Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Xo‘jaligi, transporti va ichki tafovutlari


Download 1.43 Mb.
bet75/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Xo‘jaligi, transporti va ichki tafovutlari. Bugungi Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlaming eng yirigidir. U jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko‘ra AQSH va Xitoydan keyingi 3-o‘rinda turadi. Uning hajmi 2012-yilda 4,8 mlrd. AQSH dollarlarini tashkil etdi.
Hindiston xo‘jaligining muhim xususiyati ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘ylab nomuvofiq joylashganligidir. Umuman, uni tafovutlar mamlakati ham deyish mumkin. Unda boylik bilan kambag‘allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan deyarli natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo‘jaliklar yonma-yon turadi va bir-birlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Hindistonda YIM ning 29,4% i sanoatga, 17,6% i qishloq xo‘jaligiga, 52,9% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi.
Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/4 qismi sanoatda ishlaydi. Bu uning industrlashish darajasining talab darajasida ekanligini ko‘rsatadi. Hindiston an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og‘ir sanoat tarmoqlari mamlakatiga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va hududiy taqsimlanishida yirik dengiz portlaridan Mumbay, Kolkata, Chennay hamda mamlakatning siyosiy markazi bo‘lgan Dehli shahrining muhim ahamiyati bor.
Hindistonda Rixand-Singrauli yoqilg‘i-energetika majmuasi, Bxilai, Bokaro, Yisakxapatnam qora metallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi, Xardvar og‘ir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan. Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, «Hindiston Ruri» deb ataladigan Damodar vodiysi bo‘ylab keng tarqalgan.
Yengil sanoatida ip-gazlama va to‘qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli iste’mol mahsulotlari ishlab chiqa­rishning o‘mi juda yuqori. Ular, asosan, tashqi bozor uchun mahsulot beradi. Oziq-ovqat sanoatida ham choy, qand-shakar (bu mahsulotlami yetishtirishda u jahonda birinchi o‘rinda turadi), qandolat-o‘simlik, o‘simlik moyi kabilaming katta qismi tashqi bozor uchun ishlab chiqariladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling