Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet79/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Qishloq xo‘jaligi Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Biroq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq- ovqat mahsulotlari bilan yetarli ta’minlay olmaydi. Suv tanqisligi ana shunday oqibatlaming asosiy sababchisidir. Hozirgi ilg‘or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug‘orish), Suriya, Iroq (Frot daryosi suvlaridan sug‘orishda foydalanish), Saudiya Arabistoni, Kuvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridagina ma’lum darajada foydalanilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan dehqonchilik - Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti respublikalarida, chorvachilik esa arab davlatlarida rivojlangan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo‘lgan donli ekinlardan: bug‘doy, arpa, mak- kajo‘xori, sholi, tariq ko‘proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg‘onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy bemvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish ahamiyatli.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo‘l transporti, asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti respublikalari uchun ahamiyatli. Shu bilan birga, Afg‘oniston va ko‘pgina arab mamlakatlarida temiryo‘llar umuman yo‘q. Avtomobil transporti ham Turkiya, 0‘rta dengiz bo‘yi va Kavkazorti mamlakatlari hamda arab davlatlarida tez rivojlanmoqda. Dengiz transporti esa ma’lum darajada Eronda, Turkiyada ahamiyatliroq. Boshqa davlatlarda esa ular dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lishlariga qaramay, bu transport tarmog‘i juda kuchsiz.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ko‘p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo‘linadi. Ko‘p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g‘arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti respublikalaridan tashkil topgan. Ularda ishlov beruvchi sanoat ko‘proq ri­vojlangan. Qishloq xo‘jaligi va transport ham nisbatan yaxshi iqtisodiy ko‘r- satkichlarga ega. Har bir mamlakatda yaxshi rivojlangan rayonlar bilan birga ancha sust rivojlangan hududlar ham mavjuddir.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling