Avtomobil transporti - Xitoyning ikkinchi transport tarmog‘i relyef sharoiti juda og‘ir bo‘lgan baland tog‘ yoki cho‘l rayonlarigacha kirib borganligida ko‘zga tashlanadi. Mamlakatning dengiz qirg‘og‘i bo‘yi rayonlarini bog‘lashda va tashqi iqtisodiy aloqalarini olib borishda dengiz transporti asosiy o‘rin tutadi. Shu bilan birga, Xitoyda hozirgi zamon transportining boshqa an’anaviy (daryo, quvur, havo,elektron) hamda noan’anaviy (ot-ulov, arava, velosiped kabi) tarmoqlaridan ham keng foydalaniladi.
Ichki tafovutlari. Xitoyni Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy iqtisodiy rayonlarga bo‘lish mumkin. Shulaming ichida Sharqiy iqtisodiy rayon o‘zining tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra har tomonlama peshqadamlik qiladi. Mazkur rayonda mamlakat doirasida sanoat mahsulotining 95 % i, qishloq xo‘jalik mahsulotining 91 % i, YIM ning 93,5% i ishlab chiqariladi. Bu o‘rinda, ayniqsa, dengizbo‘yi hududlari, yirik shaharlar: Shanxay, Pekin, Tyanszin, Guanchjou erkin iqtisodiy zonalar sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
13-MAVZU: KOREYA RESPUBLIKALARI (JANUBIY KOREYA-KOREYA RESPUBLIKASI VA SHIMOLIY KOREYA-KXDR) LARI
Reja:
Koreya Respublikasi va KXDRlarining iqtisodiy geografik va siyosiy geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi va mehnat resurslari. Davlat tuzumi va ma’muriy bo’linmalari. Tarixiy rivojlanishi xususiyatlari, sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Xo’jalik, tarmoqlar, yangi sanoat tarmoqlari.
Janubiy Koreya (Koreya respublikasi)-Yevrosiyo sharqida, Koreya yarimorolida joylashgan qadimgi davlat. Qadimdan madaniyati rivojlangan Koreya hozirgi vaqtda qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni faollashtirayotgan Sharqiy Osiyoning markazidir. Qirg‘oqlarini g‘arbda Sariq dengiz, Sharqda Sharqiy (Yapon) dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 99,392 ming km2.
Mamlakatda tog‘li relyef ustun (70%), iqlimi kontinental musson iqlimidan iborat, yiliga 900-1500 mm yog‘in yog‘adi. Yanvar oyining o‘rtacha harorati +4°C, iyulniki +26°C. Daryolar sersuv, ulardan eng yiriklari Naktongan va Xangan. Hududining katta qismini aralash ignabargli va keng bargli o‘rmonlar egallagan. Asosiy foydali qazilmalari volfram, temir, oltin, kumush, marganes va mis rudalari. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 1/5 qismidan ortig‘ini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |