Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashinasozlik
Rangli metallurgiya. Qo‘rg‘oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz, Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo‘rg‘oshin-rux konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk, Boksitogorsk, Yolxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kandalaksha, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy markazlaridir. Mashinasozlik Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlami qondirishga qaratilgan, xolos. Energetika mashinasozligi korxonalarida bug‘ qozonlari, bug‘ turbinalari va generatorlar, gidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. Bunday korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod, Sankt-Peterburg, Novosibirskda ishlab turibdi. Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan. Biroq mahsulotning katta qismi Markaziy, Shimoli-g‘arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab chiqariladi. Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi. Hozirgi vaqtda Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi. Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko‘rsatib turibdi. Engels shahrida (Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi. Temiryo‘l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod, Sankt- Peterburg, Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom, Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tram- vaylar va temiryo‘l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab chiqariladi. Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan, Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Kom- somolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk, Zelenodolsk sha- harlarida amalga oshiriladi. Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Yoronej, Saratov, Smolensk, Rostov-Don, Taganrog, Komsomolsk-Amur kabi yirik sanoat markazlarida rivojlangan. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling