Jahon mamlakatlari iqtisodiy


-MAVZU: JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI


Download 1.43 Mb.
bet73/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

15-MAVZU: JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI
Reja:
Janubiy Osiyo mamlakatlari. Tabiiy, iqtisodiy geografik o’rni, siyosiy geografik xolati, tabiiy resurslari. Aholisi, tarkibi, demografik xolati, urbanizatsiya darajasi. Sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari.
Hindiston iqtisodiy geografik o’rni. Tabiiy resurslari, meneral xom ashyolari. Iqlimining xilma-xilligi. Aholisi, demografik vaziyat. Davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosat, urbanizatsiya xususiyatlari, migratsiya xolati. Iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari, sanoati va qishloq xo’jaligi. Transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari. Iqtisodiy rayonlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Janubiy osiyo, Hind- Gang tekisligi, xo’jalik, tarmoqlar, yangi tarmoqlar.


Janubiy Osiyo subregionining umumiy may­doni 4,5 mln km2 ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi is- tiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, Hind- Gang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 7 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida bitta monarxiya davlat tuzumiga ega bo‘lgan Butan Qirolligi bilan 6 ta respublika mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi.
Janubiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o‘mi quyidagicha: bu subregion Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aho­lisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topadi; dunyo bo‘yicha YMM ning 9 % dan ortig‘i shu subregion hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg‘oqbo‘yi hududlarining markazida joylashganli­gi, uning hududida qadimiy tarixiy markazlaming mavjudligi, mintaqa geografik o‘mining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog‘ tizmasi va Qoraqurum o‘rab turadi. Shimoli-sharqda u o‘rmonlar bilan qoplangan Assam-Bir- ma tog‘lari, shimoli-g‘arbda esa Hindukush va Eron tog‘liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog‘ Himolaydan ekvatorda joylashgan Maldiv orollariga tomon pasayib boradi.
Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo‘lib, yil davomida ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifo- dalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral resurslar katta ahamiyatga ega.
Bu yerda yoqilg‘i-energetika resurslaridan boshlab (ko‘mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo‘lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin, zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes, xrom) zaxirasiga ko‘ra ajralib turadi. So‘nggi yillarda mintaqaning dengiz shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda.
Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Brah­maputra eng yirik daryolari hisoblanadi. Subregionda yuqori unum- dorlikka ega bo‘lgan allyuvial tuproqlar, qora tuproq xususiyatli gilli tuproqlar - regurlar keng tarqalgan. Janubiy Osiyoning barcha davlat­larida milliy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillari bilan bog‘liq holda, aholining tabiiy o‘sish sur’atlari yuqori.
Janubiy Osiyoda 1 mln dan ortiq 33 ta etnos istiqomat qilib, min­taqa aholisining 98% ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosan, induizm (Hindiston, Nepal), islom (Pokiston, Bangladesh, Maldiv), buddizm (Butan, Shri-Lanka) dinlari tarqalgan.
Ma’lumki, Janubiy Osiyo qadimiy sug‘orma dehqonchilik markaz- laridan biri sifatida jahonning aholisi eng zich joylashgan areallardan biridir. Bu yerda o‘rtacha zichlik 355 kishiG’kmr dan ortiq bo‘lib, o‘r- tacha jahon ko‘rsatkichidan 6,7 marta ortiqdir. Tekislik hududlari, yi­rik daryo vodiylari (ayniqsa, Gang daryosi vodiysi) hamda dengizbo‘yi hududlarida aholining yuqori zichlik ko‘rsatkichlari qayd qilinadi. Janu­biy Osiyo dunyoning eng kam urbanizatsiyalashgan mintaqalari dan biri hisoblanadi (46%). Bu holat mintaqa davlatlarining past ijtimoiy-iqti­sodiy taraqqiyoti sabablidir. Shu bilan bir qatorda mintaqaning ko‘plab davlatlarida soxta urbanizatsiya jarayoni ham tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda.
Janubiy Osiyo iqtisodiyoida rivojlanish darajasiga ko‘ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hin­diston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Ne­pal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lan- ka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoq- lari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy OsiyO jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lan­ka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi.
Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning ekspor- ti bo‘yicha yetakchi o‘rinlami egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo‘yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot, transport xizmatlar ko‘rsatish katta o‘rniga ega.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling