Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet63/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Yoqilg‘i-energetika sanoatida gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektro- stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg‘ilar aso­sida ishlaydigan IES va AES lar bajaradi. Mamlakat har yili 200 mln. t neftni import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektroenergetikasida tobora AES lar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektrostansiyalari qurilgan. 2012-yilda 950 mlrd. kYtG’soat elektroenergiya ishlab chiqarildi.
Metallurgiya sanoati. Yaponiya po‘lat ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra, jahonda (bir yilda 90 mln. tonnadan ortiq) oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Taraqqiy etgan organik sintez kimyosi korxonalari kabi metallurgiya mar­kazlari ham, asosan, dengiz bo‘yi hududlari bo‘ylab marjon kabi tizilgan holda joylashgan.
Avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga ega. U yiliga 12-13 mln. dan ortiq avtomobillar (shuning 8 mln. dan ortig‘i yengil avtomobillar) ishlab chiqaradi va jahonda uchinchi o‘rinda turadi (lekin keyingi yillarda uning soni qisqarib bormoqda).
Hozirgi davr Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektronika sanoati ekanligini butun olam biladi. Ayniqsa, radioelektronika sanoati - rangli te- levizorlar, videomagnitofonlar, radiotexnika vositalari ishlab chiqarishda ustun- likka ega.
Qishloq xo‘jaligi yuqori rentabelliligi va mehnat unumdorligi bilan ajralib turadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 % ini tashkil qilganligi uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga o‘rganishgan. Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan don xo‘jaligida sholikorlikning o‘mi alohidadir. Sholi jami ekin maydon- larining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10-12 mln. t sholi yetishtiriladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va bog‘dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatli.
Yaponlar go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qilishda yevropaliklardan qolishmaydi. Bu holat mamlakatda chorvachilikning rivojlanishiga katta e’tibor berishni talab etadi. Hozirda chorvachilikning qoramolchilik, cho‘chqachilik, broyler parrandachiligi, hovuz baliqchiligi, pillachilik kabi tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Xo‘jalikning bu tarmoqlari Yaponiya iqtisodiyotining faol yo ‘nalishlaridandir.
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti katta ahamiyatga ega. U rivojlangan davlatlar orasida dengiz transportida yuk tashish hajmiga ko‘ra eng kattasi hisoblanadi. Bu mamlakatda 100 dan ziyod portlar mavjud. Ular orasida Kobe, Nagoya, Iokogama kabilar jahonda kattaligiga ko‘ra ajralib turadi. Xalqaro hamda ichki aloqalami tashkil etishda havo transportining ahamiyati alohidadir.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling