Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligida
- Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Xo‘jaligi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat so‘nggi yillarda barqaror tadrijiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga egaligi bilan ajralib turadi. Metallurgiya sanoatining tez rivojlanishi, o‘z navbatida, turli mashinasozlik tarmoqlari taraqqiyotini ancha tezlashtirdi. Hozirgi vaqtda Braziliya o‘z avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobillar ishlab chiqaradi), samolyot- sozlik, kemasozlik tarmoqlariga ega.
Unda aniq va murakkab mashinasozlik, ayniqsa, fantalab mikroelektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega. Import qilinadigan neft asosida neft-kimyo sanoati tobora rivojlanmoqda. Biomassalar, birinchi navbatda, shakarqamish chiqindilarini qayta ishlash asosida jahonda birinchi bo‘lib etil spirti (benzin o‘rnida motor yoqilg’isi sifatida avtomobil transportida foydalanilmoqda) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Dunyodagi eng yirik GES lar qurilishi hisobiga (Itaypu - quwati 12,6 mln. kYt, Oukurui - quwati 8 mln. kYt, Ksindo - quwati 5 mln. kYt GES lari) elektr energetika sanoati katta yutuqlarga erishdi. Brazilia shahrida hozir 1 mln. ga yaqin aholi yashaydi. Unda, asosan, davlat boshqaruv muassasalari va xizmat doirasi xodimlari, yengil va oziq-ovqat korxonalari, transport-telekommunikatsiya tarmoqlarining ishchi-xizmatchilari yashaydi. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ham, chorvachilik ham tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda donchilik, kofe, banan va shakarqamish yetishtirish muhim rol o‘ynaydi. Chorvachilikda go‘sht chorvachiligi va qo‘ychilik keng tarqalgan. Transporti. Temiryo‘l, avtomobil, dengiz va daryo transportlari yaxshi rivojlangan. Temiryo‘l transporti Atlantika okeani sohilida, avtomobil transporti mamlakatning barcha hududlarida, daryo transporti Amazonka daryosida (okean kemalari Manaus shahrigacha kirib boradi) rivojlangan. Dengiz transporti yuk tashish hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksportga temir rudasi, rangli metallar, banan, kofe, shakarqamish, yog‘och, mashinasozlik mahsulotlarini chiqaradi. Neft va neft mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlarini import qiladi. Eksporti 250 mlrd., importi 170 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling