Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2012-yilda tashqi savdo aylanmasi 650 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Temiryo‘l transporti - Rossiyadagi asosiy transport turi. Temiryo‘llaming uzunligi bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH dan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Temiryo‘llaming umumiy uzunligi taxminan 90 ming km, ulaming 1/3 qismi elektrlashtirilgan.
Dengiz transportining Rossiya uchun ahamiyati uning uch okean: Atlantika, Shimoliy Muz va Tinch okeanlari akvatoriyasining dengizlari qirg‘oqlarida joylashgani bilan belgilanadi. Rossiyaning dengiz orqali o‘tgan chegaralari uzunligi taxminan 40 ming km. Quvur transporti mamlakatning yagona transport tizimida muhim o‘rin tutadi. 2012-yilda tashqi savdo aylanmasi 650 mlrd. dollarni tashkil etdi. Jahon tovar aylanmasida Rossiyaning hissasi 2,2 % ni tashkil qiladi. Sanoati rivojlangan G‘arb davlatlarining Rossiya bilan bo‘lgan savdo aloqalari kengaymoqda (50 - 60% gacha). Rossiyaning savdodagi yetakchi hamkorlari Germaniya, Xitoy, Niderlandiya, Italiya, AQSH, Turkiya, Ukrainadir. Rossiya tashqi savdo aylanmasining deyarli yarmi mana shu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tashqi savdoning tovar tarkibi ham birmuncha o‘zgardi. Rossiya eksportida mineral mahsulotlar (neft, gaz, ko‘mir va h.k.) yetakchi o‘rinni egallaydi. 2012 yilda Rossiya tashqi bozorga 150 mln. t neft, 300 mlrd. m3 tabiiy gaz, 30 mln.t ko‘mir, 20 mln. t temir rudasi va boshqalami yetkazib berdi. Mashina va jihozlaming eksportdagi hissasi 2,9% gacha qisqardi, mineral xomashyoning ulushi 70% ni tashkil qildi. Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Polsha, Yengriya, Chexiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa Yevropa davlatlari Rossiya nefti va tabiiy gazining asosiy iste’molchilaridir. Umumiy holda, Rossiya iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalari muhim rol o’ynaydi. Mamlakat YaIMida eksport masshtabi 38 % ni, import esa 16 % ni tashkil etadi. Eksport qilinadigan mahsulotlar ichida mineral o’g’itlar etakchi sanaladi, ya’ni 75 %, qazib olingan neftning esa yarmi, neft mahsulotlari, gaz, sanoatbop yog’ochlar va tsellyuloza eksporti esa 30 % ni tashkil etadi. Import ulushida esa go’shtga bo’lgan talab 20 % ga oshgan bo’lsa, o’simlik yog’i, sut mahsulotlari, shakar va sabzavotlarga talab 10% ga ko’paygan. Tashqi savdo vositalaridan keladigan tushum (tariflar, NDS, aktsiz) taxminan 30% atrofida. Tovar ayirboshlash borasida Rossiya dunyoda jiddiy o’rinni egallaydi. Bu jihatdan AQShga dunyo tovarlari eksporti hajmi 12,2 % ga, Germaniyaga-9,7, Yaponiyaga-7,3, Frantsiyaga -5,5, Buyuk Britaniyaga -4,8% ga va Rossiyaga esa atigi 1,2 % ga teng (19-o’rin). Dunyo tovarlari importi hajmi esa AQShga -18%, Germaniyaga – 7,8 %, Frantsiyaga-5,3 %, Buyuk Britaniyaga -5,2 %, Yaponiyaga-4,7 %, Rossiyaga esa 0,5 % kiritiladi (27-o’rin). Rossiya uchun saldo savdo balanslari ijobiy ekani alohida xarakterga ega. Bu tovar xom-ashyo bozoridagi yaxshi aloqallar samarasidir. Masalan, mamlakat uzoq davlatlarga neft, tabiiy gaz, mineral o’g’it, yog’och materiallari, simob, alyuminiy xomashyolari etkazib beradi. Ammo, bunday tovarlar eksporti tizimi nomuvofiqlik holatida qolmoqda. Rossiya eksporti hajmida issiqlik-energetika resurslari, metallar va ulardan tayyorlangan mollar 65%ni tashkil etadi. Mashinasozlik mahsulotlari ulushi esa 11% dan oshmayotir. Bular garchi pul tushumi borasida mamlakat byudjetini to’ldirish imkoniyatini yaratayotgan bo’lsada, u milliy boyliklarni qayta ishlanmay, arzon narxlarda ketishi jihatidan xavf tug’dirmoqda. Bular dunyo mamlakatlari bilan sog’lom raqobatni yuzaga keltirmaydi, faqat xomashyoga ixtisoslashgan Markaziy va Sharqiy bozorlarida Rossiya Ukraina va Belorussiya bilangina raqobatga kelishlari mumkin. Rossiya savdo munosabatlari yo’lida rivojlangan mamlakatlar bilan bir necha yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Bularning asosiylari Evropa mintaqasidir. Rossiya bilan rivojlangan Evropa mamlakatlari o’rtasida to’rt xildagi yo’l bilan savdo aloqalari o’rnatilgan. Bular: Evropa ittifoqi, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari, Boltiqbo’yi mamlakatlari hamda Bolqan mintaqasidagi davlatlardir. Evropa Ittifoqi (EI) bilan aloqalar Rossiya uchun tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqallarda istiqbolli yo’l sanaladi. EI Rossiyani yirik savdo sherigi deb biladi (bu erda jami tovar aylanmasining 3 dan 1 qismi Rossiya eksporti ulushiga to’g’ri keladi). EI mamlakatlari firmalari Rossiya iqtisodiyotining yirik investorlari hisoblanishadi. Rossiyaning tashqi savdo aylanmasi Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ATES) dagi ulushi 17% ni, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlaridagi ulushi esa 13 % ni tashkil etadi. Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSh va Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga tengdir. Germaniya Rossiyaning asosiy savdo sherigi sanaladi. Hududi yaqinligi va ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo’yicha o’zaro yaqin aloqalar qiladi. Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari geosiyosiy muhit va hududiy yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o’rin tutadi. Sharkiy Evropa davlatlari 1990 yillar boshida Rossiya bilan savdo aloqalarini ancha qisqartirgan edi, ammo 1995 yildan boshlab bu mamlakatlar o’rtasida savdo munosabatlari keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport qilgan bo’lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya mahsulotlari xarid qiladi. Polsha ham Rossiya uchun yirik savdo sherigi sanaladi. Rossiya eksporti tizimida Polshaga asosan xomashyolar sotilayotgan bo’lsa, Polshadan esa oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari (salkam 40%), dori-darmonlar, kosmetika va xalq iste’moli mollari, mashina va texnologiya, qurilish materiallari import qilinmoqda. Baltikbuyi mamlakatlari va Bolqon mintaqasi bilan Rossiyaning savdo munosabatlari yangi iqtisodiy xususiyat kasb etadi. Shuningdek, Rossiya tashqi savdosi uchun AQSh va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Evropa davlatlaridan tashqari asosiy savdo sheriklariga aylanmoqda. Rossiyaning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi. Mustakil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ning integratsiyalashuv jarayonlari taraqqiyoti nafakat Rossiyaning, balki barcha unga a’zo mamlakatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Ma’lumki, MDH tarkibiga 12 ta mamlakat kiradi. Ularning o’zaro munosabatlari tenglik asosida shakllantirilgan va davlat ham, g’ayridavlat tuzilma ham bo’lmagan hamdo’stlik a’zolari o’rtasida bitimlar bilan belgilangan tartibda ish olib boradigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali teng huquqlik printsipi asosida amalga oshiriladi. Hamdo’stlik mamlakatlari o’rtasida ikkitomonlama iqtisodiy munosabatlar, davlatlar o’rtasida alohida tashkilotlar (ittifoqlar, sherikchilik, alyanslar) tuzilgan. Masalan, Belorussiya va Rossiya itifoqi, Rossiya, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston, Xitoy o’rtasida EvroOsiyo iqtisodiy tashkiloti. Bugungi kunda Rossiyaning jami tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlari ulushi salkam 1G’4 qismi tashkil etadi. Rossiya savdo faoliyati uchun eng yaqin sherikchilik qilayotgan mamlakatlar Ukraina, Belorussiya, Qozog’iston va O’zbekiston hisoblanadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling