Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Osiyo mamlakatlari xo‘jaligi


Download 1.43 Mb.
bet59/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Osiyo mamlakatlari xo‘jaligi. Garchi Osiyoning jahon xo‘jaligidagi mavqeyi so‘nggi davrlarda tinimsiz o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik davlatlaming iqtisodi qoloq holdadir. Osiyo davlatlari sanoatining rivojlanganligi holatiga ko‘ra olti guruhga bo‘linadi.
Birinchi - Yaponiya tipik Osiyo davlatlaridan biri bo‘lishiga qaramay, so‘nggi YMD, ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonning to‘rtinchi davlati hisoblanadi. Shu bilan birga u mintaqadagi «Katta sakkizlik»ga kiruvchi yagona davlat, ijtimoiy taraqqiyot borasida ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar uchun namuna hamdir.
Ikkinchi - Xitoy va Hindiston. Ular oldingi qoloq, mustamlaka davlatdan so‘nggi yillarda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylandilar. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmiga ko‘ra ular jahonning eng yirik birinchi o‘nlik davlatlari qatorida turadilar. Hozirgi vaqtda Xitoy YIM hajmiga ko‘ra dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi, Hindiston esa uchinchi o‘rinni egallaydi. Ammo aholisi jon boshiga mahsulotlaming to‘g‘ri kelish ko‘rsatkichlari esa hali ancha pastligicha qolmoqda.
Uchinchi - Osiyoning yangi industrial davlatlari. Ular Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur, Xitoyning Syangani bo‘lib, so‘nggi o‘n besh-yigirma yil ichida omilkorlik bilan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot- da keskin yuksalishlarga erishdilar. Shu tufayli ular G‘arbda «Osiyo yo‘lbarslari» yoki «Osiyo ajdarholari» deb ham nom oldilar. XX asr oxirlariga kelib bu toifa davlatlarga Malayziya va Tailand ham qo‘shildi.
Osiyoning ilg‘or davlatlaridan Isroil, Kipr va Turkiya o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilashda G‘arb mamlakatlari tajribasini dastur qilib olgan bo‘Isa, Sharqida joylashgan yangi industrial davlatlar esa Yaponiyaning rivojlanish modelini namuna qilib olganligi bilan ajralib turadi.
Jumladan, 60-yillargacha qoloq bo‘lgan Koreya Respublikasi 90-yillar boshlariga kelib jahonda AES larda ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya hajmiga ko‘ra 9-o‘ringa, po‘lat eritish bo‘yicha 8-o‘ringa, dengiz kemalari ishlab chiqarishda 2-o‘ringa, kimyoviy tolalar ishlab chiqarishda 5-o‘ringa, elektron sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 6-o‘ringa chiqib oldi. Shunga o‘xshash keskin iqtisodiy o‘sishlar Singapur, Tayvan va boshqalarda ham yuz berdi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling