Neft sanoati. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ich- karisidagi uzunligi 70 ming km ga yaqin bo‘lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Bu quvurlar neft qazib oluvchi rayonlami davlatning boshqa barcha hududlari bilan bog‘lab turadi. Neft MDH davlatlariga, Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Xitoyga eksport qilinadi. So‘nggi yillarda o‘rtacha hisobda yiliga 150 mln. tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Gaz sanoati. Rossiya tabiiy gazning sanoat zaxiralari va uni qazib olish haj- mi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu xomashyoning asosiy qismi G‘arbiy Sibiming shimolida, Shimoliy Kavkazda, Ural rayonida, Volgabo‘yida, Komi Respublikasida, Yakutiyada, Saxalinda qazib olinadi. Uning asosiy qismi G‘arbiy Sibirga to‘g‘ri keladi.
Magistral quvurlarining asosiy tizimlari - G‘arbiy Sibirdagi gazga boy yer- lardan, (Yolgabo‘yi, Ural, Shimoliy Kavkazdan) gazni Markaziy Rossiyaga hamda xorijga yuboradi.
Ko‘mir sanoati. Rossiyada toshko‘mir ham, qo‘ng‘ir ko‘mir ham qazib olinadi. 2012-yilda 300 mln. tonna atrofida ko‘mir qazib olindi. Bundan 30 mln. tonnasi chet el davlatlariga eksport qilindi.
Elektroenergetikasi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSH, Yaponiya va XXR dan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi (2008-yilda 940 mlrd. kYtG’s). Elektr quvvatining eng katta qismi issiqlik stan- siyalarida ishlab chiqariladi (70% dan ortiq). Elektroenergetika balansida gid- ravlik elektrostansiyalaming hissasi 18 % ga, atom elektrostansiyalaming hissa- si 12% ga teng.
Qora metallurgiya. 2012-yilda jami 80,0 mln. t temir rudasi qazib olindi. Qora metallurgiyaga zarur bo‘lgan kokslanadigan ko‘mir Kuzbass va Pechora havzalaridan keltiriladi.
2012-yilda 40 mln. t cho‘yan, 50 mln. t po‘lat eritildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya Xitoy, Yaponiya, AQSH va Koreya Respublikasidan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyada qora metall ishlab chiqarish, asosan, uchta muhim qora metallurgiya markazlari - Ural, Markaziy qoratuproq va G‘arbiy Sibir iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk, Chelyabinsk, Novotroitsk, Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |