Jahon mamlakatlari iqtisodiy


To‘rtinchi - Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi


Download 1.43 Mb.
bet60/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

To‘rtinchi - Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi neft qazib chiqaruvchi mamlakat­lar. Bu mamlakatlaming ko‘pchiligi hozirgi vaqtda aholi jon boshiga YMDning darajasiga ko‘ra salkam jahondagi yetuk rivojlangan davlatlar qatorida turadi. Buning asosiy sababi, neftni ko‘plab qazib chiqarish va uni eksport qilish hisobiga tushadigan katta miqdordagi «neft-dollar»dir. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklarida mamlakat eksportining 95% ini neft tashkil qiladi. Natijada Fors qo‘ltiqbo‘yi mamlakatlarida neft va tabiiy gaz chiqarish, neft kimyosi, qayta erituvchi metallurgiya kabi sanoat tarmoqlari yuzaga keldi.
Beshinchi - sanoati bir tomonlama, ya’ni sust rivojlanayotgan mam­lakatlar. Bular Mongoliya, Pokiston, Yyetnam, Bangladesh, Iordaniya, Shri-Lanka kabi mamlakatlar bo‘lib, asosan, tog‘-kon yoki yengil, oziq-ovqat sanoatlarigina ma’lum darajada rivojlanishga erishgan.
Oltinchi - iqtisodiyoti eng qoloq mamlakatlar. Ular Afg‘oniston, Nepal, Yaman, Laos, Butan kabi mamlakatlardir. Ularda sanoatning biron tarmog‘i yetarli rivojlanmagan, qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligi juda past darajadadir.
Davlatlar orasida qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvida ham muhim farqlar mavjud. Shu sababli, Osiyoda turli qishloq xo‘jaligi rayonlari shakllangan. Bulaming asosiy lari:
Birinchi - sholikor rayon. Bunga Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoning musson iqlimli hududlari kiradi. Shimolda Yaponiya, Koreyadan tortib janubda Yava, Shri-Lanka orollarigacha ekin maydonlarining mutlaq katta qismida har yili qayta-qayta sholi ekib hosil olinadi.
Gang, Braxmaputra, Iravadi, Menam, Mekong, Xongxa (qizil), Yanszi, Siszyan kabi daryolaming unumdor qayir va deltalarida, okean va dengizbo‘yi pasttekisliklari hamda son-sanoqsiz orollar ekinzorlaridan olinadigan mo‘l sholi hosili yuz millionlab aholining asosiy tirikchilik vositasi bo‘lib kelmoqda. Sholikor maydonlardan birmuncha balandroqda qir, adirlar, tog‘ yonbag‘irlarida, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Shri- Lanka, Indoneziya davlatlarida o‘ziga xos maftunkor choy landshaftlari o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi. Ular orasida esa subtropik va tropik mevazor bog‘lar, xushbo‘y dorivor dehqonchilik maydonlari yastanib yotadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling