Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Birinchi-tirikchilikning asosiy manbayi hisoblanadigan yer resurslari


Download 1.43 Mb.
bet58/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Birinchi-tirikchilikning asosiy manbayi hisoblanadigan yer resurslari (avvalo, ekin ekiladigan maydonlar) yetishmaydi. Asosiy maydonlari katta-katta tog‘ massivlari, qurg‘oqchil cho‘llar, cheksiz qumli va toshli hududlardan iborat bo‘lganligi uchun ishlov beriladigan maydonlar ancha cheklangan. Bu muammo Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlaridagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ikkinchi-bir-biriga teskari xususiyatli agroiqlim imkoniyatlari. Osiyo hududining katta qismida quyosh tafti, uning issiqlik imkoniyatlari o‘simliklaming vegetatsiya mavsumining davomli, hatto, yil bo‘yi davom etishiga imkon be­radi. Ammo tabiiy namlik unda nihoyatda notekis taqsimlangan. Shu sababli ko‘pchilik qishloq xo‘jalik mintaqalarida dehqonchilik, asosan, sug‘orish asosida (musson iqlimli rayonlarda qishda, boshqa qurg‘oqchil rayonlarda yozda) olib boriladi. Osiyoda dehqonchilik ishlari, asosan, sug‘orish asosida olib boriladi. Yer yuzasidagi barcha sug‘oriladigan yerlaming 3G’4 qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlaming kattaligiga ko‘ra jahonda Xitoy birinchi, Hindiston esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Osiyo mamlakatlari aholisi. Mintaqada jahon aholisining 60% dan ortiq qismi yashaydi. Osiyo aholisi ancha tez o‘smoqda. Ammo aholisining ko‘payish sur’ati davlatlar o‘rtasida turlicha. Yaponiya, Gruziya, Isroil, Kipr, Xitoy kabi ayrim mamlakatlami hisobga olmaganda, aksariyat davlatlarda tug‘ilish va tabiiy o‘sish ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Har 1000 kishi hisobiga Afg‘oniston, Yaman, Kambodja davlatlarida yiliga o‘rtacha 50 tagacha tug‘ilish to‘g‘ri keladi. U dunyo davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Urbanizatsiya darajasiga ko‘ra Osiyo alohida xususiyatga ega. Bu jihatdan uni yaqin-yaqingacha «dunyo qishlog‘i» deyishardi. Hozir shahar aholisining soni salkam 1,9 trln. kishi, salmog‘i (46,2%) ancha pastdir. Osiyoning urbanizatsiya jarayoniga xos yana bir xususiyati: unda yirik shaharlar, ayniqsa, «millioner» shaharlar soni ancha tez o‘smoqda. Bu jarayon, ayniqsa, aholisi zich rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchayib bormoqda.
Ammo Osiyo ko‘hna shaharlar o‘lkasi hamdir. Unda qadimiy shaharlar bundan 3-4 ming yillar oldin pay do bo‘lgan. Qadimiy shaharlar orasida eng dastlab Yavilon (Bobil) miloddan awalgi VII asrdayoq «millioner» bo‘lgan. Hozirgi paytda Qadimgi Troya (Turkiya), Palmira (Suriya), Baalbek (Livan), Maxenjo-Daro (Pokiston), Varaxsha (0‘zbekiston) kabi mashhur shaharlardan vayronalar ayrim qoldiq tarixiy yodgorliklar sifatidagina saqlanib qolgan. Bu «o‘Ik» shaharlar hozirgi kunda «tirik», ayni chog‘da juda ko‘hna hisoblanadigan Pekin, Dehli, Istanbul, Iyemsalim (Quddus), Bag‘dod kabi shaharlar bilan birgalikda, Osiyoning turistlami ko‘plab o‘ziga jalb qiluvchi asosiy ziyoratgohlari hisoblanadi.
Aholi zich yashaydigan hududlarda qishloqlar ham deyarli bir-birlariga tutash, zich joylashgan. Ammo aholisi siyrak o‘lkalar (Mongoliya, Afg‘oniston, ko‘pchilik arab mamlakatlarining qurg‘oqchil hududlari)da hamon ko‘chmanchi hayot tarzi saqlanib qolgan. Bunday o‘lkalarda aholi, asosan, yig‘ma o‘tov uylarda yashaydilar. Muqim joylashgan qishloqlami ham uchratish qiyin.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling