Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet62/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

11-MAVZU: YAPONIYA
Reja:
Yaponiya iqtisodiy geografik o’rni, tabiiy resurslar. Mineral va xom ashyo resurslarini kambag’alligi. Aholisi, aholining joylanishi, urbanizatsiya darajasi. Davlat tuzumi, ma’muriy hududiy bo’linishi. Iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari. ITTning sanoat va qishloq xo’jaligiga joriy etilishi. Qishloq xo’jaligi va uning intensivligi. Transporti, eksport, va import tarkibi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan raqobati. Iqtisodiy rayonlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Xo’jalik, tarmoqlar, yangi sanoat tarmoqlari.


Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km2. Hududining muhim xu- susiyatlaridan biri uning bir-biriga yaqin katta va kichik orollarda joy- lashganligidir. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu va Sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo‘lib, 47 ta prefekturaga bo‘linadi.
Yaponiya, asosan, tog‘li mamlakat. Hududining 75% ini tog‘lar egallaydi. Eng baland tog‘i Fudziyama (3776 m) yapon xalqining ommaviy topinadi- gan-sig‘inadigan muqaddas joyi hisoblanadi. Tekisliklari, asosan, Tinch okeani sohillari bo‘ylab joylashgan. Ayniqsa, Tokio qo‘ltig‘i bo‘yidagi Kanto past- tekisligi mashhurdir. Yaponiya biron-bir yer osti boyliklari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmasa-da, boy dengiz, geotermal, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega.
Iqlimi musson xarakterda. Qish oylari nisbatan qurg‘oqchil va sovuq, ammo shimoldan janubga qarab isib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o‘tadi. Yog‘in miqdori 1700-4000 mm, tez-tez yer silkinishlari bo‘lib turadi. Ba’zan u juda kuchli, halokatli tarzda ro‘y beradi.
Yaponiya aholisi 127,0 mln. kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida o‘ninchi o‘rinda turadi. Aholisi soni keyingi yillarda qisqarib bormoqda. Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo‘lishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi bo‘lib, demografik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, II tipdan I tipga o‘ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug‘ilish 8 kishiga, o‘lim ham 8 kishiga to‘g‘ri kelmoqda, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari dunyo bo‘yicha eng pastdir. Shu bilan birga aholisi o‘rtacha 83 yoshdan ortiqroq umr ko‘rmoqda.
Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99% i yapon millatiga mansub. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 maydonga 337 kishiga teng. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10% ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 67,0% i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 34,4 mln. dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo‘lgan yana 6 ta shahari bor. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio - Nagoya - Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan hudu- dida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Xokaydo tashkil topgan, unda 55 mln. kishi mavjud.
Foydalaniladigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli, Yaponiyada hozirgi vaqtda binolami «osmono‘par» qilib qurish bilan birga, ulaming qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis - ilmiy-muhandislik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo‘ltiq va ko‘rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to‘ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda.
Xo‘jaligi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari, ichki tafovutlari. XX asming 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mo‘jiza»si jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi Ikkinchi jahon umshida yengilib, atom bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilan qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur’atlarda tez rivojlanishga erishgani edi.
Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza»sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas’uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy xususiyatlari bilan bog‘langan.
Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YIM ning umumiy hajmi (4628 mlrd. AQSH dollari)ga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling