Jahon mamlakatlari iqtisodiy


-MAVZU: OSIYO QIT’ASI SUBREGIONLARI


Download 1.43 Mb.
bet56/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

9-MAVZU: OSIYO QIT’ASI SUBREGIONLARI
Reja:
Osiyo qit’asi subregionlarga ajratish. Yangi sanoatlashgan davlatlar, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Osiyoning yangi sanoatlashgan davlatlari siyosiy xaritasi, iqtisodiy geografik o’rni. Tabiiy resurslarining xilma – xilligi. Aholisi va uning joylashish xususiyatlari, urbanizatsiya darajasi. Iqtisodiyotining o’ziga xosligi, sanoati va qishloq xo’jaligi. Transporti.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Osiyo, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo, Qadimgi Troya, Palmira, Baalbek, Maxenjo-Daro, Varaxsha, Osiyoning yangi industrial davlatlari, Osiyo yo’lbarslari, Osiyo ajdarholari, Fors qo’ltig’i davlatlari, sanoati bir tomonlama rivojlangan davlatlar, iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlar, .


Osiyo qit’asi subregionlari: Markaziy Osiyo, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo. Jahonning eng yirik qit’asining Osiyo deb atalishi uning joylashgan geografik o‘mi bilan bog‘langan. Qadimiy assuriyaliklar (Mesopotamiya pasttekisligining shimoliy qismi) tilida u «sharq» ma’nosini beradi. Tabiiyki, bu qadimiy davlatdan sharqda joylashgan keng hududlar «Osiyo» deb nom olgan.
Osiyoning umumiy maydoni 44 mln. km2 (Rossiyaning Osiyo qismidagi hu- dudini hisoblamaganda 31 mln. km2)ni tashkil qiladi, aholisi esa 4,175 mlrd. kishi. Hozirgi vaqtda uning siyosiy xaritasida 49 ta mustaqil mamlakatlar bor. Ulaming ko‘pchiligi jahonning eng ko‘hna va eng yirik davlatlari hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida Osiyoning o‘mi beqiyosdir. Uning cheksiz kengliklarida bir qator qadimiy yuksak moddiy va ma’naviy sivilizatsiya o‘choqlari yuzaga kelgan. Birgina Yer yuzining 4 ta buyuk «daryo bo‘yi» madaniyatlaridan uchtasining (Xitoy, Hindiston va Iroqdagi daryo vodiylari) joylashganligi uning ulug‘vorligini tasdiqlaydi.
Osiyo jahonning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muhim o‘rin tutadi. Garchi unda, asosan, rivojlanayotgan davlatlar ko‘pchilikni tashkil qilsa-da, yaqin kelgusida ulaming jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘mining kuchayishi kutiladi. Osiyoda 5 ta subregion yaqqol ajralib turadi. Bular: Markaziy Osiyo, Janubi-g‘arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyodir.
Iqtisodiy-geografik o‘mining ikki muhim tomoni yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling