1.2. AMALIY MASHG’ULOTLARI MAVZULARI:
Talabalar berilgan har bir amaliy mashg’ulotlarni bajarishlari uchun quyidagi metodik tavsiyalarga e’tibor berishlari lozim: Mavjud yaratilgan o’quv-uslubiy majmuani chuqurroq o’rganish kerak. Yozuvsiz xarita bilan ishlay olish lozim. Internet ma’lumotlarini olish va ulardan o’z o’rnida foydalanish lozim. Internet ma’lumotlaridan foydalanishda o’qituvchi yordamiga murojat qilish lozim. Tavsiya qilingan adabiyotlarga etibor berishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari maqsadga muvofiq. Mavzuni to’ldiruvchi, mentalitetimizga xos bo’lgan adabiyotlarga murojat qilishlari lozim. Statistik ma’lumotlarga murojat qilish lozim. Dunyoning tabiiy va iqtisodiy xaritalarini chuqurroq bilish kerak. Dunyo siyosiy xaritasini to’liq tahlil qila bilish kerak. Geografik atlaslardan foydalanish lozim. Jadvallar, diagrammalar, grafiklar tuza bilish lozim. Termin va tushunchalarni mantiqan tahlil qilish kerak. Amaliy mashg’ulotlarda berilgan har bir savoldagi javob, lo’nda qisqa bo’lishi lozim. Savollarga berilgan javoblar aynan o’quv-uslubiy majmuadagidek, o’tilga ma’ruzadagidek keng berilishi talab etilmaydi, aksincha ijodiy yondashgan holda o’z fikr va g’oyalarga suyanish lozim. Albatda mavzu va unda berilgan savollardan tashqariga chiqmagan holda savollarga javob berish lozim.
1-amaliy mashg’ulot: Evropa ittifoqi davlatlari
Asosiy savollar:
1. Evropa ittifoqi davlatlari to’g’risida tushuncha bering.
2. Evropa ittifoqi davlatlarini yozuvsiz xaritaga tushiring.
3. Evropa zonasining tushintiring.
4. Shengen zonasi to’g’risida tushuncha bering.
5. Evropa Valyuta Ittifoqi shakllanishida uning bosqichlari hamda Yagona Valyutaga o’tish tartibi, shuningdek, "Evropa hudud" iga kirish uchun "Konvergentsiya shartlari" to’g’risida ma’lumot bering.
6. O’zbekistonning Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini yoritib bering?
2-amaliy mashg’ulot: Evropa mamlakatlarining umumiy tavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |