Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Hududi, chegaralari, geografik o‘rni


Download 1.43 Mb.
bet50/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Janubiy Amerikaning hududi shimol- da Panama davlat chegaralaridan boshlanib, janubdan to Olovli Yer orollarigacha cho‘zilgan. Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining geografik o‘mi xususiyatlarini, asosan, ulaming Atlantika va Tinch okeanlari bilan o‘rab turilishi belgilaydi. Boliviya va Paragvaydan boshqa barcha mintaqa davlatlarining ana shu okean havzalariga tutashligi ulaming jahon bozorlari bilan bog‘lanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 1914-yilda qurilgan Panama kanali Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari IGO‘ (iqtisodiy-geografik o‘mi) ni keskin yaxshiladi.
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari ancha boy va xilma-xildir. Tabiiy sharoitlarining xususiyatlarini Janubiy Amerika va Karib havzasi hududlarining nam tropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari bo‘ylab joylashganligi hamda okean va dengizlar bilan o‘ralgan keng tog‘lik va pasttekisliklaming mavjudligi belgilaydi. Unumdor tuproqlarga ega bo‘lgan keng tekisliklar va qulay tog‘ oralig‘i vodiylari Janubiy Amerikaning deyarli barcha hududlarida xilma-xil xo‘jalik tarmoqlarini keng rivojlantirishga imkon beradi. Tabiiy nam- lik ko‘rsatkichlarining, asosan, yuqori va mo‘tadillik darajasi uning bir tomon- dan o‘simlik qoplamiga boy eng yashil, asosan, qurg‘oq cho‘l-sahrolardan deyarli xoli (agar tor va kichik maydondagi Atakama cho‘lini hisobga olmasak) mintaqasi bo‘lishiga sababchidir.
Aholisi. Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlari aholisining son jihatdan tez ko‘payish davri o‘tgan asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi. Aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari hozir bu mintaqada 13 (jahon bo‘yicha o‘rtacha 12) promillega tengdir.
Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi aholisining etnik tarkibi, asosan, uch irq xalqlariga borib taqaladi. Ular: mongoloid (tub xalqlar - mahalliy hindular), yevropeoid va negroid irqiga mansub xalqlardir. Urbanizatsiya darajasi Trinidad va Tobago mamlakatida 14,2% dan Yenesuelada 93,6% gacha yetadi. Mintaqaning eng yirik davlati bo‘lgan Braziliyada 86,9% ga boradi.
Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining xo‘jaligi o‘rtacha rivojlanish darajasiga ko‘ra Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan sezilarli ustunlikka egadir. Ammo sanoat Lotin Amerikasida bir tekis rivojlanmagan. Hozirgi paytda sanoat Argentina, Braziliya, Urugvay, Yamayka, Kuba, Puerto-Riko, Trinidad, Tobago va Chilida mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan yuqori darajada rivojlangan. Sanoatning barcha tarmoqlari mavjud. Tog‘-kon sanoati Yenesuela (neft), Chili (mis, fosforitlar), Braziliya (temir rudasi, olmos, oltin), Boliviya (tabiiy gaz), Surinam, Yamayka (boksitlar) va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Qayta ishlovchi sanoatdan qora metallurgiya (Braziliya), rangli metallurgiya Braziliya, Chili, Yamayka va Surinam davlatlarida rivojlangan. Elektroenergetika Braziliya, Argentina, Chili, Yenesuela, Surinam va boshqa qator mamlakatlarda mavjud. Mashinasozlik korxonalari barcha mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Avtomobilsozlik Yenesuela, Braziliya va Argentinada yuqori darajada taraqqiy etgan.
Kimyo va neft-kimyo sanoati Braziliya va Yenesuelada, yog‘ochni qayta ishlash Braziliyada tovar ahamiyatiga ega. Mintaqadagi barcha mamlakatlarda yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoq- larining korxonalari faoliyat yuritadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling