatellar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishlab turibdi.
«Ford motor» kompaniyasiga qarashli korxonalar federal okrugda va Kuatitlan va Tlalnepantle shaharlarida joylashgan. «Folksvagen de Mexiko» kompaniyasiga qarashli avtomobillarni yig’ish korxonasi Puebleda, «Nissan» kompaniyasiga qarashli korxonalar Kuernavaks shahrida joylashgan.
Meksika avtomobil sanoati muhim zvenosi eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKning yirik avtomobil filiallariga qarashli «Makiladoras» korxonalari hisoblanadi. Makiladoras korxonalari asosan «Ford» va «Jeneral motors» korxonalari bilan mustahkam iqtisodiy aloqalar o’rnatgan.
Mamlakatda mahalliy xom ashyo bazasida (neft, gaz, oltingugurt, qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ximiya, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling