Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Masalan, Indoneziya davlati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Hududi-


Download 1.43 Mb.
bet72/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Masalan, Indoneziya davlati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Hududi-1 904 600 km2 Internet ma’lumotiga ko’ra-1 919 440 km2 Aholisi- 245 mln. kishi (2013)-Internet ma’lumotiga ko’ra-257 563 000 kishi (2015 yil). Poytaxti- Jakarta. Iqtisodiy-siyosiy geografik o’rni. Indoneziya Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxepelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (G’arbiy Irian) orolining g’arbiy qismida joylashgan.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Indoneziya hududining yarmidan ko’prog’i o’rtacha baland va pastqam tog’lardan, Yangi Gvineyada qisman baland tog’lardan (eng baland joyi-5029 m) qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orolda 400 dan ortiq vulqon bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulqonlardir. Tektonik harakatlar natijasida tez-tez kuchli zilzilalar bo’lib turadi. Mamlakatda neft, ko’mir, temir, marganes, qalayi rudalari, boksit, mis, qo’rg’oshin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor. Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqiy va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim mintaqalari joylashgan.
Aholisi. Mamlakat aholisi soniga ko’ra dunyoda Xitoy, Hindiston, AQShdan keyin 4-chi o’rinda turadi. 2015 yilda aholi soni Indoneziyada 257,6 mln kishini tashkil etdi. Mamlakatda aholi notekis joylashgan. Aholi zichligi 1 kv kmga 116 kishini tashkil etib, bu borada Indoneziya dunyoda 19-o’rinda turadi. Mamlakatda aholining 87 foizi islom diniga, 6 foizi protestant, 3 foizi katolik, 3 foizi buddizm diniga e’tiqod qiladi. Davlat-tili indonez tili hisoblanadi. Indoneziyada 150 dan ortiq elatlar yashaydi, ular orasida eng ko’p sonlilari-yavaliklar, sundlar, madurliklar, 3 mln dan ko’proq xitoylar yashaydi.
Xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi. Indoneziya-agrar-industrial mamlakat. Qishloq xo’jaligi Indoneziya iqtisodiyotining etakchi tarmog’i hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko’prog’i qishloq xo’jaligida band. Mamlakat tabiiy kauchuk va palma yog’i ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. Indoneziya daraxt yog’ochidan yasalgan buyumlar, tamaki, choy, qahva, ziravor-dorivorlar, shuningdek, baliq va dengiz mahsulotlari etqazib beruvchi eng katta davlatdir. Mamlakatda donli ekinlardan sholi, makkajo’xori ekiladi. Chorvachilik tarmog’ida qoramolchilik, cho’chqachilik, echkichilik, qo’ychilik, yilqichilik va parrandachilik muhim o’rin tutadi.
Sanoati. Indoneziya hududining 65 foizi o’rmon bilan qoplangan bo’lib, qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Konchilik sanoati byudjet tushumlarining ancha qismini ta’minlaydi. Mamlakatda yiliga o’rtacha 576 mln barrel neft qazib olinadi. Indoneziya suyo’ltirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda, nikel qazib olishda to’rtinchi o’rinda qalayi qazib olishda ikkinchi o’rinda, turadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini iste’mol mollari: gazlama, charm buyumlar, ro’zg’orbop kimyoviy mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi. Shuningdek sholi oqlash, tamaki, qand shakar, choy, yog’, ip-gazlama, jun, qurilish materiallari, farmasevtika va poligrafiya, konditer korxonalari va mineral o’g’it, shina zavodlari ishlab turibdi. Mamlakatda yuksak texnalogiyali tarmoqlardan kemasozlik, samolyotsozlik, neft kimyosi, avtomobil yig’ish, radioelektronika sohalari jadal rivojlanmoqda.
Transporti. Mamlakatda temir yo’llarning umumiy o’zunligi 6964 km, avtomobil yo’llarining o’zunligi 119500 km ichki suv yo’llari 21579 kmni tashkil etadi. Shuningdek dengiz transportining ahamiyati katta bo’lib, mamlakatda Tanjungprion (Jakarta porti), Surabaya, Palembang, Baliqpapan, Ujungpan kabi yirik dengiz portlari ishlab turibdi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Indoneziya jahoning Yaponiya, AQSh, Singapur, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni olib boradi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling