Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Afrika subregionlari (10-sinf geografiyasidan)


Download 1.43 Mb.
bet94/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Afrika subregionlari (10-sinf geografiyasidan). Afrika tabiiy resurslarga boy bo‘lishiga qaramay, mavjud siyo­siy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar natijasida rivojlanish darajasi past bo‘lgan ko‘p davlatlar jam bo‘lgan qit’a hamdir. Umumiy maydoni 30,3 mln km2 dan ortiq bo‘lgan ushbu qit’ada 62 ta davlat joylash­gan. Ularning 54 tasi mustaqil davlatlardan iborat. Qit’ada 10 ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz chegaralariga ega. Afrika hududi 5 ta subregionga ajratiladi.
Shimoliy, G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrika subre- gionlari bir-birlaridan geografik o‘rni xususiyatlari, tabiiy resurslar bi­lan ta’minlanganlik darajasi, maydonda joylashgan davlatlar soni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra farq qiladi (8-jadval).
8-jadval. Afrika subregionlari haqida umumiy ma’lumot-(10-sinf geografiyasidan)

Subregionlar

Maydoni, mln km2

Aholisi soni, mln kishi

Davlatlar soni

Shimoliy

8,5

218

7

G'arbiy

6,0

341

16

Sharqiy

6,3

379

17

Markaziy

6,6

142

9

Janubiy

2,7

61

5



Shimoliy Afrika 0‘rta va Qizil dengizlar, Atlantika okeaniga chiqa olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sababli qadimdan Yevropa hamda G‘arbiy Osiyo davlatlari bilan aloqalami yo‘lga qo‘ygan edi. Hudu- dining katta qismi subtropik mintaqaga to‘g‘ri kelganligi davlatlaming paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalar yetishtirishga ixtisoslashishga sa­bab bo‘lgan. Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda mine­ral xomashyolarni qazib olish (neft, tabiiy gaz, fosforit, temir mdasi) hamda qayta ishlash bilan bogiiq. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan. Bu yerda dengiz transporti ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, Suvaysh kanalining bu mintaqa hududida joylashganligi transport xizmatlarining yuqori darajada rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, xizmatlar sohasida turizm xizmatining ham o‘rni katta.
Aholisining asosiy qismini arab tilida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ko‘p asrlik tarixga egaligi sababli, mintaqa davlatlari iqtisodiyoti uchun an’anaviy hisoblangan sug‘orma dehqonchilik, ko‘chmanchi chorvachilik, hunarmandchilik kabi tarmoqlar o‘ziga xos an’analarga egaligi bilan ajralib turadi. Misr va Jazoir subregionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasigako‘ra peshqadam davlatlar hisoblanadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling