Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Elektrotexnika va elektronika sanoatida


Download 1.43 Mb.
bet44/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Elektrotexnika va elektronika sanoatida maishiy texnika ishlab chiqariladi. EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSH va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari - Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pitsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort-Uert.
Kimyo sanoati. AQSH dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon de Nemur», «Dou ke- mikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o‘rinlarda turadi. Tarmoq po- limerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineral o‘g‘itlar, bo‘yoqlar, maishiy-kimyoviy bo‘yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi. Ximiya sanoati o’nlab markazlarda ishlab turibdi. Lekin ularning alohida uzoq rayonlarda to’plangani ham xarakterli. AQSh ning neft va gaz-ximiya sanoati bosh rayonlari Meksika ko’rfazidagi havzasi hududida joylashgan. Bu erda 200 dan ortiq korxona faoliyat ko’rsatayapti va AQShning «neft ximiya poytaxti» Xyustonda joylashgan.
Engil sanoat korxonalari orasida to’qimachilik va charm ko’n-poyafzal sanoati ko’proq rivojlangan. To’qimachilik sanoati ikki asr davomida shimoliy Atlantika shtatlarida-Yangi Angliya deb ataladigan, Markaziy Boston bo’lgan joyda jamlangan. Ammo keyingi yillarda bu sohaning janubiy Atlantika shtatlariga migratsiyasi ro’y berdi. Bu erda arzon ishchi kuchiga ega rayonlar ya’ni, paxta etishtiruvchi rayonlar va sintetik tola ishlab chiqaruvchi korxonalar, mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun bozorlar mavjud.
Oziq-ovqat sanoati AQSH da boshqa yirik tarmoqlar bilan bir qatorda turadi. Bu tarmoq mamlakat qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga tayanadi. Oziq- ovqat sanoati mahsulotining katta qismi shimoliy shtatlarga to‘g‘ri keladi. g‘arbiy shtatlardagi shahar va shaharchalarda yirik go‘sht-konserva zavodlari ishlaydi. Dunyoda «Koka-Kola», «Pepsi-Kola» firmalarining mahsulotlari keng tarqalgan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling