Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Buyuk Britaniya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Buyuk Britaniya davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi
Buyuk Britaniyaning rasmiy nomi (1922 yil tashkil topgan): Buyuk Britaniya orollarida joylashgan Qo’shma qirolligi (Angliya, Shotlandiya, Uels). Britaniya, Shimoliy Irlandiya yoki Olester provintsiyasi uning tarkibiy qismlardir. Shimoliy Irlandiya 1921 yilda Buyuk Britaniyaga zo’rovonlik bilan qo’shib olingan. Angliya-Irlandiya shartnomasiga asosan hozirgacha u Angliyaning mustamlakasi bo’lib kelmoqda. Angliya maydoni-130 395 kv.km, hududi asosan tekislik, shimol va shimoliy g’arb tog’li. Shotlandiya maydoni-78 772 kv km, 800 ga yaqin orollarni birlashtirgan, hudud aosan tog’li. Uels maydoni-20 779 kv km., tog’li hudud, Shimoliy Irlandiya maydoni-13 843 kv.km., hududi past-balandliklardan iborat (to’lqinli relef formasiga ega). Iqlimi mo’’tadil okean tipli (ko’p yomg’ir yog’adi). Mamlakat territoriyasi 244 ming kv. km (243 809 ming kv. km). Ikkinchi jahon urushi arafasida Britaniya imperiyasi hududi 34,6 mln. kv.km. Shu jumladan mustamlakaniki-18,8 mln. kv.km. ni tashkil etgan holda, 2012 yil bo’yicha aholi soni 63,4 mln kishi berilgan. YaIM 2,3 trl dol, jon boshiga-36 119 dol. to’g’ri kelgan. Valyutasi funt sterling. Davlat Britaniya orollarida joylashgan (Buyuk Britaniya, Shimoliy Irlandiya, Gebrid, Orkney, Shetland) va Lamansh bo’g’ozi orqali Frantsiyadan ajralib turadi. 10 % territoriya o’rmon, 77 % er dehqonchilikda foydalaniladi. Foydali qazilmalari-neft, gaz, ko’mir, ohaktosh. Ikkinchi jahon urushidan keyin Britaniyaning mustamlakachilik siyosati tez emirila boshladi. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya nazorati ostida 25 ga yaqin qaram mustamlakalar bo’lib, ular 1 mln. kv. km. hududni egallagan orollardan iborat. Ularning aholisi 10,3 mln. kishini tashkil etadi. Mamlakat Evropada dunyo okeaniga olib boradigan, Amerika, Afrika va dunyoning boshqa qismlariga boradigan dengiz yo’lidagi Britaniya orllarida joylashgan. Qulay geografik joylashuv mamlakat hukmron doiralariga jahon bozorini egallash, iqtisodiy-siyosiy bosqinchiliklarni amalga oshirishga yordam berdi. Buyuk Britaniya aholisi – 63 mln. kishi bo’lib, ulardan 85% inglizlar, 15% shotlandlar, irlandlar, uelsliklardir. Mamlakat umumiy aholisi soni bir qator yillar davomida sezilarli o’zgarishsiz saqlanib turibdi. Tug’ilish va o’lim deyarli bir xil (1000 kishiga 11-12 kishi). Aholining bu tabiiy harakati mamlakatda mehnat resurslarining qisqarishiga tahdid tug’dirmoqda. Yirik burjuaziya, moliya kapitali magnatlari (korchalonlari) katta yoshdagi umumiy aholining taxminan 1% ini tashkil qiladi. Lekin ular Buyuk Britaniya milliy boyligining 60% ga egalik qilishadi. Yollanib ishlovchi shaxslar mamlakat mustaqil aholisining 90% dan ortig’ini tashkil qiladi. Buyuk Britaniya hududida qimmatli tabiiy foydali qazilma boyliklar unchalik ko’p emas. Endilikda temir qazib olish aytarli nolgacha pasaydi. Boshqa iqtisodiy muhim ruda qazilmalariga ko’rg’oshin kiradi, u iqtisodiyot talabining yarimigina qondiradi. Rux, mis, ohaktosh, gilmoya, qum, gips, resurslari etarlicha. Boshqa tomondan, Buyuk Britaniya katta energiya zahiralariga ega: neft, tabiiy gaz va ko’mir, EI mamlakatlaridagidan ko’p. Ilgari muhim hayot manbai bo’lgan energiya-ko’mir o’z ahamiyatini yo’qotayapti. Ko’mir qazib olish salkam uch marta kamaydi. Elektrstantsiyalar hamon avvalgidek ko’p ko’mir yoqayapti. Ammo boshqa alternativ yonilg’ilarga nisbatan qiymati pasayib ketayapti. Shimoliy dengizda neft konlarining ochilishi neftni qayta ishlash sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratdi. 1975 yildan har yili qazib olinayotgan neft miqdori to’xtovsiz o’sib borayapti. Bu Buyuk Britaniyani nafaqat yirik neft iste’molchisiga, balki uni eksport qiluvchiga aylantirdi. Buyuk Britaniya bir kunda o’rtacha darajada 2,6 mln. barreley neft qazib oladi. Jahon neft qazib oluvchilari orasida oltinchi o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniyada neft zahiralari raqami 770 mln. tonnaga etadi. Tabiiy gaz zahiralari 22,7 trln. kub fut atrofida baholanmokda. Mamlakat asosiy tabiiy boyligi-toshko’mir, temir rudasi, neft, gaz, magniy, qalayi, kaolin, oshtuzi va boshqalar. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo’shma qirolligi konstituttsion monarxiya davlatlaridir. Qonunchilik hokimiyati monarx (kirolicha) va parlamentga tegishli. Parlament qo’yi palata va lordlar palatasidan iborat. Davlat rasmiy boshlig’i-qirolicha (1952 yildan – Elizoveta II). Hokimiyat amalda xukmron partiyalar shakllantirgan vazirlar mahkamasi qo’lida jamlangan. Buyuk Britaniya – Millatlar hamdo’stligi markazi – siyosiy – iqtisodiy birlashma. Unga Buyuk Britaniyadan tashqari, Kanada, Astraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Pokiston, Shri Lanka va boshqa mamlakatlar kiradi. Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaga qaram hududlar Avstraliya va Yangi Zellandiyadir. Buyuk Britaniya NATO xarbiy-siyosiy blokida faol eshtirok etadi. 1973 yildan Evropa ittifoqi a’zosi. Buyuk Britaniya qishloq xo’jaligi bilan yuksak taraqqiy etgan industrial mamlakat. U jahon xo’jaligida muhim o’rin egallaydi. Mamlakat sanoati YaIM ning 50 % ga yaqinini, eksportning 90 % ini beradi. Jahon umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha (7%) dunyoda AQSh, Yaponiya, Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o’rinni egallaydi. Jahon umumiy eksporti hajmi bo’yicha u dunyoda 4-o’rinda (6%), xorijiy investitsiyalar hajmi bo’yicha 2-o’rinda turadi. Xarakatdagi yirik savdo flotiga ega. Buyuk Britaniya iqtisodiyotning asosini xususiy sektor tashkil etadi. YaIM ishlab chiqarishning 80%, bandlikning 75 % uning ulushiga to’g’ri keladi. Buyuk Britaniyada ishsizlik darajasi EIda 10,8 % bo’lgan holda, 6,2 % ni tashkil etadi. Bandlikning 73 % xizmat sohasiga to’g’ri keladi. Unda moliyaviy xizmatlar ustun turadi. 20 % - sanoatda va taxminan 7% qurilishda band. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling