Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet18/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Eksport. Ichki talab etakchi bo’lishiga qaramay eksport Germaniya iqtisodiyoti o’sishida qudratli omil bo’lib qolayapti. Germaniyada eksport siyosatiga jiddiy e’tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham har uchinchi muhandis, texnik yoki tadbirkor eksportga ishlayapti. Mamlakat eksporti tarkibida sanoat mollari 90 % ga yaqinni tashkil qiladi. Eksportga mamlakat jami sanoat mahsulotining 1|3 qismi jo’natilayapti. Mamlakatning tashqi savdo aylanmasida eksport importdan oshadi. Eksport o’sishi 5-7% tashkil etadi. Eksportning asosiy sohalari-ximiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika tarmoqlaridir. Ular xalqaro bozorda salmoqli yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Yuqorida nomlari tilga olingan sohalarning mahsulotlari eksportning yarimidan ziyodini tashkil qiladi. Keyingi yillarda Germaniya eksporti geografiyasi borgan sari kengayapti. Mamlakat eksportining kengayishi MDH mamlakatlari evaziga bo’layapti. Germaniyaning tashqi savdo aloqalari asosan G’arbiy Evropa mamlakatlari va AQSh ga qaratilgan. Bugungi kunda 50 % nemis eksporti EI ning 10 mamlakatiga, 10 % -AQSh ga, 30% - Rossiyaga to’g’ri keladi.
Import. Germaniya ko’p darajada tashqi bozorga bog’liq mamlakatdir. Import hajmi bo’yicha u jahon savdosida ikkinchi o’rinni egallaydi. Import yiliga 4-5 % ga o’sayapti. Mamlakat savdo balansida saldo 60 mlrd. evrodan oshadi. Import tarkibida turli xil xom ashyo, yoqilg’i (neft mahsulotlari, tabiiy gaz), qishloq xo’jaligi mahsulotlari (tropik mevalar, paxta, choy, kofe, kakao, guruch va boshq.) salmoqli ulushga ega.
Germaniyaning asosiy savdo sheriklari Evropa ittifoqi (EI) mamlakatlari hisoblanadi. Ular ulushiga mamlakat eksporti va importining 1|5 to’g’ri keladi.
Germaniya iqtisodiy potentsiali haqida gapirar ekanmiz bugun boshqa rivojlangan mamlakatlar singari uning boshqa davlatlarda joylashgan «ikkinchi iqtisodiyotini» ham hisobga olish lozim. Germaniyaning deyarli barcha yirik monopolistlari transmilliy kompaniyalarga aylanishgan. Ular xorijda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradilar, xizmat ko’rsatish sohalariga egalik qiladilar. Jahonning 50 yirik TMK lari tarkibida Germaniyaning soni 7 tagacha ko’paydi. Germaniya chetga kapital eksport qilishda ham faol ishtiroq etmoqda. Kapital eksporti, importdan ustun turadi. Germaniya chetga kapital eksport qilish bo’yicha jahonda beshinchi o’rinni egallaydi. Jahon kapital bozorining 50 % uning ulushiga to’g’ri keladi. Germaniyada asosiy kapital eksport qiluvchilar TMK lar hisoblanishadi.
Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga nemis kapitalini investitsiya qilishga qiziqish oshayapti, birinchi navbatda eksport talab sohalar-ximiya, tog’-kon, engil, oziq-ovqat sanoati, yo’l-transport va boshqa tarmoqlarga.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling