Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Birinchi - aksariyat mamlakatlaming bevosita dengiz bo‘ylarida joylashganligi


Download 1.43 Mb.
bet57/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Birinchi - aksariyat mamlakatlaming bevosita dengiz bo‘ylarida joylashganligi. Bu holat ulaming dengiz savdo yo‘llariga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqishiga imkon beradi. Osiyo davlatlarining bir qismi serqatnov dengiz yo‘llari, bo‘g‘ozlar ustida (Turkiya, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi kabilar) joylashgani ulaming iqtisodiy taraqqiyotida juda katta omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchi-qit’a mamlakatlaridan 12 tasining quruqlik ichkarisida joylashganligi va dengiz savdo yo‘llariga bevosita chiqish imkoniyatidan mahrumligi.
Osiyoning tabiiy resurslari ham ancha boy va xilma-xil. U tabiiy mineral boyliklar bilan, ayniqsa, yaxshi ta’minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70% i, gazining 80% dan ko‘pi, ko‘miming 54% i uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Neft va tabiiy gazga Fors qo‘ltiqbo‘yi mamlakatlari, Rossiyaning Sibir hududla- ri, Markaziy Osiyoning g‘arbiy tekisliklari, Hindi-Xitoy yarimorolining dengiz sayozliklari ancha boy. Xitoy, Hindiston platformalari, Qozog‘istonning qadimiy tog‘li o‘lkalari bo‘ylab asosiy toshko‘mir, marganes, qora va rangli metall konlari, Tinch okean bo‘yi hududlari (Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari) bo‘ylab mashhur «qalayi belbog‘i» joylashgan. Jahonning eng yirik qalayi konlari Osiyoning ana shu hududlarida uchraydi. Osiyoda boshqa turdagi tabiiy resurslar (suv, tuproq, o‘rmon, rekreatsiya kabilar) tarqalishida ham katta tafovutlar bor. Jumladan, bir tomondan, oqar suv bilan yaxshi ta’minlangan hududlaming bo‘lishi (Janubi-sharqiy Osiyo) bilan birga, ikkinchi tomondan, keng qurg‘oqchil cho‘llar ham borki, ularda suv haqiqiy hayot muammosidir. Bu holat qadimdan
Sharq mamlakatlarida har tomchi suvdan unumli foydalanishga undagan, Osiyoni sun’iy sug‘orish dehqonchiligining beshigiga aylantirgan. Haqiqatan ham, tarixiy ma’lumotlar Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyoda sug‘oriladigan dehqonchilik bilan 4-5 ming yillardan buyon faol shug‘ullanib kelinayotganini tasdiqlaydi. Ko‘plab qadimiy sug‘orish inshootlari Eron, Iroq, 0‘zbekiston va boshqalarda yuzlab yillar davomida saqlanib kelmoqda.
0‘rmon boyliklari bilan Sibir va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqalari yaxshi ta’minlangan. Ikkinchi tomondan esa, tabiiy sharoiti tufayli ulkan cho‘l va chalacho‘l maydonlar o‘simlik qoplamiga juda kambag‘al. Xuddi shunga o‘xshash katta tafovutlar tuproq, tabiiy namlik, ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar, rekreatsiya kabi resurslaming taqsimlanishida ham ko‘zga tashlanadi. Bulaming bari ulardan foydalanishda ikki jihatni e’tiborga olishni talab etadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling