Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet51/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Qishloq xo‘jaligi mintaqa hududi bo‘ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 1G’3 qismi chorvachilikda yetishtirib beriladi. Bu tarmoqning ahamiyati, ayniqsa, Argentina, Urugvay va Braziliyada katta. Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengizbo‘yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliya­da baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argenti­na, Braziliya), shakarqamish yetishtirish (Braziliya, Kuba, Kolumbiya, Ve- nesuela va boshqalar), kofe yetishtirish (Braziliya, Yenesuela, Kolumbiya), banan yetishtirish (Braziliya, Kolumbiya, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari) tovar ahamiyatiga ega.
Transport Janubiy Amerika mamlakatlarining aksariyatida ancha sust rivojlangan. Quruqlikda harakatlanuvchi asosiy transport tarmog‘i avtomobildir. Bu tarmoq barcha mintaqa mamlakatlarini bir-birlari bilan bog‘lovchi yagona quruqlik transportidir. Temiryo‘l transporti ancha sust rivojlangan. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishiga ancha to‘sqinlik qiladi. Barcha mamlakatlar va ulaming ichki rayonlarini bir-biri bilan bog‘lashda dengiz va daryo transporti, ayniqsa, Karib havzasi mamlakatlari uchun katta ahamiyatga ega. Sanoatida tog‘-kon, neft-kimyo, metallsozlik, aholi iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari ancha ahamiyatli. Qishloq xo‘jaligida yirik yer egalariga tegishli plantatsiyalarda tashqi bozor uchun ko‘plab kofe, shakarqa­mish, banan, tropik meva mahsulotlari yetishtiriladi. Okeanbo‘yi hududlarida dengiz baliqchiligi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pem va Chili jahondagi eng yirik baliq mahsulotlari ishlab chiqamvchi davlatlar qatoriga kiradi.
Mintaqada tashqi iqtisodiy aloqalar yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yilda amalga oshirilgan tovarlar eksporti bo‘yicha Braziliya (250 mlrd. AQSH dollari), Venesuela (69,2 mlrd.), Argentina (70 mlrd.), Chili (67,6 mlrd.), Puerto-Riko (46,9 mlrd.), Kolumbiya (30,6 mlrd.); importi bo‘yicha Braziliya (170 mlrd.), Chili (44,0 mlrd.), Venesuela (45,5 mlrd.), Argentina (60 mlrd.) mamlakatlari ajralib turadi.
Masalan, Meksika davlatining iqtisodiy-geografik tavsifi quyidagicha. Hududi- 1958201 km2 (Internet ma’lumoticha 1 972 550 km2)Aholisi- 116 901 700 kishi (2012)-(Internet ma’lumoticha 121 005 815 kishi). Poytaxti- Mexiko. Iqtisodiy-siyosiy geografik o’rni. Meksika Shimoliy Amerika materigining janubiy qismida joylashgan bo’lib, unga Tinch okeanidagi bir qancha orollar va Kaliforniya qo’ltig’i qaraydi. Mamlakat shimoldan AQSh bilan janubda Beliz va Gvatemala bilan chegaradosh. Meksikaning g’arbiy qirg’og’ini Tinch okean, sharqiy qirg’og’ini Meksika qo’ltig’i va Karib dengizi suvlari yuvib turadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling