Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Iqtisodiyotning asosiy sohalari
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft-gaz sohasi
- Ko’mir sohasi
Iqtisodiyotning asosiy sohalari. Buyuk Britaniyaning etakchi milliy sektori xizmat sohasi (YaIMda 61,4 %) hisoblanadi. Keyingi vaqtda uning roli sezilarli o’sdi. Britaniya xo’jaligida ahamiyati jihatidan bundan keyin sanoat (YaIMda 22,3 %), so’ngra trasport (9,7 %) va qurilish (5,2 %) sohasi turadi. YaIMning 1,4 % qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi.
Sanoati. Buyuk Britaniya sanoati Shimoliy Angliya va Angliyaning markaziy grafligida joylangan. Buyuk Britaniya – bu rux, qo’rg’oshin, ohak etkazib beradigan yirik eksport davlati. Bundan tashqari kumush, mis, temir rudasi va boshqa xom ashyolar katta zahirasiga ega. Yiliga 2000 tonna qo’rg’oshin va qalayi ishlab chiqaradi. Neft-gaz sohasi. Neft-gaz yirik zahiralari 1960 yilda Shimoliy dengiz kontinental shelfida aniqlangan. Shu boylik tufayli Buyuk Britaniya uglevodorodlarni eksport qiluvchi muhim mamlakatga aylandi. Neft zahiralari 5 mlrd. barreleyga etadi. 25 ga yaqin dengiz neft, gaz quduqlari foydalanilayapti, ularning asosiy qismi Shimoliy dengizda joylashgan. Neft sohasi asosan xususiy mulk hisoblanadi. Ular orasida VR (40 % qazib oladi) va Enterprise (yirik mustaqil neft kompaniyasi) mustahkam o’rin egallaydi. Qazib olinayotgan neftning katta qismi eksport qilinadi; bir paytning o’zida qayta ishlash uchun biroz sifatsizroq va yaqin sharq nefti tashib kelinadi. Buyuk Britaniya neftni qayta ishlash sanoatiga jahon neft haydash quvvatining 2,4 % ulushi to’g’ri keladi. Britaniya energetikasida tabiiy gaz tobora ko’proq ahamiyat kasb etayapti. Uning zahiralarini aniqlash va qazib olish hajmi doimiy ravishda o’sib borayapti. Hukumat siyosati milliy energetika tarkibida asta-sekin ko’mirni tabiiy gaz bilan almashtirishga qaratilmoqda. Har yili qazib olinayotgan gaz 100 mlrd. kubometrni tashkil qiladi. Asosiy gaz zahiralari Janubiy gaz havzasi, Shimoliy va Irland dengizlarida jamlangan. 2001 yilda «Vesterlend» gazoprovodi ishga tushirildi. Bu quvur orqali Norvegiya gazi Buyuk Britaniyaga etkazib berilayapti. Ko’mir sohasi. Ko’mir zihirasi 2 mlrd. tonna baholanadi. Kelajakda boshqa energiya manbalaridan foydalanish ko’payishi natijasida ko’mir sohasi qisqarib boradi. Energetika. Buyuk Britaniya elektr stantsiyalari quvvati 70 mln. kv. ga etadi. 80% issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi, 18 % ni atom, 2% ni gidroelektrostantsiyalar ishlab beradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling